Xulosa va takliflar. Aholining ijtimoiy tur-
mush sharoiti jamiyatning barcha a’zolariga mehnat
qilish, dam olish, har tomonlama jismoniy va mada-
niy rivojlanishni ta’minlash hamda mehnat sharoiti-
ni yaxshi tashkil etish, kishilar salomatligi va meh-
nat qilish qobilyatini saqlashni kafolatlash, vaqtin-
chalik ish qobilyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy ta’mi-
not, nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatan kam daro-
madli oilalarning ijtimoiy himoyalanishini ifodalay-
di. Turmush darajasi aholi hayot faoliyatining ma’-
lum bir qirrasi to‘g‘risida tasavvur beradigan ko‘r-
satkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi
to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun aholi daro-
madlari va ehtiyojlari, iste’mol darajasi va tarkibi,
uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va
boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanganlik darajasi-
ni chuqur o‘rganish lozim. Aholining moddiy faro-
vonlik darajasiga ko‘ra, tabaqalanishini o‘rganish
usullaridan biri aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
pul daromadlari darajasi bo‘yicha taqsimlash hisob-
lanadi. Bunda o‘rtacha jon boshiga pul daromadlari
hisobot davridagi pul daromadlari umumiy summa-
sini mavjud aholi soniga bo‘lib aniqlanadi.
Bizning fikrimizcha, kelgusida aholi turmush
darajasini oshirish va ijtimoiy himoyalashni kuchay-
tirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib
borilishi zarur:
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kam
ta’minlangan va balog‘at yoshidagi bolalari bor
oilalarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari ishlab chiqildi. Kam ta’minlangan va bolali
oilalarga ijtimoiy yordam aniq berilishini kuchayti-
rish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi
chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqorolar-
ning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari roli va mas’u-
liyatini oshirish zarur.
2. Korxona tomonidan belgilangan ijtimoiy
imtiyozlar va xizmatlarni ko‘rsatish: xodimlar va
ularning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish, bepul
ovqatlanish, mahsulotlarni imtiyozli baholarda so-
tish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’min-
lash, dam olishni tashkil etish, xodimlarni qayta
o‘qitish va malakalarini oshirish va shu kabilar.