Ishlab chiqarishda boshqaruv


Amal qilish xususiyatiga qarab



Yüklə 397,36 Kb.
səhifə6/27
tarix19.02.2022
ölçüsü397,36 Kb.
#52848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish

Amal qilish xususiyatiga qarab bozor uch xil bo’ladi: 1.Tartibsiz (stixiyali) bozor (unda bozor aloqalari stixiyali tarzda o’rnatiladi. Bozor narxining qanday bo’lishini hech kim kuzata olmaydi, stixiyali kuchlar bamisoli tabiat kuchlari kabi obektiv ravishda sotuvchilar va xaridorlar ustidan hukmronlik qiladi. Tartibsiz bozorda o’rnatilgan qoidalar amal qilmaydi. Hozirgi dehqon bozori, mol bozori va chayqov bozori tartibsiz bozora misol bo’la oladi). 2.Tartibli bozor (bu shunday bozorki, unga xos bo’lgan qonunlarga ko’r-ko’rona amal qilinavermaydi. Bozor va uning segmentlari (kichik qismlari) oldindan tahlil etilib o’rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor bilan uzviy bog’lanadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan bunday bozor hozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjuddir). 3.Boshqariladigan bozor (unda iqtisodiy munosabatlar davlat idoralari beradigan buyruqlar va ko’rsatmalar asosida hal qilinadi. Nimani, qancha, qay tariqa ishlab chiqarishni kimga va qanday narxlarda sotishni davlat organlari o’zlari tuzgan rejaga tayanib belgilaydilar).


Yüklə 397,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin