Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son
236
Aholi daromadlarining bir qismi moddiy faro-
vonlikni ta’minlashga, boshqa qismi esa xizmatlar-
dan foydalanish uchun sarflanadi. Ehtiyojlar tarki-
biga pul daromadlarining
oshishigina emas, balki
aholi tarkibining o‘zgarishi, uning ilmiy-madaniy
saviyasining o‘sishi ham ta’sir etadi.
Iqtisodiy ada-
biyotlarda aholi daromadlari foydalanish darajasiga
qarab nominal, ixtiyordagi va real daromadlarga
ajratiladi. Nominal daromadlar soliq,
narxlarni hi-
sobga olmagan holdagi pul daromadlari miqdorini
tavsiflaydi. Ixtiyordagi daromadlar soliq va boshqa
majburiy to‘lovlar hisobdan
chiqarilgandan keyin
nominal daromadlardir. Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi
shaxsiy va oilaviy daromadlarning shakllanishida
muhim rol o‘ynaydi. Jamiyat rivojlanishining mu-
rakkab ijtimoiy-iqtisodiy
davrida shaxsiy tomorqa
xo‘jaligi aholining ba’zi guruhlari uchun asosiy da-
romad manbayi bo‘lib qoladi.
Oilaning umumiy daromadlarini tahlil etishda
quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblab chiqiladi: ovqatla-
nish
xarajatlari; nooziq-ovqatlarni sotib olish xara-
jatlari; maishiy xizmat, soliq, yig‘imlar, to‘lovlar xa-
rajatlari; naqd pul, jamg‘arma banklariga qo‘yilgan
jamg‘armalar, chorva,
parranda va boshqa tabiiy
ko‘payishi natijasida jamg‘armalarning oshishi.
Shuningdek, ta’lim olish, tibbiy xizmat qiy-
mati va uy-joy uchun dotatsiyalar ham, qo‘shilgan
umumiy daromadlar
miqdori ham hisoblab chiqi-
ladi. Bu ko‘rsatkichlardan, odatda, xalqaro taqqos-
lashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: