Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Jahondagi oziq-ovqat inqirozi muammolari



Yüklə 311,55 Kb.
səhifə9/11
tarix29.03.2023
ölçüsü311,55 Kb.
#91115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KI Javlonbek

2.2 Jahondagi oziq-ovqat inqirozi muammolari
S&P Global reyting agentligi (Amerika kredit reyting agentligi) ma’lumotlariga koʻra, investorlar global oziq-ovqat narxlarining oʻsishiga yetarlicha jiddiy e’tibor qaratmayapti. Bu esa davlat moliyasiga putur yetkazishi va kelgusi yillarda rivojlanayotgan bozor mamlakatlarida ijtimoiy tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Financial Times (biznes va iqtisodiy dolzarb masalalarga qaratilgan raqamli nashr) oziq-ovqat inqirozini tahlil qilib, uni qachongacha davom etishi kutilayotganini aytib oʻtdi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyo oziq-ovqat zanjiriga jiddiy talafot yetkazdi. Ukraina bug‘doy va boshqa don, shuningdek, kungaboqar yog‘ini eksport qiluvchi dunyodagi yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Urush oqibatida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari oqimi ushbu davlatdan toʻsib qoʻyildi va oziq-ovqat narxlari koʻtarildi. S&P Global e’lon qilingan hisobotida aytilishicha, neft narxining oshishi bilan bir qatorda, oziq-ovqat narxlari koʻplab rivojlanayotgan iqtisodlarning kredit qobiliyatiga bosim oʻtkazishi mumkin.
Energetika va oziq-ovqat narxlarining koʻtarilishi koʻpchilik rivojlanayotgan bozorlar uchun toʻlov balansi, fiskal va oʻsish talafotlarini anglatadi. Bu global pandemiya allaqachon salbiy ta’sir koʻrsatgan davlat moliyasi va reytinglaridagi keskinlikni kuchaytiradi, — dedi reyting firmasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika boʻyicha suveren mutaxassisi Frank Gill.
Rivojlanayotgan bozor qarzlariga sarmoya kirituvchi investorlarning ta’kidlashicha, oziq-ovqat xarajatlari urushdan keyin qashshoq mamlakatlar uchun yaqinlashib kelayotgan muammoga aylangan. Oʻtgan oy defolt boʻlgan Shri-Lankada oziq-ovqat narxlarining koʻtarilishi xorijiy zaxiralarning qisqarishiga, norozilik va ijtimoiy beqarorlikning kuchayishiga olib keldi. Hukumat zaruriy tovarlarning keskin tanqisligiga duch keldi va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladigan oziq-ovqat bankidan yordam soʻradi. Hisobotda aytilishicha, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Kavkazdagi past va oʻrta daromadli mamlakatlar oziq-ovqat tovarlari bozorlaridagi shoshilinch zarbalardan eng koʻp zarar koʻradi.
Tojikiston va Oʻzbekiston oziq-ovqat importiga yuqori darajada qaramlikka ega va odatda oʻz bug‘doyining asosiy qismini eksport cheklovlari mavjud Qozog‘istondan sotib oladi.
Arab davlatlaridan Marokash, Livan, Misr va Iordaniya oziq-ovqat ta’minoti uchun Ukrainaga tayanadi va urush tufayli narxlarning koʻtarilishi kuzatilmoqda. Ushbu mamlakatlarning aksariyatida importni oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan almashtirish imkoniyati cheklangan. Buning oqibatida narxlarning oʻsishi ortidan ijtimoiy tartibsizliklar yuzaga kelishi mumkin.
S&P Global mamlakatlarning oziq-ovqat importini yalpi ichki mahsulotga nisbatan solishtirib chiqdi. Bunda eng yuqori koʻrsatkichga ega 10 ta davlat orasida Oʻzbekiston ham bor. Tojikistonda oziq-ovqat importi YIMga nisbatan 3,5 foizga yaqin boʻlgan. Bu esa dunyodagi eng baland koʻrsatkich. Oʻzbekistonda YIMga nisbatan oziq-ovqat importi 1 foizdan oshiqroq boʻldi. Tahlilchilarning fikricha xalqaro bozorlar Ukrainadagi urushning oziq-ovqat ta’sirini bir yillik zarba sifatida baholamoqda. Biroq oziq-ovqat inqirozi 2024-yilgacha davom etishi mumkin. Avvalroq Oʻzbekistonga yil boshidan beri 2,8 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan edi.


Yüklə 311,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin