6.2. Iqtisodiy rivojlanishni aks ettiruvchi asosiy modellar
Barcha rivojlangan mamlakatlarda matematik va instrumental usullar va modellar, ham amaliy masalalarni yechishda, ham ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni nazariy o‘rganishda ishlatiladi. Yangi kompyuterlar va axborot texnologiyalarning takomillashib borishi jarayonida makroiqtisodiy ustuvor masalalarni yechishda bu usullar va modellarning roli yanada oshib boradi. Xususan, dinamik tarmoqlararo balanslar (DTAB) modellarini boshqa modellar bilan birgalikda qo‘llash, tashqi aloqalarni e’tiborga olish, zarurligi Yuqorida eslatilgan tizimli va situativ yondashuvlar yanada dolzarb bo‘lib boradi. Jahon miqyosidagi globallashuv va integraцiya jarayoni shuni taqozo qiladi.
Nazariy jihatdan ham makroiqtisodiy tahlil va prognozning turli bosqichlari, darajalari va muddatlari bo‘yicha bu modellarni tartiblash va tasniflash talab qilinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘zida aks ettirish imkonini beruvchi makromodellarning asosiy turlari va tasnifi quyidagi 6.2.1-jadvalda keltirilgan.
6.2.1-jadval
Makroiqtisodiy modellarning tasnifi
№
|
Tasniflash alomatlari
|
Makroiqtisodiy modellarning asosiy turlari
|
1
|
Ilmiy-metodologik asos
|
Neoklassik, keynscha, monetar, endogen o‘sish nazariyalari
|
2
|
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar turlari
|
Rivojlangan industrial va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, o‘tish davri iqtisodiyoti makromodellari; abstrakt makromodellar
|
3
|
Makroiqtisodiy maqsad, dasturiy vazifa
|
Nazariy tahlil, prognoz, milliy iqtisodiyotni rostlash va moliyaviy dasturlash; konцeptual-nazariy, konstruktiv va amaliy (davlat organlari, vazirliklar tomonidan ishlatiladigan va ishlatilmaydigan); empirik, grafik (illyustrativ) va analitik modellar
|
4
|
Asosiy problematika
|
Iqtisodiy muvozanat (shartlari), muvozanatli o‘sish, balanslangan o‘sish (shartlari), magistral traektoriya bo‘yicha rivojlanish va optimal iqtisodiy o‘sish (optimallik shartlari)
|
5
|
Dinamika
|
Statik, kinematik (ko‘p davrli, ko‘p qadamli), dinamik makromodellar; iqtisodiy jarayonlar (цikllar) e’tiborga olingan, olinmagan makromodellar; optimallik, magistral xossalar e’tiborga olingan, olinmagan dinamik makromodellar
|
6
|
Vaqt koordinatasi
|
Diskret (uzlukli-farqlar tenglamalari), uzluksiz vaqtli (differensial tenglamalar)
|
7
|
Funksional bog‘lanishlar turi
|
Chiziqli, qavariq, nochiziqli (kvadratik, eksponensial va b.)
|
8
|
Stoxastika (ehtimollik elementi)
|
Stoxastik, determinaцiyalashgan makromodellar
|
9
|
O‘lchami (sektor yoki tarmoqlar soni)
|
Bir sektorli, ikki sektorli va ko‘p sektorli; kichik (kam) o‘lchamli, o‘rta va ko‘p o‘lchamli (katta makroekonometrik modellar, KMEM)
|
10
|
O‘lchov birligi
|
Miqdoriy-natural, pul-qiymat (doimiy va joriy narxlarda); absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlar
|
11
|
Qo‘rib chiqish muddati
|
Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli
|
12
|
Butun iqtisodiy tizim yoki ba’zi alohida elementlari; boshqarish darajalari
|
Global, lokal; butun iqtisodiyotning makromodeli, tovarlar, xizmatlar, mehnat, kapital, valyuta bozori modellari; tashqi aloqalar e’tiborga olingan va olinmagan modellar; iste’mol, jamg‘arma, investitsiyalar modellari; boshqarish darajalariga mos
|
13
|
Tashqi bog‘lanishlar
|
Ochiq va yopiq modellar; kapital oqimi erkin, cheklangan, yo‘q; valyuta almashuv rejimlari e’tiborga olingan, olinmagan makromodellar
|
14
|
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot
|
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot e’tiborga olingan, olinmagan makromodellar; ekzogen, endogen ITTli (avtonom, neytral ITTli)
|
15
|
Muvozanat
|
Dinamik muvozanat e’tiborga olingan, olinmagan
|
16
|
Balans, optimallashtirish shartlari
|
Balans modellari, optimizaцiya modellari, ekonometrik modellar; matematik-statistik; imitaцion va h.k.
|
17
|
Tarmoqlararo balanslar (TAB)
|
TABga asoslangan, asoslanmagan makromodellar
|
18
|
Indikatorlar
|
Indikatorlar qatnashgan, qatnashmagan modellar
|
19
|
Sцenariylar
|
Sцenariylar imkonini beradigan, bermaydigan
|
20
|
Kompyuter dasturlari
|
Standart dasturiy ta’minotga ega, o‘rta murakkablikka ega, o‘ta murakkab (xususan, evristik) modellar; qisqa muddatli makroindikativ rejalar, uzoq muddatli strategik reja-prognozlar tuzish, monitoring va maslahat axborot tizimlari
|
21
|
MHT (SNS) ma’lumotlari
|
MHT ma’lumotlari etarli, etarli emas; MHTga asoslangan, asoslanmagan makromodellar
|
22
|
Asosiy ifodalash shakli
|
Grafik, analitik, algoritmik va aralash
|
Makromodellar dinamik yoki statik turlarga bo‘linadi. Barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sish dinamikasini – shunga mos dinamik modellar asosida o‘rganish kerak. Ma’lumki, dinamik modellarda vaqt uzluksiz (t) yoki diskret tarzda (?) bo‘lishi mumkin. Shuningdek, makromodellar chiziqli va nochiziqli turlarga bo‘linadi. Bunday tasniflash alomatlari va shularga asoslanib ajratiladigan modellarning turlari 6.2.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
Makroiqtisodiy tahlil usullari va modellarning tasnifi ularning funksional vazifalariga qarab ham bajarilishi mumkin. Masalan, mamlakat iqtisodiyotidagi makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda rivojlanishning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini ifodalovchi modellarni, makroiqtisodiy indikatorlarni, tahlil va prognoz qilish modellari, ichki va tashqi “turtkilarni” (shoklar) aks ettiruvchi, ularning iqtisodiyotning real sektorlariga ta’sirini baholovchi modellarni alohida ajratish kerak.
Bulardan tashqari, ba’zi amaliy masalalarni yechishda umumiyroq tarzdagi modellar bilan birga, xususiy amaliy modellarni, jumladan, Milliy hisoblar tizimi (MHT)ga, boshqa ma’lumotlarga asoslangan ekonometrik modellarni ham qo‘llash mumkin va muhimdir.
Shuningdek, jami talab (QD) va taklif (QS) muvozanati dinamikasi modellarini, jami talabning asosiy tarkibiy qismlari: iste’molga sarflar (C), investitsion sarflar (I), davlat sarflari (G) modellari, jami taklif funksiyasi sifatida qarash mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish funksiyalarini (IChF), tovarlar, xizmatlar, kapital, mehnat, pul, valyuta bozorlarining umumiy muvozanati modellarini ham, qisqa muddatli prognozlar uchun ishlatish mumkin.
Konkret raqamlarga asoslangan katta makroekonometrik modellar biror mamlakat yoki jahon iqtisodiyotini ifodalovchi, yuzlab ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlarni aks ettiruvchi modellardir. Bularni amalda tuzish uchun ko‘p mutaxassislar ishtiroki, ko‘plab ma’lumotlar va kompyuterlar kerak bo‘ladi. Ular, endogen (ekzogen) o‘zgaruvchilarning konkret qiymatlariga ekzogen (endogen) o‘zgaruvchilarning qaysi qiymatlari mos kelishini ko‘rsatadi. Shuningdek, kichik o‘lchamli makroekonometrik modellarning ham o‘z o‘rni bor. Iqtisodiy rivojlanishning yana bir tur modellarida vaqt lagi (vaqt bo‘yicha kechikib bo‘ladigan ta’sirlar) ham ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiy o‘sishga ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning (ITT) ta’sirini makromodellarda e’tiborga olishning ikki asosiy varianti bor: avtonom (ekzogen) ITTlik modellar va endogen ITTlik modellar. Bu modellar – mamlakat, hudud va katta korxonalar uchun ishlab chiqarishning uzoq muddat davomida fan va texnika yutuqlarini qo‘llab o‘sishini ifodalaydi.
Ko‘p sektorli modellardan nisbatan chuqurroq o‘rganilganlari tarmoqlararo balanslar (TAB) modellariga asoslanadi. TAB: bir tomondan, iqtisodiy o‘sish maqsadlarini va omillarini o‘zaro moslash uchun, ikkinchi tomondan, mumkin bo‘lgan (potensial, mobilizaцion) iqtisodiy o‘sish sur’atlarini baholash uchun qo‘llaniladi.
Muvozanatli va balanslangan iqtisodiy rivojlanish – ishlab chiqarish omillarining (kapital, mehnat va h.k.), iste’mol va jamg‘armalarning o‘zaro mutanosib bo‘lishini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |