Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#204346
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
masuliyati cheklangan jamiyatlarda hisoblashuv muomalalari hisobi

Moliyaviy natijalar 
bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik 
faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya 
hisobida bunday fao-liyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash 
yo‘li bilan aniqlanadi. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish korxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, 
ularni yuzaga kelgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida rivojlanishini ta’minlash, 
mamlakatda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalarning moliyaviy 
barqarorligiga uzviy bog‘liq. Korxonalarning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning 
faoliyati davomida olgan foydasining to‘g‘ri shakllantirilishi bilan bog‘liq. Chunki 
korxonalarda foyda shu yerda ishlovchilarning moddiy ta’minlanishining, korxonalarda ishlab 
chiqarish faoliyatini kengaytirishning, ishlab chiqarishda fan-texnika gotuqlarini va yangi 
texnologiyalarni joriy qilish kabi ishlarning' asosiy moddiy manbasi hisoblanadi. 


14 
Foyda moddiy ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyati jarayonida yaratiladi. Ishlab 
chiqarish omillari (mehnat, kapital va tabiiy resurslar) va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
foydali ishlab chiqarish faoliyati birikishi natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u 
iste’molga sotilganda, tovar bo‘lib hisoblanadi. 
Tovar-pul munosabatlari sharoitida korxona darajasida sof daromad foyda shaklini oladi. 
Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar ishlab chiqaruvchi bo‘lib maydonga 
chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx belgilab, uni iste’molchilarga sotadilar. 
Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad olinganligini anglatadi. 
Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajat bilan 
taqqoslash kerak. 
Agar tushum xarajatlardan yuqori bo‘lsa, moliyaviy natija foyda olinganligidan dalolat 
beradi. Tadbirkor doimo foyda olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi, lekin bunga doim 
ham erisha olmaydi. Agar tushum xarajatlarga teng bo‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari qoplangan bo‘ladi, xolos. Bunda zarar ko‘rilmaydi, lekin ishlab 
chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishning manbai sifatidagi foyda ham olinmaydi. 
Agar korxona xarajatlari tushumidan ko‘p bo‘lsa, u zarar ko‘radi, ya’ni salbiy moliyaviy 
natijaga erishadi. Bu holat uni ancha murakkab moliyaviy ahvolga solib qo‘yadi. 
Foydani bozor munosabatlarining o‘ta muhim toifasi sifatida talqin etish mumkin. 
1. Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani xarakterlaydi. Lekin 
yagona foyda ko‘rsatkichi yordamida korxona faoliyatining barcha tomonlarini baholab 
bo‘lmaydi. Bunday universal ko‘rsatkichning bo‘lishi ham mumkin emas. Aynan shuning 
uchun korxonaning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini tashkil qilishda 
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Foydaning ahamiyati shundan iboratki, u yakuniy 
moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan birga uning miqsori va o‘zgarishga korxonaning 
xarajatlariga bog‘liq bo‘lgan hamda bog-liq bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda 
rag‘batlantiruvchi funksiyasini bajaradi. Buning mazmuni shundan iboratki, foyda bir 
vaqtning o‘zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi 
hisoblanadi. O‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyilining real ta’minlanishi olingan foyda bilan 
belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida 
qoladigan sof foyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning 
ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy ragbatlantirishni moliyalashtirish 
uchun yetarli bo‘lishi kerak. 
2. Foyda turli darajadagi byudjetlarni ragbatlantirish manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
U soliqlar ko‘rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa daromad tushumlari bilan bir 
qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o‘z faoliyatini 
bajarishni ta’minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy 
dasturlarini amalga oshirish uchun ish-atiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydaning ahamiyati juda katta. Foyda olishga intilish tovar 
ishlab chiqaruvchilarni iste’moliga kerak bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini 
oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Erkin raqobat 
sharoitida bu orqali nafaqat tadbirkorlarning maqsadiga, balki ijtimoiy ehtiyojlar qondirilishiga 
ham erishiladi. Zararlarning ham o‘z o‘rni bor. Ular mablag‘larni yo‘naltirishda, ishlab 
chiqarishni tashkil qilishda va mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib beradi. 
Foydaga iqtisodiy toifa sifatida qaraganda, u haqda abstrakt holda gapiriladi. Lekin 
korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini rejalashtirishda hamda baholashda, korxona 
ixtiyorida qolgan foydani taqsimlashda foydaning aniq ko‘rsatkichlari ishlatiladi. Foyda bu 
korxonaning mahsulot sotishdan olingan foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va 


15 
sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan foydalari (zararlari) yig‘indisidir. Mahsulot sotish deyilganda, 
nafaqat, natural-moddiy shaklga ega bo‘lgan ishlab chiqarilgn tovarlarni sotish, balki ishlarni 
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish ham tushuniladi. Oxirgi moliyaviy natija sifatida foyda 
korxonaning barcha xo‘jalik operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va balans moddalarini 
baholash asosida aniqlanadi. Foyda atamasining ishlatilishi shu bilan bog‘liqki, korxona 
ishining yakuniy moliyaviy natijasi uning chorak, yil yakuni bo‘yicha tuziladigan balansida 
aks etadi. 
Moliyaviy 
natijalarni 
buxgalteriyada 
hisobga 
olishning 
asosiy 
vazifalari 
quyidagilardir: 
- moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘ri ekanligini o‘rganish; 
-olingan foyda miqsorini har oyda hamda yil boshidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisob-
kitob qilish; 
-moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini 
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida va tegishli registrlarda to‘g‘ri aks ettirish. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin