Vaqtbay va ishbay ish haqi Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga haq toʻlashning, asosan, vaqtbay va ishbaytizimlari qoʻllaniladi. Vaqtbay ish haqi shaklida xodim oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, yaʼni ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bogʻliq emas. Ishbay ish haqi xodimning maʼlum vaqt mobaynida tayyorlangan mahsuloti miqdori bilan oʻlchanadi. Ishbay ish haqining koʻrinishlaridan biri — akkord ish haqi. Bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi,
umumiy haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan
keyin ish haqi oxirigacha toʻlanadi. Ish haqining bunday shaklidan
koʻpincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari aksar
mamlakatlarda ish haqidan tashqari mehnatda erishgan yutuqlari
uchun mukofotlash ham mavjud. Bular vaqtbay mukofot, ishbay
mukofot tizimlari hamda korxonada olingan foyda hisobidan
ajratiladigan moddiy ragʻbatlantirish fondidan mukofotlash tizimidir.
Ish haqiga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida qarash aniq mehnat bozorida ish haqi darajasiga talab va taklif omillarining taʼsirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida real ish haqining oʻrtacha darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada turadi. Ish haqining asosiy vazifasi ishlab chiqarishning bevosita qatnashchisi boʻlgan xodim hamda uning oila aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini taʼminlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb