«ishlab chiqarish texnologiyalari» kafedrasi «Oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalari» fanidan



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/36
tarix24.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#147949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
portal.guldu.uz-LАBОRАTОRIYA ISH (1)

LАBОRАTОRIYA ISH –4
Мevalardan kompot tayyorlash texnologiyasini o’rganish.
Turli meva va sabzavotlardan tayyorlanadigan konservalar har xil
mazali xossalarga va oziqaviylik qiymatiga ega bo‘lib, turli maqsadlar
uchun ishlatiladi. Ular ovqatlanishda bevosita, oshpazlik ishlovi berishdan
keyin foydalanish yoki xom yarimtayyor mahsulot sifatida qo‘shimcha
ishlov berish uchun qo‘llaniladi.
Barcha konservalar standartlar yoki texnik shartlar, texnologik
yo‘riqnomalar, retsepturalar asosida va talablarga binoan ishlab chiqariladi.
Bular me’yoriy hujjatlar deb ataladi. Me’yoriy hujjatlarda xomashyo
va materiallar, tayyor mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari aniq me’yorlangan,
sifatni nazorat qilish uslublari, qabul qilish, tashish va saqlash qoidalari,
retseptura va ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘rsatilgan.
Konservalash korxonalarida sabzavotli konservalarning quyidagi
turlari ishlab chiqariladi: asl sabzavotli konservalar, sabzavotli marinadlar,
sabzavotli gazak konservalar, sabzavot sharbatlari, sabzavotli ovqatlanish
taomlari va umumiy ovqatlash uchun yarimtayyor mahsulotlar, konsentratsiyalangan
tomat mahsulotlari, tomat souslari va boshqalar.
Meva va rezavorlardan kompotlar, sharbatlar, pyure, souslar, marinadlar,
sulfitlangan meva-rezavorli mahsulotlar, jele, povidlo, jem, konfitur,
murabbo tayyorlanadi.
Meva hamda sabzavotlardan bolalar ovqatlanishi uchun, parhezbop
mahsulotlar va maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan konservalar ishlab
chiqariladi.
Kompotlar. Meva-rezavorlardan shakar
eritmasi (qiyom) qo‘shib tayyorlangan mahsulotlar kompot deyiladi. Ular
xomashyoning bir turi yoki bir necha turidan tayyorlanadi (assorti).
Kompotlarning bir turi meva va rezavorning ustiga meva asl sharbatini
quyib tayyorlanadi.
Kompotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo o‘lchamlari, shakli,
pishganligi, rangi bo‘yicha saralanadi, yuviladi, tozalanadi, blanshirlanadi,
kerak bo'lganda danaklari olib tashlanadi, ustiga shakar qiyomi quyiladi,
bankalar mahkam yopilgandan keyin sterilizatsiyalanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin