Press-konferensiya. Qisqa so‘zga chiqishdan so‘ng birinchi savol bo‘yicha ma’ruzachiga (agarda ma’ruzalar bir qator talabalarga berilgan bo‘lsa, o‘qituvchining o‘zi ulardan biriga so‘z beradi) so‘z beriladi. Shundan so‘ng har bir talaba ma’ruza mavzusi bo‘yicha unga savol berishi lozim. Savol va javoblar seminarning markaziy qismini tashkil etadi. Qancha ko‘p jiddiy tayyorgarlik ko‘rilsa, savollar shunchalik chuqur va mahoratli beriladi. Savollarga avval ma’ruzachi javob beradi, so‘ngra u yoki boshqalar bo‘yicha istagan bir talaba o‘z fikrini bildirishi mumkin. Bunday holatlarda qo‘shimcha ma’ruzachilar, agarda shundaylar belgilangan bo‘lsa,faol bo‘ladilar. O’qituvchi har bir muhokama qilinayotgan savol bo‘yicha, yoki seminar yakunida o‘z xulosasini qiladi.
O’zaro o‘qish. Tushunish va o‘zlashtirish uchun eng ko‘p murakkablikdagi savollarni o‘rganish asosiy maqsadga ega bo‘lgan, seminar. Seminar mobaynida talabalarni o‘zaro o‘qishga yo‘naltirish muhim hisoblanadi: har kichik-guruhga mavzuning bir savoli beriladi, bu bo‘yicha ular ishlaydilar va bunga asos (ekspert varaqlar – savolni yoritish rejasi, tayyorlangan ma’lumotlarni vizual taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar) beriladi. Ekspert guruhlarning ish natijalari taqdimotidan so‘ng o‘qituvchi xulosalar qiladi.
Yumoloq (yozma /og‘zaki) stol. O’tgan mavzu bo‘yicha bilimlarni chiqurlashtirish va aniqlashtirish, bor bilimlarni safarbar qilish va har xil vaziyatlarda ularni qo‘llash, o‘z fikrlarini qisqa va asoslangan xolda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy maqsadga ega bo‘lgan, seminar.
Har xil ssenariylar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
1. «Yozma yumoloq stol» - talabaning savoli / yechimi topilishi kerak bo‘lgan g‘oya yozilgan varaq, doira bo‘yicha uzatiladi va har bir ishtirokchi o‘z mulohazalarini qo‘shadi.
2. «Og‘zaki yumoloq stol» - har bir talaba qo‘yilgan savolning javobiga o‘z qo‘shimchalarini kiritadi / oldingi ishtirokchi tomonidan taklif qilingan g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
Spetsseminar. Bakalavriatning 4 kursida, magistraturada o‘tkaziladi. Ilmiy mavzu bo‘yicha yosh tadqiqotchilarni muloqat maktabini ifodalaydi.Spetsseminar vaqtida talabalarning guruhlarda ishlashga va uni baholashga, ilmiy tadqiqotlar usullaridan foydalanishga intilishlari katta rol o‘ynaydi.
Spetsseminarning yakuniy mashg‘ulotida o‘quituvchi, qoidaga ko‘ra, seminarlarni va talabalarning ilmiy ishlarini muhokama qilingan muammolarni kelgusida tadqiqotlar qilish istiqbollarini va talabalarni ularda ishtiroq etish imkoniyatini ochib umumlashtiradi.