9
Bu hujjat shakllarida quyidagi zarur rekvizitlar bo’lishi shart: hujjat nomi, raqami va
tuzilgan sanasi; xo’jalik munosabatining mazmuni; xo’jalik munosabatining o’lchovi (miqdor va
qiymat ulchovlarida); xo’jalik muomalasi sodir bo’lishi va ularni to’g’ri rasmiylashtirishga mas’ul
shaxslar nomi va imzolar.
Buxgalter xodimlar xo’jalik muomalalarini rasmiylashtirishda buxgalteriya hisobida hujjatlar va
hujjatlarning aylanish tartibiga rioya qilishlari kerak.
Buxgalteriya hisobida hujjatlardagi ma’lumotlar hisob registrlarida kayd etilib,
umumlashtirilishi va tizim kilinishi hamda ularga asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilishi kerak.
Xo’jalik muomalalari kam bo’ladigan fermer xo’jaliklariga hisobning soddalapggirilgan
shaklini qo’llashni tavsiya etamiz.
Buning uchun amaldagi schyotlar rejasi asosida qisqartirilgan (ishchi) schyotlar rejasi tuzish
kerak (III qism, 1-ilova). Bu schyotlar rejasi xo’jalik mablag’lari va ularning manbalarini
buxgalterlik hisob registrlarida asosiy schyotlar bo’yicha olib borishni ta’minlaydi va shu asosda
buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi ustidan nazorat qilinadi.
Qisqartirilgan (ishchi) schyotlar rejasidagi ayrim schyotlar, o’z vazifalari bilan birga bu
rejaga kiritilmagan schyotlarning funktsiyalarini ham bajarishi nazarda tutilgan.
Qisqartirilgan (ishchi) schyotlar rejasida taklif kilingan schyotlar guruhi fermer
xo’jaligining moliyaviy holati to’g’risidagi buxgalteriya balansni tuzish qoidalariga muvofiq
uning mablag’lari va mablag’lar manbalarining miqdoridan kelib chiqib hamda xo’jalik faoliyati
xususiyatidan tuziladi
Fermer xo’jaliklari mulkchilik shakllari va qaysi tarmoqqa tegishligiga qarab bir-biridan
farq qiladilar. Shuning uchun ular o’zlarining ishchi schyotlar rejasini tuzishda tavsiya
qilinayotgan schyotlar rejasidan namuna sifatida foydalanishlari mumkin.
Ayrim fermer xo’jaliklari o’zining ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqishda ishlab chiqarish
xarajatlari, olingan mahsulotlar, tannarxni hisoblash, daromadlar va mahsulot(ish, xizmat)larni
sotishning moliyaviy natijasini hisobga olishda o’z faoliyatining muayyan shart-sharoitlaridan
kelib chiqishlari kerak.
Fermer xo’jaligi o’z faoliyatini hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasini qabul
qilgani(tasdiqlagani)dan so’ng soddalashtirilgan hisob tizimi tavsiyalarida taklif etilgan buxgal-
teriya hisobi shakllaridan o’ziga mosini tanlaydi
Tadbirkorlik faoliyatida kafolat kafolat deganda, mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni
rag’batlantirish ularning ishchanlik faolligini oshirish, erkin faoliyat ko’rsatishini ta’minlash,
faoliyati asossiz cheklanishiga yo’l qo’ymaslik hamda boshqa huquqlari va manfaatlarini himoya
qilish maqsadida qonun hujjatlarida davlat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar tushuniladi.
Tadbirkorlik, fermerlik faoliyati erkinligining kafolatlari quyidagi qonun hujjatlari bilan
mustahkamlangan:
-
Mulkdor mulkiga o’z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Dostları ilə paylaş: