Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


 O’zbekiston Respublikasida fermer xo’jaliklari, ularning tashkiliy asoslari hamda ular



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#204346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
masuliyati cheklangan jamiyatlarda hisoblashuv muomalalari hisobi

1.2. O’zbekiston Respublikasida fermer xo’jaliklari, ularning tashkiliy asoslari hamda ular 
faoliyatida moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni hisobga olishning ning o’rni, 
ahamiyati va zarurligi. 
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’z ma’ruzalarida “Biz 
boshlagan va o’zini amalda har tomonlama oqlagan mamlakatimizni modernizatsiya qilish, 
jamiyatimizni yangilash, iqtisodiyotimizning jadal sur’atlar bilan o’sishi va uning makro-щtisodiy 
mutanosibligini taminlashga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bu yo’nalishlarni amalga 
oshirishning asosiy sharti bo’lmish tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatining izchil 
qadamlar bilan erkin rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan siyosatni davom ettirish-bosh 
vazifamiz bo’lib qolishi zarur”.
3
ligini alohida ta’kidlaganlar. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida xususiy 
mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida bozor munosobatlariga 
o’tishda mulk shakllarining xilma-xilligi, tadbirkorlik faoliyatining erkinligi ta’minlangan. Ushbu 
moddada shunday deyilgan: "Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning 
huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, 
barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza 
etilishini kafolatlaydi. 
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat ximoyasidadir. Mulkdor faqat 
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin” 
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar
 
jarayonida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan 
fermer xo’jaliklarini
qo’llab-quvvatlash, ular faoliyatini rivojlantirish borasida qonun hujjatlarida 
bir qator imtiyoz, kafolat va huquqlar berildi. Fermer xo’jaliklariga berilgan imtiyoz, kafolatlar 
3
I.A.Karimov “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr 
talabi”// Xalq sо‘zi, 2009 yil 14 fevral. b.



va huquqlar ularning erkin faoliyat ko’rsatshlari va jadal rivojlanishlari, qisqa so’z
 
bilan 
aytganda, qishloqda mulkdorlar sinfining shakllanishi uchun asos bo’lmoqda. 
Yuridik shaxs tashkil etib tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslar qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobni yuritadi va buxgalteriya (moliya) 
hisobotini taqdim etadi. 
Xuddi shunday fermer xo’jaliklari xam mazkur konunga muvofiq buxgalteriya hisobotini 
yuritadilar. 
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy 
va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlash hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobining vazifalari: 
-
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va 
majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 
-
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; 
- moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir. 
Fermer xo’jaliklari soliqlar, yig’imlar, ajratmalar hamda boshqa majburiy to’lovlar 
bo’yicha quyidagi hisobot shakllarini davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadilar. 
Fermer xo’jaliklari qonun yo’li bilan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt va yuridik shaxs 
huquqiga ega bo’lib, xo’jalik yuritishning yangicha usullarini ishlab chiqarishga joriy qilishlari 
har tomonlama zaruriy holatga aylandi. 
Shuning uchun ham fermer xo’jaliklari moliya-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini 
to’g’ri tashkil etish va yuritish muhim ahamiyatga ega. 
Fermer xo’jaligining xo’jalik-moliyaviy faoliyatini tashkil etuvchi quyidagi jarayonlar hisob 
ob’ektlari bo’lib hisoblanadi: 
-
asosiy vositalar (sotib olish, ijaraga olish, lizingga olish va h.k.); 
-
moddiy qiymatliklar (em-xashak, dori-darmonlar, inventarlar vax.k.); 
-
ishlab chiqarish jarayoni; 
-
tayyor mahsulotlarni sotish va shunga doir hisob-kitoblar; 
-
bank, moliya, soliq organlari va boshqalar bilan hisob-kitob muomalalari

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin