I BOB. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul-kredit siyosatining nazariy asoslari.
1.1. O’zbekiston Respublikasining pul-kredit siyosati hususidagi ilmiy- nazariy qarashlar.
Monetar siyosat - muomaladagi pul massasini tartibga solish orqali narxlar barqarorligi, inflyatsiya, real ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy o’sishni mustahkamlashga yo’naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig’indisi5.
Umumdavlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy va ajralmas qismi sifatida monetar siyosat mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rinni egallab kelganligi allaqachon jahon tajribasida isbotlangan. U hozirgi paytda ham iqtisodiyotda o’z samarasini bermoqda. Shu bois jahon bank amaliyotida, jumladan, O’zbekistonda ham monetar siyosatga iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar va hukumat tomonidan alohida e’tibor beriladi.
O’z navbatida, monetar siyosat to’g’risidagi etakchi nazariyalarning mazmuni va mohiyatini atroflicha o’rganmasdan, uning ilmiy asoslangan asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish, qolaversa, taktikasi va strategiyasini aniq belgilab olish mumkin emas.
Hozirgi paytda jahon iqtisodiy adabiyotida monetar siyosatning nazariy va amaliy masalalari to’g’risida turli nazariyalar mavjud bo’lib, ular o’z mazmuniga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi turli oqimlarga birlashib ketgan. Ana shu oqimlar majmuida monetarizm va keynschilik oqimini, shubhasiz, ushbu sohadagi eng yirik va eng yetakchi g’oyaviy yo’nalish sifatida ajratib ko’rsatish mumkin. Ushbu ta’limotlarning paydo bo’lishi, asosiy qoidalari va ularning mazmunidagi ziddiyatlar hususidagi masalalar jahonning ko’plab taniqli va zamonaviy iqtisodchi olimlari hamda mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqilgan. Zamonaviy xorijlik olimlardan S.R.Moiseev, E.Dolan, R.Dornbush, K.Makkonnell, K.Kempbell, L.Harris, G.Menkyu, F.Mishkin, L.Abalkin, O.Lavrushin, V.Geraenko, V.Usoskin,
5 Тарасевич Л.С., Гребенников П.И., Леусский А.И. Макроэкономика: Учебник. — 6_е изд., испр. и доп. — М.: Высшее образование, 2006. –C. 370.
B.Irishev va boshqalarning qo’shgan hissalarini e’tirof etmoq lozim. Monetar siyosatning qator nazariy va amaliy masalalari mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan g’oya va mulohazalarda, Shuningdek, respublikamiz iqtisodchi - olimlari va mutaxassislaridan - A.Vahobov, T.Qoraliev, M.Nurmuratov, O.Namozov, T.Bobakulov, Z.Holmahmadov, S.Norqobilov, M.Mo’minov, R.Shomurodov va boshqalarning ilmiy asarlarida yoritilgan6. Pulga bo’lgan talab, pul taklifi, monetar siyosatning maqsadlari va ko’rsatkichlarini tanlash hamda ularni hozirgi zamon talablariga moslab amalda to’g’ri qo’llash masalalarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Pul-kredit siyosatning asosida pul nazariyasi yotadi. Uzoq davrlardan beri pul-kredit siyosatining muammolari va uning bozor sharoitidagi roli bo'yicha iqtosodchilar tomonidan diskussiya qilinib kelinmoqda. Bunga sabab pul nazariyasi to'g'risida ikki xil yirik qarash mavjudligidir: bir tomondan zamonaviy keynscha pul kredit konsepsiyasi, ikkinchi tomondan esa zamonaviy monetarizm konsepsiyalaridir. Zamonaviy keynschilar va monetaristlar xam iqtisodiyotdagi pul massasi va uning pul-kredit siyosati ta'sirida o'zgarishini milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi deb hisoblaydilar. Lekin ular bu xolatni xar xil baholaydilar. Keyns konsepsiyasi nuqtai nazardan, pul-kredit siyosatni tartibga solishning asosi sifatida foiz stavkasi hisoblanadi. O'z navbatida, monetaristlar nuqtai nazardan esa, buning asosi deb pulga bo'lgan talab va taklifni qo'yadilar.
Keyns tarafdorlari shunday xisoblaydilarki, bozor iqtisodiyoti nobarqaror tizimni namoyish qiladi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotni tartibga solishda xar xil instrumentlardan, shu jumladan moliyaviy va pul kredit intrumentlaridan faol foydalanishi kerak. Pul-kreditni tartibga solish mexanizmi quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Foiz stavkasini pasayishi yoki ko'tarilishi pul taklifining o'zgarishiga sabab bo'ladi va o'z navbatida investitsiya talabini o'zgarishiga olib keladi.
6 Bobakulov T.I. Pul massasi – pul-kredit siyosatining asosiy indikatori. Bozor, pul va kredit. – №2 Toshkent, 2007; Нурмурадов М.Б. “Монетарная политика и банковская система Узбекистана в условиях гулубоких структурных преобразований”. Макроэкономические проблемы переходного переода в Узбекистане. “ЦЭИиС”, ЦБРУз. Под ред.Муллажанова Ф.М. Издательский дом “Мир экономики и права”, 1997;
Намозов О.Ш. Монетарная политика в переходной экономике: концептуальyые подходы и программные направления/на примере Респупблики Узбекистан/:Дис.на соис. учен. степ.докт.эк.наук. – Ташкент, 2001.
Keynsianslar pul talifi va milliy maxsulot darajasi o'rtasidagi bog'liqlik juda yuqori deb xisoblaydilar. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda to'liq iqtisodiy ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak.
Keyns ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab nazariyasi likvidlikka ixlos qo’yish nazariyasi nomini oldi. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar qo’llarida pulni saqlaydilar? degan masalani o’rganadi. Kembrij maktabi vakillarining pulga bo’lgan talab boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u daromadga proporsional degan fikrdan farqli o’laroq, Keyns, pulga bo’lgan talab foiz stavkasiga ham bog’liq, deb hisoblaydi. Keyns, pulga bo’lgan talab nafaqat daromadga emas, balki foiz stavkasiga ham bog’liq, degan hulosaga kelgan. Bu esa uning funksiyasining Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz stavkasi hech qanday ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan keskin farq qiladi. O’z navbatida, Keyns pulga jamiyatdagi boyliklarning bir turi sifatida qaradi. Uning fikriga ko’ra, ho’jalik sub’ektlarini o’z aktivlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlashlari, ularning likvidlik hususiyatlarini qay darajada baholashlariga bog’liq.
Odamlar odatda, eng likvidli portfelni tanlaydilar va binobarin, bu ular tomonidan pulga bo’lgan talabni anglatadi. Shu sababli, Keyns o’zining pulga bo’lgan talab nazariyasini "likvidlikka ihlos qo’yish" nazariyasi deb atadi. Shuningdek, Keyns pulga bo’lgan talab nazariyasining markaziga foiz stavkasini qo’ydi. Bu pulga bo’lgan talabning chayqov omilida o’zining yaqqol ifodasini topdi. Bu qaqida horijlik taniqli olimlardan professor F.Mishkin shunday ta’kidlaydi: "Biroq aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi kerakligini pulga bo’lgan talab to’g’risidagi nazariya orqali ham hisoblash mumkin. Ushbu nazariyaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, bunda pulga bo’lgan talab foiz siyosatiga bog’liq emas"7.
Keynschilik konsepsiyasi, asosan, o’tgan XX asrning 30-40- yillarida yaxlit g’oyaviy oqim sifatida to’liq shakllandi va u makroiqtisodiy nazariyada hamda
7 Мишкин Ф. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков. Учебное пособие для студентов вузов. Аспект пресс. М.: 1999 г. –C. 548.
davlat iqtisodiy siyosatining dasturlarida bosh o’rinni egallab olgan edi. Uning asoschisi - XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk Britaniyalik iqtisodchi Jon Meynard Keyns edi8.
