Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


 Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə45/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

4. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash,
sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish


Sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.Sudyalar mustaqilligi tamoyili “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodekslarida o‘z ifodasini topgan. Qayd etish kerakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Hech kim sudyalar va xalq maslahatchilariga tazyiq o‘tkazish va ma’lum bir ish qanday hal qilinishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga ega emas. Ishning xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoki noqonuniy qaror chiqarishga erishish maqsadida sudyalar va xalq maslahatchilariga har qanday ta’sir o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo‘yicha sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF‒4966-sonli Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat qiladi.
SHuningdek, ushbu farmonga asosan sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, rahbarlik darajasidagi sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va boshqa muhim vazifalar belgilandi47.
SHuningdek, sudyalarning alohida maqomini inobatga olgan holda, ularning mehnatiga haq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini, har yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan holda alohida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin