Qo‘g‘irchoq teatri –bu syujetli «rejissyorlik» o‘yinning har xil turlaridir: bolalar bir vaqgning o‘zida oddiy o‘yinchoqlar (o‘yinchoqlar teatri), petrushkalar (qo‘l barmoqyaariga kiyiladigan qo‘g‘irchoklar, suratlar qirqimlari va h.k.)ni asar qahramonlari rolini o‘ynashga majbur qilganliklari holda badiiy asar matnini rollar bo‘yicha so‘zlaydilar.Qo‘g‘irchoq tearti shakli quyidagilardir: o‘yinchoqlar teatri, petrushkalar teatri, «barmoqlar» teatri, soya teatri, stol teatri, flanelegraf.Bolalar nashriyotlari badiiy asarlaryai sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar; teatr-kitoblar; panorama-kitoblar kabi turli ko‘rinishdagi ko‘rgazmali qo‘llanmalarni chop etmoqdalar.
Rag‘batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko'tarish va uni qo`llab-quvvatlash usuli.
Ravon nutq-bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi.Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichkiindividual va umuminsoniy.
Rejalashtirish – maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim – tarbiyaviy ishlarning asosi hisoblanadi. Bu ishni boshlashdan oldin aniq vazifa va maqsadni aniqlab olish kerak. Rejada bolalarning kundalik ishlaridan tashqari aniq ishlar: ko’ngilochar o’yinlar, kontsertlar, harakatli o’yinlar, aqliy faoliyat, ko’nikma hamda malakalarni egallashning aniq dasturi belgilanadi. Dastur talablariga ko’ra barcha ta’lim – tarbiyaviy ishlar bolalarning asosiy faoliyati turlari: hayoti, o’yini va mehnati mashg’ulotlari orqali amalga oshiriladi.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo`ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Shaxsiy fazilat - shaxs tomonidan o‘zining axloqiy, ruhiy va ish- chanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o‘mini anglay olish xususiyati.
So ’z -tilning narsahodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim strukturmaʼnoviy birligi; oʻz tovush qobigʻiga ega boʻlgan, borlikdagi narsalar haqidagi tushunchani, ular oʻrtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutkda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan koʻrinishi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.