3-jadval Byudjet tashkilotlari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha xarajatlar hisobining buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilishi [11] T/r Operatsiyalar mazmuni Buxgalteriya balansi Debet Kredit 1.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
boʻyicha nafaqaning toʻlab berilishi
171-
Ijtimoiy nafaqalar boʻyicha
ishchilar bilan hisob-kitoblar,
kasallik varaqasi
112-
Byudjet tashkilotining
rivojlanish jamgʻarmasi mablagʻlari
2.
Kreditorlik qarzlarining toʻlanishi
159-
Turli qarzdorlar va
kreditorlar bilan hisob-kitoblar
112- Byudjet tashkilotini
rivojlantirish jamgʻarmasi
mablagʻlari
3.
Moddiy-texnik baza sotib olish
159-
Turli qarzdorlar va
kreditorlar bilan hisob-kitoblar
112-
Byudjet tashkilotining
rivojlanish jamgʻarmasi mablagʻlari
4.
Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish
toʻlovlari uchun
173-
Ish haqi boʻyicha xodimlar
bilan hisob-kitoblar
262-
Byudjet tashkilotini
rivojlantirish jamgʻarmasidan
olinadigan daromadlar
Manba: muallif tomonidan ishlab chiqildi. Yuqorida koʻrib oʻtilgan jihatlar xalq ta’limi
tizimi muassasalarida byudjetdan tashqari mablagʻ-
lar boʻyicha xarajatlar hisobini yuritish amaliyotida
ayrim uslubiy muammolar mavjudligini koʻrishimiz
mumkin. Xususan, xarajatlarni amalga oshirishda
smetalarning xarajat moddalari bilan buxgalteriya
schyotlari koʻrsatkichlarining oʻzaro muvofiqligini
ta’minlashning murakkabligi va shu kabi boshqa
holatlarni keltirish mumkin.
Xulosa va takliflar. Xalq ta’limi tizimi muas-
sasalarida byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb
etishga boʻlgan harakati uning asosiy faoliyati,
muassasaning missiyasiga putur yetkazmasligi
kerak. Shuni unutmaslik lozimki, xalq ta’limi tizimi
muassasasi tijorat tashkiloti emas, shuning uchun
unda marketing masalalarini jamiyatning talab-
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish za-
rur hamda davlat tomonidan moliyalashtirishning
chegaralanganligini, bugungi kunda ortib borayot-
gan ehtiyojlarni faqatgina davlat mablagʻlari hisobi-
ga qoplashning obyektiv tarzda imkoni yoʻqligini
anglab yetishimiz lozim. Xalq ta’limi tizimi muassa-
salarida shakllangan byudjetdan tashqari mablagʻ-
lar erkin va mustaqil ravishda tasarruf etilsagina,
byudjetdan tashqari mablagʻlarning oʻsishini koʻri-
shimiz mumkin.
Xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilot-
larning byudjetdan tashqari mablagʻlarini shakllan-
tirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga muvofiq xalq ta’limi tizimi muassasalarida
sarflanish hisobini takomillashtirish uchun quyidagi
takliflarni amalga oshirish zarur:
byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarga
doir qonun hujjatlarini koʻrib chiqish, ancha yil