Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə154/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Kollokvium.
O’qituvchining talabalar bilan kollokviumlari (suhbatlashuvi) odatda kursning u yoki bu mavzusi bo‘yicha bilimlarini aniqlash, uni chuqurlashtirish maqsadida olib boradi. U ko‘pincha 1) dasturda ko‘zda tutilmagan, lekin talabalarda qiziqish uyg‘otgan qo‘shimcha mavzular bo‘yicha; 2) fanning alohida murakkab, lekin talabalar tomonidan yetarli darajada o‘zlashtirilmagan mavzulari bo‘yicha qo‘shimcha darslar mobaynida; 3) ohirgi seminar mashg‘ulotlarida javob bermagan talabalarni birish darajasini aniqlash uchun.
Seminar-kollokvium mobaynida ma’ruza, referat va boshq. Yozma ishlar tekshirilishi mumkin.
Yozma (nazorat) ish.
Talabalar nazorat savollariga javob beradilar/ testlarni yechadilar/ nazorat topshiriqlarini bajaradilar. Ularning to‘plamini to‘g‘ri tuzish muhim hisoblanadi: ular rejalashtirilayotgan o‘quv materialni o‘zlashtirish darajasiga mos kelishligi kerak va ularni tekshirishni ta’minlashi kerak.



3. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar

AQLIY HUJUM METODI


Aqliy hujum (breynstroming-aqllar to‘zoni) – amaliy yoki ilmiy muammolar yechish g‘oyasini jamoaviy yuzaga keltirishda qo‘llaniladigan metod.


Metod chegaralangan vaqt oralig‘i ichida aniq muammo (savol, masala)ni yechishning noan’anaviy yo‘llarini izlash bo‘yicha o‘quvchilarni aqliy faoliyatini yo‘naltirishga asoslangan.
O’quv mashg‘ulotidagi aqliy hujum uchun muammoni tanlash quyidagi tamoyillar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • tanlangan muammo nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi hamda o‘quvchilarda faol qiziqish uyg‘otishi kerak;

  • ko‘p har xil ma’nodagi yechim variantlariga ega bo‘lishi kerak.

O’qitish texnologiyasini ishlab chiqishda aqliy hujum metodi o‘quv mashg‘ulotining bir lavhasi yoki butun mashg‘ulotni o‘tkazish asosi sifatida rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Aqliy hujum metodining texnologik chizmasi 1-rasmda keltirilgan.



Aqliy hujum metodining texnologik chizmasi


INSERT TEXNIKASI
INSYeRT (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib - INSERTInteraktive- interfaol Noting – belgilash System - tizim for-uchun Effective – samarali Reading – o‘qish and– va Thinking – fikrlash degan ma’noni anglatadi).

  1. Samarali o‘qish va fikrlash uchun matnda belgilar qo‘yishning interfaol tizimi hisoblanadi.

Matnni belgilash tizimi:
(√) - mening bilganimni tasdiqlovchi axborot;
(+) –men uchun yangi axborot;
(−) - menning bilganlarimga, zid axborot;
(?) - meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu bo‘yicha menga qo‘shimcha axborot kerak.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin