Қишлоқ хўжалигида кичик корхоналарни ривожлантириш йўналишлари


Real YAMM = (Nominal YAMM bo‘lingan baho indeksi)x100%



Yüklə 291 Kb.
səhifə9/12
tarix13.05.2023
ölçüsü291 Kb.
#113118
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
7-мавзу O‘sish dvigateli

Real YAMM = (Nominal YAMM bo‘lingan baho indeksi)x100%.


6.4. Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish tahlilining ekonometrik modellari
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni samarali hal qilish uchun quyidagi sharoitlar yaratishi lozim: jamiyat a’zolarining farovonligini oshirish, kambag‘allikni tugatish, insonni har tomonlama rivojlantirish, mehnat va ijtimoiy hayot jarayonini insonparvarlashtirish. Iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori sifatini maqsadli shakllantirish zamonaviy iqtisodiyot fani tomonidan o‘rganilayotgan murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Buning uchun zarur barcha ishlab chiqarish omillari, kapital tuzilmasini modernizaцiyalash, ijtimoiy munosabatlar tizimi va iqtisodiy agentlarning harakat modellarini jiddiy isloh qilish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va institsional taraqqiyotini hamda hayot sifatini ko‘p jihatdan belgilab beradi.
Global iqtisodiy inqirozning jamiyatga umumiy tizimli ta’siri zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning yangi sifatiga erishish vazifasini dolzarblikdan hayotiy zarur toifaga o‘tkazadi va uni hal etishni oliy milliy ustuvorliklar qatoriga kiritadi. Uning ta’sirida shakllangan ijtimoiy buyurtma zamonaviy bosqichga mos amaliy yechimlarni izlashni faollashtiradi, bu esa qonuniy ravishda boshlang‘ich nazariy qoidalar bazasini qayta anglashga va o‘sish nazariyasi metodologiyasi kengayishiga olib keladi.
Olimlar e’tibori markazida iqtisodiyotni uzoq muddatli barqaror rivojlanish yo‘liga olib chiquvchi iqtisodiy faoliyatni intellektuallashtirish jarayoning shartlari va omillarini aniqlash hamda tahlil qilishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish, innovaцion texnologiyalardan samarali foydalanish motivaцiyalari tizimini qurish vazifasi paydo bo‘ldi. O‘sib borayotgan ehtiyojlar, ijtimoiy ishlab chiqarish texnologik usuli va tuzilmasida fundamental transformaцiyalar jarayoni yuzaga kelmoqda. Yangi imkoniyatlar va harakatlantiruvchi rivojlanish kuchlari shakllanmoqda: o‘sib boruvchi mahsuldorlik sharti, multiplikativ tarmoq samaralari, intellektual texnologiyalar va intellektual renta.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi rivojlanishining an’anaviy yondashuvni engib o‘tayotgan zamonaviy bosqichi o‘ziga xosligi umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini belgilab beruvchi rivojlanishning antropoцentrik sifati nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bunda iqtisodiy tizim dinamik beqarorligining endogen manbalari va tizimning o‘zi ko‘payib borayotgan sifat o‘zgarishlari holatlarini yuzaga keltiradigan ijobiy teskari aloqa natijasida hosil bo‘ladigan tuzilmaviy o‘zgartirishlar samarasi asosiy masalaga aylanadi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotning yaqin o‘tmishdagi juda qulay jahon kon’yunkturasi va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik ko‘rinishi sharoitidagi rivojlanish traektoriyasi bo‘ylab harakati inson kapitaliga keng miqyosli investitsiyalar kiritish va asosiy kapitalni ommaviy o‘zgartirish bilan birga olib borilmadi. Qayta o‘zgartirilgan iqtisodiy fe’l-atvorning nisbiy qulayligi barqaror rivojlanish makroiqtisodiy dasturini amalga oshirish va tegishli institutlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy bilimlarning ushbu sohasida xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan doimiy izlanishlar olib borilayotganiga qaramasdan zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati konsepsiyasi yetarlicha ilmiy asoslanmaganligini qayd etishimiz mumkin. Tadqiqotchilik yondashuvlarining beqarorligi sharoitida zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati nazariyasining ko‘pgina qoidalari noaniqligi ilmiy munozara uchun sharoit yaratadi, iqtisodiy siyosat yo‘nalishlarini aniqlashtirishga xizmat qilmaydi. Inqirozdan chiqish yo‘llarini izlash va barqaror iqtisodiy rivojlanish traektoriyasini tanlash mazkur sohadagi metodologik-nazariy tadqiqotlarni chuqurlashtirishni taqozo etadi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish o‘z tabiatiga ko‘ra xususiyatlari tez o‘zgaradigan dinamik jarayon hisoblanadi, bu to‘plangan bilimlardan uning yangi sifatini tahlil qilish va iqtisodiyotning harakatlanish traektoriyasini prognozlash uchun foydalanishni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Iqtisodiyotni intellektuallashtirish sharoitida zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati sohasidagi asarlarni tizimlashtirish darajasi yetarlicha emas, bu uning sifat holatlari transformaцiyalarini, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va uning zamonaviy xususiyatlarini belgilovchi va uni yaxshilash dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlovchi institutlarni qo‘shimcha tahlil qilish zaruratini belgilaydi. Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati iqtisodiyotni globallashtirish va intellektuallashtirish uning ichki omillariga aylanishi bilan belgilangan iqtisodiy rivojlanish sifat va miqdoriy xususiyatlari dinamik nisbati bilan belgilanadi. Ushbu asosda zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning yangi sifati mazmuni ochib beriladi, u texnologik tartiblar almashuvi, texnologik taraqqiyotning ekzogen rivojlanish omilidan endogen omilga aylanishi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va natijalariga intellektual mehnat ulushning ortishi, shuningdek, u zamonaviy texnologiyalarning nomoddiy ishlab chiqarish sohasiga jadal kirib kelishi umumiqtisodiy tendensiyalarini aks ettiradi.
Iqtisodiy faoliyatni intellektuallashtirish zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifatining umumlashtiruvchi belgisi ekanligi isbotlandi, bu harakatning innovaцion traektoriyasini tanlashda o‘z ifodasini topadi va ijtimoiy ishlab chiqarish texnologik asoslari va tuzilmasida hamda zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishining multiplikativ samaralaridagi o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotni intellektuallashtirish integral indeksini qurishning quyidagilarga asoslangan metodikasi ishlab chiqilishi lozim: 1) iqtisodiyotni intellektuallashtirish salohiyati, jarayoni va natijalarini aks ettiruvchi boshlang‘ich ko‘rsatkichlarni aniqlash; 2) boshlang‘ich ko‘rsatkichlarni iqtisodiyotni intellektuallashtirish integral indeksi oqilona tuzilmasini shakllantiruvchi alohida indekslarga aylantirish usulini asoslash, uni baholash milliy iqtisodiyot rivojlanishining sifat xususiyatlarini aniqlashni ta’minlaydi. Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning yangi sifati qaror shakllanishining strategik yo‘nalishlari belgilanganda quyidagilarga etibor qaratiladi: 1) uning maqsadi va asosiy omili sifatida inson kapitalining roli ortib borishi; 2) iqtisodiyotning ilm va texnika talab ishlab chiqarishlar ustuvorligiga yo‘naltirilgan diversifikatsiyasi; 3) iqtisodiyotni texnologik modernizaцiyalash va kompaniyalarning innovaцion faolligini rag‘batlantirish; 4) barqaror agentlararo va tizimlararo aloqalar rivojlanishiga xizmat qiluvchi tub institsional islohotlarni o‘tkazish; 5) ijtimoiy sohaning faoliyati samaradorligini oshirish.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifatini faqat uni ijtimoiylashtirish tendensiyasi va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash hamda saqlashga yo‘nalganligini hisobga olgan holda aniqlash mumkinligi isbotlanadi. Ushbu isbotlash asosini aniqlangan tendensiyalar tashkil qiladi: jamg‘arishning nomoddiy shakllari rivojlanishi, iqtisodiy faoliyatni intellektuallashtirish, mehnatga nisbatan shaxsning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish jarayoni sifatidagi munosabtning shakllanishi.
Tuzilmaviy-iqtisodiy daraja poziцiyasidan iqtisodiy rivojlanishning yuqori sifati tuzilmaviy diversifikatsiya vositasida ta’minlanadi, bu ilm talab ishlab chiqarishlar, xomashyoni qayta ishlash darajasi yuqori korxonalar ustuvorligiga hamda kapitalni nomoddiy jamg‘arish infratuzilmasi rivojlanishiga olib keladi. Tahlilning ijtimoiy-iqtisodiy jihati zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning inson ehtiyojlarini qondirishga relevantlik darajasi bilan belgilanadi, uning o‘lchovi insonning mehnat jarayonida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoitlar mavjudligi hisoblanadi.
Iqtisodiy-matematik model tahlili asosida belgilangan resurs-maqsad cheklovlarida zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning texnogen jihatini yuqori darajada absolyutlashtirish «noiqtisodiy o‘sish»ga o‘tishga olib keladi.
Foydalanilayotgan o‘zgaruvchan miqdorlar tegishli ravishda, ta’sir kattaligi, aholi soni, farovonlik va texnologiyalar rivojlanish darajasini baholaydi.
Noiqtisodiy rivojlanishga o‘tishning ehtimoliy sцenariysida iqtisodiy rivojlanishning maksimum samarasiga erishilgandan so‘ng muqobil xarajatlarning ko‘payib boruvchi oshishi namoyish qilinadi. Iqtisodiy zarar (ED) jahon yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmidan (GWP) orta boshlasa, iqtisodiy rivojlanish noiqtisodiy rivojlanishga o‘tadi.
Zamonaviy antropoцentrik iqtisodiy rivojlanish faqat iqtisodiy zarurat paradigmasi yangi yanada yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan paradigmaga almashtirilgan holdagina amalga oshishi mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy rivojlanishning цikllar xususiyatini shu bilan izohlash mumkin.
Mehnat iqtisodiy zarurat sifatida anglash iqtisodiy rivojlanish chegaralarining mavjudligini taqozo etadi. Ayni paytda mehnatga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish jarayoni sifatida qarash, ushbu chegaralarni olib tashlaydi. Aholining ko‘plab yuqori ehtiyojlari turli-tuman va bitmas- tuganmas va shuning uchun iqtisodiy rivojlanish salohiyati ham rang-barang va cheksizdir.

Yüklə 291 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin