Fikr - Biror narsa, hodisa yoki kimsa haqida oʻy, xayol.
Fikrlash – bu haqiqatni aks ettirishning aqliy jarayoni, inson ijodining eng yuqori shakli. Fikrlash esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Zanjir kabi bog‘liqlikni tashkil qilgan bu davomiylikning keyingi bosqichi esa fikrlashni nutqqa ko‘chirishni taqazo etadi. Endi fikrlagan odam uni nutqqa ko‘chirish uchun muloqotga kirishishi kerak bo‘ladi. Taassufki, muloqotga kirishish ham osonlik bilan sodir bo‘lmaydi. Ko‘rib chiqqanimizdek, avvalo tinglashni, tinglagan ma’lumotni ongda muhokama qilib fikrlashni, paydo bo‘lgan fikrni yetkazib berish uchun esa muloqotga kirishishnini maktabgacha bo‘lgan vaqtdan boshlashimiz kerak.
Idrok - aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto - moslashish) - anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv - ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok eti- shi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Individ (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan ma’nolami anglatadi) - xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik - shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy tarbiya - bolalarga iqtisodiy bilimlami berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklami asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ular- ning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablami belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash jarayonining faol ishtirokchisi.
Izohlash - tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli.
Jamoa - (louncha «kollektivus» so‘zining taijimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, gumh kabi ma’nolami anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiys tga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan gumh.
Jamoa an’analari - jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab- quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jismoniy tarbiya - bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlami shakllantirish, ulami aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mu- dofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlaming o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha. Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Ko‘nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi.
Ko‘rgazmali metodlar —predmet, hodisa yokijarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ulaming maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar.
Korreksiya (yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivoj lanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to‘liq tuzatish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) - bolalarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo`lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ulaming ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mahorat - shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoliyat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarni amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.
Maktabgacha ta’lim - bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ulami intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Malaka-ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Maqol - xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma’noli gaplar.
Maqsad - faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov - foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari - muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me'yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari - o‘quv materialning mohiyatini ozg‘aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’mzasi kabi shakllarda) yoritishda qo'llaniluvchi usullar.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) - ta’lim jarayonida bola tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur ang- latish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolami anglatadi.
Metodika (fan sifatida) - xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o`rganadi.