Umuman, Keyns va uning tarafdorlarining qarashlari XX asrning 70- yillarigacha eng keng tarqalgan va mashhur nazariya bo’lib qoldi. Ayniqsa, XX asrning 60-yillarida AQSHda yuz bergan iqtisodiy yuksalish yetti yildan ortiq davom etdi. Bunday uzoq davom etgan inqirozsiz rivojlanish, Keyns nazariyasi uzoq muddatli rivojlanishni kafolatlaydigan, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yuqori darajada samaradorligini ta’minlaydigan nazariya, degan fikrning keng miqyosda tarqalishiga sabab bo’ldi.
Jon Meynard Keyns "Bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936 yil) nomli o’zining mashhur kitobida pulning aylanish tezligining doimiyligi to’g’risidagi klassik yondashuvdan voz kechdi va asosiy e’tiborni foiz stavkasining ta’siriga qaratgan holda pulga bo’lgan talab nazariyasini ishlab chiqdi. Keyns ishlab chiqqan pulga bo’lgan talab nazariyasi likvidlikka ihlos qo’yish nazariyasi nomini oldi9. Ushbu nazariya ham nima uchun odamlar qo’llarida pulni saqlaydilar degan masalani o’rganadi. Kembrij maktabi vakillarining pulga bo’lgan talab boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u daromadga proporsional degan fikrdan farqli o’laroq, Keyns, pulga bo’lgan talab foiz stavkasiga ham bog’liq, deb hisoblaydi. Keyns, pulga bo’lgan talab nafaqat daromadga emas, balki foiz stavkasiga ham bog’liq, degan hulosaga kelgan. Bu esa uning funksiyasining Fisher tomonidan ilgari surilgan pulga bo’lgan tablabga foiz stavkasi xech qanday ta’sir qilmaydi degan, pulga bo’lgan talab tenglamasidan keskin farq qiladi.
O’z navbatida, Keyns pulga jamiyatdagi boyliklarning bir turi sifatida qaradi. Uning fikriga ko’ra, ho’jalik sub’ektlarini o’z aktivlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlashlari, ularning likvidlik hususiyatlarini qay darajada baholashlariga bog’liq. Odamlar odatda, eng likvidli portfelni tanlaydilar va binobarin, bu ular tomonidan pulga bo’lgan talabni anglatadi. Shu sababli, Keyns
8 Харрис Л. Денежная теория: Пер. с английского /Общ. ред. и вст. ст. Усоскина В.М.–М:. Прогресс, 1990. – C. 136.
9 Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. Пер. с анг. – Москва: Гелиос АРВ, 1999. –С. 107.
o’zining pulga bo’lgan talab nazariyasini "likvidlikka ihlos qo’yish" nazariyasi deb atadi. Shuningdek, Keyns pulga bo’lgan talab nazariyasining markaziga foiz stavkasini qo’ydi. Bu pulga bo’lgan talabning chayqov omilida o’zining yaqqol ifodasini topdi.
Ma’lumki, monetar siyosat nazariyasida markaziy o’rinni foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etadimi, agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala egallaydi. Bu hususida juda ko’p olimlar o’z fikrlarini aytganlar. Jumladan, I.Fisher foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi, u daromadga bog’liq, degan hulosaga kelgan. Kembrij maktabining olimlari esa foiz stavkasi nominal yalpi ichki mahsulotga proporsional, deb hisoblashgan. Ammo, J.Keyns kembrijcha yondashuvni rivojlantirib, foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga sezilarli darajada ta’sir qiladi, degan hulosaga kelgan. Umuman, Keyns tadqiqotlarida foiz stavkasining o’sishi bilan pulga bo’lgan talab pasayadi, degan hulosa ilgari suriladi. Keyns fikricha, pul massasining o’zgarishi foiz stavkasiga bevosita ta’sir qiladi10.
Miqdoriylik nazariyasi bo’yicha yalpi daromadning ma’lum darajasida aholining qo’lida qancha pul bor degan savol qo’yiladi. Shuning uchun u amalda pulga bo’lgan talab nazariyasi hisoblanadi. Fisherning pulga bo’lgan talabning miqdoriylik nazariyasiga muvofiq pulga bo’lgan talab mutlaq daromadning funksiyasi hisoblanadi va foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etmaydi. O’z navbatida, Fisher "pulga bo’lgan talab, birinchidan, ma’lum miqdordagi YAIM (RY) doirasidagi bitimlar hajmi bilan va ikkinchidan, odamlarning bitimlarni amalga oshirishlari bog’liq bo’lgan iqtisodiyotdagi kredit institutlari tomonidan aniqlanadi, bu esa pulning aylanish tezligini aniqlaydi" degan hulosaga keldi.
Kembrijning olimlari pulga bo’lgan talabning bitimlar hajmiga va institutsional omillarga bog’liqligini o’rganishning o’rniga, ma’lum holatlarda odamlar qo’llarida qancha miqdorda pul ushlab turishni hoqlaydilar degan savolni qo’ydilar. Kembrij maktabi iqtisodchilari odamlarning qo’llarida pul ushlab
10 Кейнс Дж. М. Общая теория занятости, процента и денег. Пер. с анг. – Москва: Гелиос АРВ, 1999. – С. 254.
turishlariga asos bo’luvchi pulning ikkita hususiyatini: almashuv vositasi va boylikni saqlash vositasini ajratib ko’rsatishdi. O’z navbatida, Irving Fisher va Kembrij guruhi pulga bo’lgan talab nominal daromadga proporsional, degan pulga bo’lgan talabning klassik yondashuvini ishlab chiqdilar. Biroq ularning yondashuvlari muayyan darajada bir-biridan ajralib turadi: agar, Fisher texnologik omillarga asosiy e’toborni qaratib va qisqa muddatli davrlarda foiz stavkasi ta’sirida pulga bo’lgan talabning har qanday imkoniyatlarini inkor qilgan bo’lsa, Kembrij yondashuvida asosiy e’tibor yakka tartibdagi iste’mol tanloviga qaratilgan va foiz stavkasining ta’siri ham e’tibordan chetda qolmagan. O’z navbatida, pulga bo’lga talab YAIM va pul massasi o’rtasidagi miqdoriy bog’lanishdan foydalanish orqali ham aniqlash mumkin. Faraz qilaylik, boshqa shartlar teng bo’lgan sharoitda YAIM deflyatori 14,9 foiz va YAIM real o’sishi 6,9 foiz miqdorida belgilangan bo’lsin. Ushbu shartli misolimizda pul massasi (1,149x1,069)x100-100=23,4 foizga o’sadi. Demak, Markaziy bank monetar siyosatning maqsadli ko’rsatkichlari muvozanatini ta’minlash maqsadida iqtisodiyot uchun yil davomida pul taklifini 23,4 foizga oshirishi mumkin.
Amerikalik iqtisodchi Irving Fisherning 1911 yilda nashr qilingan "Pullarning harid quvvati" - (I.Fisher "The purchasing Power of Money") nomli kitobida keltirilgan. Fisher ushbu asarida umumiy pul miqdori M (pul massasi, pul taklifi) hamda ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va hizmatlarni sotib olishdagi yalpi harajatlar (RxY) o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq qilgan. Bunda, R - baholar darajasi; Y - yalpi ishlab chiqarish. Bu erda (M) va (RxY)larni bog’lovchi o’zgaruvchini pulning aylanish tezligi - (V) deb aytiladi. Pulning aylanish tezligi
(V) yalpi harajatlarning pul massasiga nisbati sifatida aniqlanadi: (V PxY ) 11
M
Masalan, agar yil davomida nominal yalpi ichki mahsulot (YAIM) 5 trln. dollarga, pul taklifi 1 trln. dollarga teng bo’lsa, pulning aylanish tezligi 5 martaga teng bo’ladi. Bu esa o’rtacha statistik dollar pirovard tovarlar va hizmatlarni sotib
olish uchun 5 marta foydalanganligini anglatadi. Almashuv tenglamasi nominal
daromad, pul miqdori va ularning aylanish tezligini ifodalaydi:
Dostları ilə paylaş: |