Ish vaqti fondini o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarni tahlili reja: Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini oshirishning rezevlari


Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari –



Yüklə 31,26 Kb.
səhifə2/9
tarix16.11.2022
ölçüsü31,26 Kb.
#69425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ISH VAQTI FONDINI O`ZGARISHIGA TA`SIR ETUVCHI OMILLARNI TAHLILI

Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari – bu texnika, texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligi ichidan, mehnatunumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to’laroq foydalanish imkoniyatidir. Rezervlar (zahiralar) mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlarining bir necha tasniflari mavjud bo’lib, ularning hammasi ikkita katta guruhga bo’linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan)foydalanishni yaxshilash rezervlari (mehnat, sharoitlarini tashkil etish, ishlovchilarning ishlash qobiliyatini oshirish kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, xodimlarning mehnat natijalaridan yuqori moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirishnita’minlash bilan bog’liq masalalar kiritiladi) asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish rezervlari (asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar vash u kabilar) quvvat va vaqt jihatidan yaxshiroq foydalanish rezervlarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi).

Rezervlar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo’yicha zahira rezervlariga va nobud bo’lish (bekorga sarflash) rezervlariga bo’linadi. Masalan, asbob-uskunalardan quvvuti va ish smenasi bo’yicha to’liq joydalanmaslik, o’rganilgan, lekin hali joriy etilmagan mehnat usullari-zahira rezervlaridir. Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishi, yoqilg’ini ortiqcha sarflash nobud bo’lish rezervlariga kiradi.

Rezervlar tushunchasiga ishlab chiqarishda i shvaqtining bekor sarf qilinishi (bular smena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko’zda tutilmagan ishga kelmay qolishlarning barchasi) mehnatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan holda sarflanishi (mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik, ham belgilangan texnologiya jarayonilarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqarii ortiqcha sarflanishi) ham kiradi.


Yüklə 31,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin