6.3.3-jadval Milliy hisobchilik tizimida o‘lchaniladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro nisbatlari (raqamlar shartli)*
Ko‘rsatkichlar
Shartli belgilar
Miqdor
1.YAlpi milliy mahsulot
«Minus», amortizatsiya
YAMM A
100
8
2. Sof milliy mahsulot
«Minus», biznesdagi egri soliqlar
SIM
92
12
3. Milliy daromad
«Minus»- ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari
- daromad (foyda) solig‘i
- taqsimlanmaydigan daromad (foyda)
«Plyus» + transfert to‘lovlari
MD
80
-14
-10
-12
+ 10
4. Shaxsiy daromad
«Minus»- individual soliqlar
MD
54
-8
6. Soliq to‘langandan keyingi daromad, ya’ni
ixtiyordagi daromad
ID
46
Milliy daromad SMM ning biznesga bilvosita soliqlarni olib tashlagach, qolgan qismidan iborat.
Ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi (ijtimoiy sug‘rtalarga to‘lovlar, Korporatsiya foydasiga soliq va Korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi) amalda uy xo‘jaligiga tushmaydi. Aksincha, ya’ni uy xo‘jaligi hisobiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning bir qismi, (masalan, transfert to‘lovlari) mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to‘lovlariga sug‘urta tashkilotlari tomonidan to‘lanadigan, ya’ni, qarilikda va baxtsiz hodisalar ro‘y berganda, shuningdek, ijtimoiy dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to‘lanadigan nafaqalar, ishsizlarga va pensionerlarga to‘lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat tomonidan to‘lanadigan foiz to‘lovlari va boshqa to‘lovlar kiradi.
MDdan shaxsiy daromadlar ko‘rsatkichiga o‘tishda, aholi tomonidan haqiqatda ishlangan, ammo olinmagan daromadlarni olib tashlaymiz, shuningdek aholi tamonidan olingan, ammo joriy mehnat faoliyati natijalarini bildirmaydigan daromadlarni qo‘shamiz.
Shaxsiy daromad hisoblangan daromadning individual soliqlar to‘lagandan keyingi qismidir. Individual soliqlar - daromad solig‘i, xususiy mol-mulklarga va meros qolgan mulklarga soliqlardan iborat.
YAMMni hisoblashda kompaniyalarning moliyaviy hujjatlaridan statistik ma’lumotlarni olamiz va ular YAMMning haqiqiy nominal ko‘rsatkichini aniqlashga imkon beradi. Chunki, biror-bir yilda yaratilgan nominal YAMMning o‘sishi bir tomondan ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishini, ikkinchi tomondan bahoning o‘zgarishini bildiradi deya olmaymiz. Muammo shundan iboratki, qiymat (vaqt, miqdor) ko‘rsatkichlarini shunday tuzatishimiz kerakki, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar fizik hajmining o‘zgarishini aniq ifodalasin.
Bu muammo yechimi iqtisodchilar tomonidan topilgan. Ya’ni, baholar o‘sib borganda nominal YAMM ko‘rsatkichi kamaytiriladi va aksincha baholar kamayib borganda ko‘paytiriladi. Bu to‘g‘rilashlar turli yillarda YAMM ko‘rsatkichlarini solishtirish imkonini beradi. Joriy baholarda (baholarning o‘zgarishini hisobga olmagan holda) hisoblangan YAMM nominal YAMM ni bildiradi. Demak, bunga teskari ravishda inflyatsiya darajasini (ya’ni, baholarning o‘sishi) yoki deflyaцiya (ya’ni, baholarning kamayishi) darajalarini hisobga olgan holda hisoblangan YAMM real YAMM sanaladi.