Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son 232


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix14.11.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#68965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. 
Aholi tur-
mush darajasini baholash va bu boradagi izlanishlar 
XX asrning 20-yillarida boshlanib, bu borada 
V.N.Salin, V.I. Rutgayzer, V.F. Mayer, N.I.Buzlyakov 
va boshqalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Ularning 
ilmiy izlanishlarida aholi turmush darajasi o‘z mam-
lakatlari aholisining turmush tarzi, ishlab chiqaruv-
chi kuchlarining joylashuvi hamda rivojlanishini hi-
sobga olib, ilmiy tadqiq etilgan. Bularning barchasi 
aholi turmush darajasini o‘rganish sohasida bo‘la-
yotgan izlanish su’ratlariga, ko‘rsatkichlar tizimini 
ishlab chiqishga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. 
Aholi turmush darajasini baholash muammo-
larini mahalliy olimlardan Q.Abdurahmonov, 
Yo.Abdullayev, X.Abulqosimov, A.Vahobov, G.Saido-
va, S.G‘ulomov, B.G‘oyibnazarov, E.Akramov, 
X.Muxitdinov, A.O‘lmasov, R.Xasanov, Sh.Shodmo-
nov, M.Xakimova, D.Rahimova, N.Zokirova va bosh-
qalar o‘z asarlarida keng bayon etganlar.
V.N. Salin: “Aholi turmush darajasi aholining 
iste’moli qondirilishining moddiy imkoniyatlarini 
tavsiflaydi. U ijtimoiy hayotning turli ijtimoiy ji-
hatlarini: mehnat sharoiti, aholi daromadlari va xa-
rajatlari darajasi va tuzilmasi, bo‘sh vaqtdan foyda-
lanish, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va hoka-
zolarning rivojlanish darajasini o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy hayotning bu ijtimoiy tomonlarini miqdoriy 
tavsiflash ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar yordamida 
amalga oshiriladi hamda aholi turmush darajasi va 
ijtimoiy rivojlanishini statistik o‘rganish predmeti 
hisoblanadi”, − deb ta’riflaydi [1].
V.I.Rutgayzer Aholining pul daromadlarini 
tahlil qilish o‘z-o‘zidan ularning moddiy ne’matlar 
va xizmatlardan foydalanish darajasi, pul jamg‘ar-
malari ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqasini nazarda 
tutadi va bularga qiladigan xarajatlarini ham statis-
tik o‘rganishni talab etadi. Bu tahlilni mukammal-
lashtirish vazifasi aholi yoki oilaning turli maqsad-
lari uchun qilgan xarajatlarini asosli ravishda ilmiy 
o‘rganishni talab etadi [2]. 
Yo.Abdullayev ta’kidlaganidek, Aholi daro-
madlari oila a’zolari tomonidan muayyan davrda 
olingan pul va natural ko‘rinishdagi mablag‘lar qiy-
mati yig‘indisini ifodalaydi. Har doim talabda ehti-
yojlar darajasi va tarkibi ortib, uning daromadlari 
miqdoriga bevosita bog‘liq ravishda ta’sir ko‘rsatadi 
[3]. 
Q.X.Abdurahmonov aholining turmush dara-
jasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Turmush darajasi 
deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy 
ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik daraja-
si, ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi” [4]. 
Ko‘plab iqtisodiy adabiyotlarda “aholi tur-
mush darajasi” tushunchasiga xorijiy va mahalliy 
iqtisodchi olimlar tomonidan turli mazmundagi ta’-
riflar ishlab chiqilgan. Masalan, M.G.Nazarov tahriri 
asosida chop etilgan “Ijtimoiy-iqtisodiy statistika 
kursi” kitobida “Aholi turmush darajasi insonlar-
ning hayot faoliyati, eng avvalo, iste’mol sohasidagi 
real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari yig‘indisini ifoda-
lovchi murakkab va ko‘p qirrali kategoriya bo‘lib, 
ijtimoiy taraqqiyotning muhim tavsifi hisoblanadi” 
deb ta’riflanadi [5]. 
I.I.Eliseyeva ta’kidlaganidek, O‘zbekiston hu-
dudlari aholisining pul daromadlari darajasi hudud-
larning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi sezilarli 
tabaqalanishning mavjudligi bilan baholanadi. Bu 
bir qancha sabablar bilan bog‘liq. Ulardan biri stra-
tegik ahamiyatga molik tabiiy xomashyo resurslari 
konlarining notekis joylashganligidir: odatda har bir 
bunday kon yaqinida tegishli qayta ishlash zavodi 
bunyodga keladi [6]. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin