takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi;
Bitiruv malakaviy ishi predmeti
bo’lib fermer xo’jaliklarida moliyaviy natijalarni
shakllantirish va ularni hisobga olishni takomillashtirish masalalari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti
Qurbonov Elyor Qurbonovich
fermer xo’jaligining
ma’lumotlari bitiruv malakaviy ishi uchun asos qilib olindi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi.
Tadqiqot kirish, mazmunan uzviy
bog’langan uchta bob, xulosalar, 9 ta jadval, 2ta rasm, adabiyotlar ro’yxati hamda 4ta ilovalarni
mujassamlashtirgan 76 betlik matnni tashkil etadi.
I bob. Moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni hisobga olishning nazariy asoslari
4
1.1. Moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni hisobga olishning mazmuni, tashkiliy
hamda huquqiy asoslari.
Tayyor mahsulot - xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish jarayonining pirovard
mahsulotidir. Ushbu sub’ektda ishlovi batamom nixoyasiga yetgan turli standartlar va texnikaviy
shartlar talabiga javob beradigan, texnika nazorati bo’limi qabul qilib olgan hamda tayyor
mahsulot omboriga topshirilgan mahsulot tayyor mahsulot deyiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar asosan tuzilgan shartnomalar
(buyurtma papkasi) va bozor talabini chuqur va har tomonlama urganib mahsulot ishlab
chiqarish, ularning turlari va xajmini belgilaydilar. Buning uchun esa yirik kompaniya, kontsern
va firmalarning tarkibida marketing bo’limlari tashkil kilinib ular faqatgina bozorning talabi va
taklifini o’rganish, ya’ni zarur, tez sotiladigan mahsulotlarning turlarini va ularga bo’lgan talabni
urganish bilan shugullanadilar. Boshqaruv raxbariyatiga tegishli takliflarni berib ushbu xulosalar
u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularning sifati va xajmi yuzasidan qarorlar kabul
qilishda asosiy urin tutadi.
Hozirgi davrda sub’ektning rivojlanishi va barqarorligida mahsulotlarni oldindan tuzilgan
shartnomaga asosan ishlab chiqarish va sotish muhim urin tutadi. Ushbu tartib sub’ekt
faoliyatining iktisodiy ko’rsatkichini belgilashda va xo’jalik faoliyatining samaradorligini
belgilash va belgilangan maksadga muvofikligini isbotlashda asosiy ko’rsatkichlar majmuasi
hisoblanadi.
Sub’ektning mahsulotni sotish xajmi ko’rsatkichini aniqlashda unga qiymatining kelib
tushishidan kat’iy nazar sotilgan va junatilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlari va ko’rsatgan
xizmatlarining umumiy summasidan foydalanadilar.
Tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar sub’ektning mablag’lari katorida hisoblangani uchun
ushbu jarayon xo’jalik faoliyatining oxirgi boskichi hisoblanadi va xo’jalik ka tegishli
mablag’larning doiraviy aylanishini ta’minlaydi. Ushbu jarayon natijasida tayyor mahsulotlar
ishlab chikiladi, ular, ishlar va xizmatlar iste’molchilarga yetkazib beriladi va sub’ektga pul
mablag’lari shaklida yoki almashuv natijasida boshqa moddiy resurslar kelib tushadi. Natijada
davlat oldidagi byudjetga to’lanadigan soliq majburiyatlari, boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
majburiyatlar, mol yetkazib beruvchilarga, banklarga, ishchi va xizmatchilarga va boshqa
sub’ektlarga bo’lgan karz majburiyatlarini uz vaqtida to’lash imkoniyatini yaratadilar. Tayyor
mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha belgilangan rejalarni
bajarmaslik esa salbiy natijalarga olib keladi. Sub’ektning aylanma mablag’larining doiraviy
aylanishini sekinlashtiradi, iste’molchilar oldidagi majburiyatlarni bajara olmasligi natijasida
jarimalar to’lashga olib keladi, boshqa to’lovlarni (soliq, ajratmalar, mehnat haqi va boshqalar) uz
vaqtida to’lay olmaslikka, umuman olganda sub’ektning moliyaviy xolatining pasayishiga olib
keladi.
Tayyor mahsulotlarni sotish, bajarilgan ishlarni topshirish va xizmat ko’rsatish jarayoni.
Sub’ektlar mahsulotni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish rejalarini
tuzayotganda ushbu faoliyat natijasida olinadigan (kutilayotgan) foyda xajmini рam
belgilaydilar. Chunki shartnomada kelishilgan baho ko’rsatilganda uning tarkibiga mahsulotning
tannarxi va soliqlardan tashkari tegishli miqdorda foyda summasi рqo’shiladi. Bu summani
shartnomada ko’rsatilgan tayyor mahsulotlarning miqdoriga ularga qo’shilgan foyda summasi
qo’shilsa umumiy kutilayotgan foyda xajmi aniqlanadi. Ushbu kutilayotgan foyda summasi
asosida to’lanadigan bunaklarning miqdori - byudjetga soliq bo’yicha to’lanadigan summa
aniqlanadi.
5
Olingan foydaning haqiqiy summasi esa belgilangan tartibda, asosan oyning va yilning
oxirida aniqlanadi. Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning
kelishilgan sotish bahosi bilan ularning to’liq haqiqiy tannarxi (ishlab chiqarish tannarxi va
ularni sotish bilan bog’liq sarflar) o’rtasidagi farq summasidan qo’shilgan qiymat va aktsiz
soliqlarini chegirilgan xoldagi farq summasi hisoblanadi.
Shuning uchun xam sub’ektning xo’jalik faoliyatida tayyor mahsulotlar, ularni sotish,
ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish muhim o’rin tutadi.
Tayyor mahsulotning buxgalteriya hisobi, ularni yuklash va sotish ustidan nazoratni olib
borib, quyidagilarni ta’minlash kerak:
-tayyor mahsulotni ishlab chiqarish, uning zaxiralari xolati va omborlarda saklanishi,
bajarilgan ishlar va xizmatlar ustidan muntazam nazoratini;
-ortilgan va berilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirish,
xaridorlar bilan hisoblashishlarni aniq tashkil etish;
-mahsulot yetkazib berish shartnomalarining hajmi va turi bo’yicha ijro etilishini nazorat
qilish;
-mahsulotni sotishdan olinadigan summani, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun
amalda sarflangan xarajatlarni, foyda summasini hisoblashni o’z vaqtida va to’g’ri bajarish.
Ushbu vazifalarni bajarish sub’ektning bir tekisda faoliyat ko’rsatishi, mahsulotlarni
sotishni va omborxona xo’jaligini to’g’ri tashkil qilish va ushbu muomalalarni o’z vaqtida va
to’g’ri hujjatlashni talab kiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektda tayyor mahsulot (ish, xizmatlar) tarkibiga quyidagilarni
kiritish mumkin:
-tayyor mahsulot (ish, xizmat) va sub’ektning uzi ishlab chiqargan yarim tayyor
mahsulotlar;
-sanoat tarzidagi ish va xizmatlar;
-nosanoat tarzidagi ish va xizmatlar;
-sotib olinadigan buyumlar (butlash uchun sotib olingan buyumlar);
-qurilish, kurilish-montaj, loyixa-qidiruv, geologiya-razvedka, ilmiy-tadqiqot ishlari va
shunga o’xshash ishlar;
-transport korxonalarida yuk va yo’lovchilarni tashish bo’yicha xizmatlar;
-engil avtomobillarning ijarasi va avtomobillarni yetkazib berish (haydab kelish)
xizmatlari;
-transport-ekspeditsiya va yuklash, tushirish ishlari;
-aloqa korxonalarining xizmatlari va shu kabilar.
Sub’ektda mahsulotning hisobi - natura, shartli-natura va qiymat ko’rsatkichlarida
yuritiladi.
Natura ko’rsatkichlari mahsulotning jismoniy xossalariga muvofiq uning soni, xajmi,
ogirligini aks ettiradi va bu ko’rsatkichlar tayyor mahsulotni miqdor jixatdan hisobga olishda
kullaniladi.
Shartli-natura ulchovlari bir xildagi mahsulotni hisobga olishda umumlashtirilgan
ko’rsatkichlar uchun qo’llaniladi. Bunday mahsulotning miqdori turlar bo’yicha koeffitsientlar
yordamida shartli ogirlik, nav, yagona o’lchov va shu kabilarga aylantirilib, qaytadan hisoblab
chikiladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymat ko’rsatkichi, agarda mahsulotning xammasini
chetga sotish nazarda tutilsa, tovar mahsulotining hajmidir. Tovar mahsuloti sotishning reja va
amaldagi narxlarida, ishlovning me’yoriy qiymatliklarida, bozor narxlarida baholanishi
mumkin.
6
Sub’ektlarda mahsulot hisobi reja bo’limida natura ko’rsatkichlarida, omborda esa qiymat
ko’rsatkichlarida olib boriladi.
Tayyor mahsulot buxgalteriya hisobida mahsulotning amaldagi ishlab chiqarish tannarxi,
reja ishlab chiqarish tannarxi, sotishdagi ulgurji narxlar, erkin sotish narxlari va tariflari, erkin
bozor narxlarida baholanishi mumkin. Shuni xam aytib utish kerakki, tayyor mahsulot
korxonaning aylanma mablag’lari tarkibiga kiradi va shu boisdan amaldagi buxgalteriya hisobi
va hisoboti to’g’risidagi milliy standartlarga (BXMS) binoan, haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi
bo’yicha balansda aks ettirilishi kerak.
Mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejasi ishlab chiqarish xajmi,
nomenklaturasi, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish muddatlari ko’rsatilgan yoyma tizimli
dasturidan iborat bo’ladi.
Ushbu ishlab chiqarish dasturida quyidagi asosiy ko’rsatkichlar ifodalanishi kerak:
tayyor mahsulotlar (ish va xizmatlar)ning xajmi va turlari;
tayyor mahsulotlar (ish va xizmatlar)ni ishlab chiqarish grafigi;
aloxida ishlab chiqarish jarayonlarining tugash muddatlari;
har bir mahsulot va har bir ish jarayoni bo’yicha qiymat ulchovlarida ko’rsatilgan yillik ish
xajmi;
tovar mahsulotini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish muddatlari;
hisobot davri (oyi) boshiga va oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining ulgurji
narxlari;
ishlab chiqarishdan tashkari xarajatlar;
mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan umumiy xarajatlar;
ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotning tannarxi;
mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur bo’ladigan boshqa sarflar
to’g’risida ma’lumotlar.
Bu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi resurslariga
bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.
Dastlabki texnologik rejada muhandis mahsulotning eng mukammal yaratilish
xususiyatlarini yozib beradi, bu texnologik kalkulyatsiya varakchasida batafsil hisoblarini
amalga oshirishga yordam beradi.
Dastlabki texnologik rejaning tarkibiga mahsulot, ish va xizmatning nomi, miqdori va
turlari to’g’risidagi ma’lumotlar kiradi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning hamma parametrlari, standart talablari va sarflanadigan
xarajatlarning turlari va miqdori (texnologik karta) ko’rsatiladi.
Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish uzoq ishlab chiqarish davrini talab qiladi va
tayyorlanayotgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bosqichida bo’ladi, ya’ni hisobot davrining
boshi va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda qoldiqlar qoladi.
Yalpi mahsulot - ma’lum davr ichida ishlab chiqarishning to’liq xajmini qiymat ulchovlarida
ifodalaydigan ko’rsatkichdir. U hisobot davridagi tayyor mahsulotni va tugallanmagan ishlab
chiqarish xajmini uz ichiga oladi.
Buni quyidagi formula yordamida ifodalash mumkin:
Ya
X
(T
b
-T
o
)
M
bu yerda:
Ya - yalpi mahsulot (sum);
X - tovar mahsulotining xajmi (sum);
T
b
- hisobot davrining boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish (sum);
7
T
o
- hisobot davrining oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish (sum);
M - buyurtmachilardan jalb kilingan materiallarning xajmi (sum).
Tayyor mahsulotlar sub’ektning omborida xam, buxgalteriyada xam hisobga olib boriladi.
Tayyor mahsulotning omborga kelib tushishi birlamchi hujjatlarda kayd etiladi.
Ushbu hujjatlarda buyumlar turlariga ko’ra mahsulot ishlab chiqarishning ular soniga qarab
natura hisobi yuritiladi. Bunday mahsulotning umumiy hajmi hisobot davri tugaganidan so’ng
baholanishi kerak.
Ko’rsatilagan xizmatlar va bajarilgan ishlar dalolatnomalar bilan qayd etiladi.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy natijalarni aniqlashni hisobga
olishning nazariy asoslari bo’lib O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”i
qonun, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 - son qarori bilan tasdiqlangan
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi nizom, 3-sonli BHMS “Moliyaviy natijalar
to’g’risidagi
hisobot” nomli, O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti, 4-
sonli “Tovar-moddiy zahiralar” nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy
standarti xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |