Irsiyat,muhit va bola rivoji


Hikmatlar va ulug’ allomalarning qarashlarida barkamol avlodni tarbiyalash to’g’risida fikrlar



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə4/11
tarix21.06.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#133375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Irsiyat,muhit va bola rivoji

3. Hikmatlar va ulug’ allomalarning qarashlarida barkamol avlodni tarbiyalash to’g’risida fikrlar.
Bolaning beshikda payti sutga qanchalik ehtiyoji bo’lsa, beshikdan chiqqach, tarbiyaga ham shunday ehtiyoji bordir!

A.L.Qozonchi
Bundan besh yuz ellik yil avval yashab ijod qilgan buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy “Bolaning mehri anbar yuzni yoritadigan va a’loga baxt –quvonch keltiradigan nur” – deb hisoblagan edi. Navoiy bolalar oilada va maktabda intizomli bo’lishlari va o’zlarining odobli ekanliklarini ham ta’kidlab o’tgan edi. Navoiy tarbiya usuli sifatida namuna ko’rsatishga alohida e’tibor bersa va kishilarni ayniqsa yoshlarni yaxshi kishilardan namuna olishiga , ulardan ibrat olishga, ukarni davrasida bo’lishga, ular bilan tez-tez suhbatlashishga chaqirar edi.
U bola tarbiyasida ota-onalarning ibrati to’g’risida shunday yozadi.
Farzand ato qillug’un chu odat qilg’ay.

Ne odat ila kasbi saodat qilg’ay.

Har kimki atag’a ko’p rivboyat qilg’ay 50

O’g’lidan anga bu ish siyorat qilg’ay.
Bu allomalarning fikriga tayangan holda bolalarimiz tarbiyasiya u tug’ilganidan boshlab e’tibor berishimiz lozim. Bu esa hozirgi kunda olib borilayotgan islohatlar bilan bog’liqdir. Ayniqsa ta’lim sohasidagi islohatlar yoshlarimizning kamol topishiga asos bo’lmoqda.
(1 M.Husaniy tarjimasi. “Odob bo’stoni va axloq gulistoni”. “Toshkent” Fan- 1994 yil.)
Ulug’ bobokalonimiz Ibn Sino bola tarbiyasida nimalarga e’tibor berish haqida quyidagi fikrlarni aytib o’tgan.
Ota oilada o`z farzandlariga xar tomonlama yurish-turishda, nutk odobida, so`z madaniyatida, o`zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to`g`rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bo`lmog`i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to`g`ri yo`lga qo`yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish”.
Abu Ali ibn Sino “Tadbir al-manozil”
Yusuf Xos Xojib «Qudatg`u bilig» asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo`lgan eng zaruriy vazifalarini birma bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo`lgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to`g`ri yo`l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari hulq atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni ogohlantiradi.
Unsurul maoniy Qayqovus «Qobusnoma» pandnomasida ”O`z farzanding sening haqingda qanday bo`lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo`lgil, nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o`xshaydir” deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mexr-oqibatli bo`lishga da’vat etadi. Ota-ona o`z farzandi uchun hatto o`limga ham tayyorligini ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo`lsa, ota-ona mexr-muxabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi.
Muhammad Sodiq Qoshg`ariy «Odob as-solixan» asarida uylanadigan yigit nikoxdan oldin uylanmoqchi bo`lgan qizini ko`rmog`i, uylanadigan qizining bokira bo`lmog`i hamda to`rt narsa umrda, komatda, molda va nasabda erdan past va to`rt narsada, husnda va jamolda, hulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo`lishi zarurligini, ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.
Ma’rifatparvar Munavvar Qorining «Oila a’zolari» nomli darslikininig bo`limlarida ota-onani hurmatlash, aka-uka qarindosh urug`ini e’zozlash kabi g`oyalar alohida o`rin egallaydi.
Avloniyning fikricha, soglom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bulish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bulmogi insonga eng kerakli narsadur. Chunki o’qimok, o’qitmok, o’rganmok va o’rgatmok uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».
(Abdulla Avloniy ”Turkiy guliston yoxud axloq” Toshkent 1996-yil)

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin