Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son
233
Kirish.
Bozor munosabatlarining asosiy ta-
moyillaridan biri respublika aholisini kuchli ijtimoiy
himoyalash sanaladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyoti sharoitida rivojlanish bosqichida ham
inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash
hayotiy
zaruriyatdir. Yangilanish va taraqqiyotdagi O‘zbe-
kiston modelining bosh ustuvor yo‘nalishi zamirida
inson manfaatlari yotadi va kuchli ijtimoiy siyosat
yuritish markaziy o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga,
global moliyaviy inqiroz sharoitida respublikamizda
aholining turli qatlamlarini himoyalash ustuvor
vazifa hisoblanmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Aholi
farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish
haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miq-
dori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda
oshirildi”.
Statistik tahlillarimiz ko‘rsatishicha, so‘nggi
yillarda jon boshiga to‘g‘ri keladigan eng muhim
oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha iste’mol hajmi muttasil
o‘sib
bormoqda, ayni vaqtda nooziq-ovqat mahsu-
lotlarini xarid qilish va xizmatlar uchun to‘lanadi-
gan sarf-xarajatlar miqdori ham sezilarli ravishda
ko‘paymoqda.
Yurtimizdagi oilalarni uzoq muddat foydala-
nishga mo‘ljallangan tovarlar bilan ta’minlash bora-
sidagi ahvol ham tubdan o‘zgardi.
Xonadonlarni
muzlatkich, konditsioner, shaxsiy kompyuter, tele-
vizor, mobil telefon va boshqa zamonaviy maishiy
texnika vositalari bilan ta’minlash darajasi oshmoq-
da. Jahon iqtisodiyotining
globallashuv sharoitida
aholi turmush darajasini statistik usullar yordamida
baholashga zarurat tug‘ilmoqda. Ayniqsa, bugungi
kunda aholining turmush darajasini obyektiv statis-
tik ma’lumotlar asosida iqtisodiy-statistik tahlil qi-
lish, aholi pul daromadlarining tashkil topish man-
balari va xarajatlarining tasniflanishini maxsus sta-
tistik usullarda o‘rganish,
pul daromadlari va xara-
jatlariga ta’sir etuvchi omillarni statistik baholash
va xarajatlar tasnifini statistik tahlil etish, iste’mol
va iste’mol talablarining qondirilish darajasini sta-
tistik ma’lumotlar asosida haqqoniy talqin etish dol-
zarb masala hisoblanmoqda.
Dostları ilə paylaş: