Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə157/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

«NIMA UCHUN?» SXEMASI –muammoning dastlabki sababini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri bo‘lib,tizimli, ijodiy, tahliliy mushohada qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.


«Nima uchun?» sxemasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga yo‘riqnoma

O’quv topshiriqda ko‘rsatilgan muammosababini aniqlash uchun:


1) Muammoni yozing va strelka chizig‘ini chiqarib «Nima uchun?» so‘rog‘ini yozing.
2) Savolga javob yozib nima uchun so‘rog‘ini takror yozib boravering. Bu jarayonni muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom ettiring

«BALIQ SKELETI» CHIZMASI – bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.


Baliq skeleti” sxemasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga yo‘riqnoma


O’quv topshiriqda ko‘rsatilgan muammo maydonini tavsiflash uchun:


1.«Baliq skeletini” chizing:

Муаммо ости муаммоларнинг мавжудлигини тасдиқловчи далиллар

Муаммо ости муаммолар

2. «Suyak»ning chap qismida (yoki yuqori suyakda) muammo osti muammoni yozing, o‘ng qismida (pastki suyakda) – muammo osti muammoni amalda mavjud ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yozing.


«QANDAY?» IYERARXIK DIAGRAMMASI - muammo to‘g‘risida umumiy tasavvurlarni olishga, uning yechimini topish usul va vositalarini topishga imkon beruvchi mantiqiy savollar zanjiridan iborat.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.


«Qanday?» diagrammasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga
yo‘riqnoma
«Qanday?» diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak: ko‘p hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o‘ylashga hojat bo‘lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni qanday qilish kerak?» qabilida bo‘ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi.
1. Doira chizing va uning ichiga yechilishi lozim bo‘lgan muammoni yozing.
2. Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qo‘ying va shu savolga javob bering. Shu tartibda savollarni ketma-ket berib boravering va javoblarni o‘ylab o‘tirmasdan, solishtirmasdan, baholamasdan, tez-tez yozishda davom eting.
Maslahat va tavsiyalar:
Yangi g‘oyalarni grafik ko‘rinishda qayd etishni o‘zingiz hal eting: daraxt yoki kaskad ko‘rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o‘ngga. Eng muhimi esda tuting: nisbatan ko‘p miqdordagi foydali g‘oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon beradigan usul eng maqbul usul hisoblanadi.
Agarda siz muammoni yechimini topish uchun to‘g‘ri savollar bersangiz va uning rivojlanish yo‘nalishini namoyon bo‘lishida ishonchni saqlasangiz, diagramma, siz har qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni kafolatlaydi.

«NILUFAR GULI» CHIZMASI - muammoni hal etish vositasi. O’zida nilufar guli qiyofasini mujassam etgan. Uning asosini 9 ta katta kvadratlar tashkil etib, ularning har biri o‘z navbatida to‘qqizta kichik kvadratdan iborat.



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin