birinchidan, iste’mol qilingan kapital hajmi (CCA) yoki amortizatsiya, ya’ni, joriy yildagi YAMMni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan investitsiya tovarlarini sotib olishga mo‘ljallangan ajratmalar bo‘yicha ko‘rsatkichlardan;
ikkinchidan, biznesga egri soliqlar (T) - mahsulot bahosini oshiruvchi, ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, hisoblanadi. Jumladan, sotishdan olinadigan soliq, aksizlar, mulkka soliqlar, liцenziya to‘lovlari va bojxona bojlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar;
uchinchidan, yollanma ishchilarning ish haqlari (W), ya’ni xususiy va davlat kompaniyalarining ish haqi to‘lashga sarflagan umumiy xarajatlari (ish haqi va quyidagi qo‘shimchalar: ijtimoiy sug‘urta, nafaqa, bandlik va boshqa ijtimoiy fondlarga ajratmalar hamda badallar) bojlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar;
to‘rtinchidan, ijara haqi (R1), xususan, bu iqtisodiyotni mulk resurslari bilan ta’minlovchi uy xo‘jaliklarining daromadlari (masalan, ijaraga berilgan turarjoylar, binolar, asbob-uskunalar, er va boshqalardan olinadigan daromadlar) bo‘yicha ko‘rsatkichlar;
beshinchidan, foiz stavkalari yoki foizli daromadlar (R) - pul kapitalini etkazib beruvchilarga xususiy biznes daromadidan pul to‘lovlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar;
oltinchidan, mulkdan keladigan daromad yoki foyda (P), mulk egalarining daromadlari va Korporatsiyalar olgan foyda ko‘rsatkichlaridan.
6.3.2-jadval
Yalpi milliy mahsulotni aniqlashga ikki xil yondashuv
№
|
YAMMni tovar va xizmatlar sotib olishga mo‘ljallangan barcha xarajatlar bo‘yicha o‘lchash
|
Shartli belgilar
|
Miqdor
|
1.
|
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari
|
S
|
63,0
|
2.
|
Biznesga investitsiya xarajatlari yoki yalpi xususiy ichki investitsiyalar
|
I
|
18,0
|
3.
|
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi
|
G
|
21,0
|
4.
|
Sof eksport
|
|
Dostları ilə paylaş: |