Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son
235
Ijtimoiy soha iqtisodiyotiga bag‘ishlangan
adabiyotlarda ifodalanishicha,
aholining umumiy
daromadlari xuddi ish haqi kabi nominal va real
ko‘rinishda aniqlanishi mumkin. Nominal umumiy
daromadlar qiymat shaklida ifodalangan joriy natu-
ra va pul ko‘rinishidagi daromadlardir.
Real umu-
miy daromadlar esa shu daromadlarning sotib olini-
shi mumkin bo‘lgan moddiy boylik va xizmatlar
yig‘indisi (ya’ni iste’mol narxi indekslariga to‘g‘ri-
langan nominal daromadlar) bilan ifodalanadi.
Umumiy daromad hosil qilingach,
uning muayyan
qismi ixtiyoriy va majburiy to‘lovlarga ishlatiladi.
1-rasm. 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida (o‘n ikki oy davomida), O‘zbekiston Respublikasi
hududlari bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi, ming so‘m
2021-yilning yanvar-dekabr oylarida (o‘n ikki
oy davomida) aholi jon boshiga umumiy daromad-
lar hajmi Toshkent shahrida (30232,0 ming so‘m)
hamda Navoiy (24156,2 ming so‘m), Buxoro
(17847,1 ming so‘m), Toshkent (16331,7 ming
so‘m) va Xorazm (15484,5 ming so‘m) viloyatlarida
o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkich-
lar qayd etilganligi kuzatildi. 2021-yilning yanvar-
dekabr oylarida (o‘n ikki oy davomida)
aholi jon
boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘r-
satkichlari Farg‘ona (10929,8 ming s‘om), Naman-
gan (11329,1 ming s‘om) va Qoraqalpog‘iston Res-
publikasi (11391,6 ming s‘om) hamda Surxondaryo
(11884,7 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi.
Umumiy daromadlar bilan ixtiyoriy, majburiy
to‘lovlar o‘rtasidagi farq ixtiyoriy daromadlarda
daromadlar ko‘rsatkichi tarzida ifodalanadi.
Aholi
qo‘lidagi daromadlar muvofiq keluvchi tovar va
xizmatlar bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan to‘lovga
qodir talabning umumiy miqdorini ifodalaydi. Aholi
qo‘lidagi daromadlar yoki yakuniy iste’mol yoxud
jamg‘armaga ishlatilishi mumkin. Agar aholi qo‘lida-
gi daromadlar umumiy summasidan aholi olgan be-
pul va imtiyozli
xizmatlar qiymati chegirilsa, aholi
qo‘lidagi haqiqiy daromadlar ko‘rsatkichiga ega bo‘-
linadi. Aholining moddiy farovonlik darajasiga
ko‘ra, tabaqalanishini o‘rganish
usullaridan biri
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlari
darajasi bo‘yicha taqsimlash hisoblanadi. Bunda
o‘rtacha jon boshiga
pul daromadlari hisobot dav-
ridagi pul daromadlari umumiy summasini mavjud
aholi soniga bo‘lib aniqlanadi.
Daromadlar darajasini tahlil etish, o‘lchash va
taxmin qilish uchun daromadlarning har xil turlari
va statistik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular-
dan eng ko‘p tarqalgan turlarini ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: