6.6. Yangi intellektual iqtisodiyotga transformaцiyalanish jarayoni Intellektual bilimlar iqtisodiy o‘sishni asosiy omillaridan biri deb tan olinishi resurslar tanqisligi masalasini qayta ko‘rib chiqish va YAIM kengaytirish cheklanganligini tan olmaslikni taqozo etadi. Yangi iqtisodiy o‘sish modellari mehnat va kapital oldindan berilgan deb talqin etadi, ammo ularning chiqib kelish manbalarini kapital va ish kuchi qayerdan vujudga kelishini ko‘rib chiqmaydi. Bilimlar yangi innovatsiyalar va ishlab chiqarish samaradorligi manbai texnologik rivojlanishi xalqaro savdoda raqobatbardoshlikni ta’minlash, inson va jismoniy kapital manbai deb qaraladi. Darhaqiqat, joriy globallashuv mamlakat iqtisodiyotining bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga aylanishi natijasida yuz bermoqda, bilimlar va texnologiyalar global o‘zgarishlarning “yuragi” va “aqlli” rolini bajarmoqda. Yangi iqtisodiy o‘sish nazariyasi boshqacha qilib aytganda bilimlarga asoslangan o‘sish nazariyasi deb yuritilmoqda, chunki bilimlar mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashning eng muhim omili deb qaralmoqda. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot materiallari umuman olganda quyidagicha ifodalanadi. Tarixiy jihatdan qaralganda klassik ishlab chiqarish funksiyasida monoton taxminga binoan yalpi mahsulot kapital va ish kuchiga nisbatan funksiya deb o‘rganiladi.
Kobba-Duglas tomonidan xususiy holdagi ishlab chiqarish funksiyasi taklif etilgan. Yuqoridagi shartlar saqlangan holda R.Solou neoklassik o‘sish modelini yaratdi. Darhaqiqat, Solouning modeli tugallanmagan hisoblanadi, chunki unda bandlik darajasi o‘zgarmas, tabiiy darajada deb qabul qilinadi. Shu tufayli model qisqa muddatli mahsulot hajmi tebranishini tahlil eta olmaydi. Shuningdek, model iqtisodiyotning bir holatdan ikkinchi muvozanat holatga o‘tishini isbotlay olmaydi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida P.Romer yangi o‘sish nazariyasiga asos soldi. Uning talqiniga binoan iqtisodiy rivojlanishda yangi davr boshlandi va bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda yalpi mahsulot bilimlarga nisbatan funksiya hisoblanadi va u Y=F(B) bilan belgilanadi. Yangi o‘sish nazariyasi (YAO‘N) klassik Kobba-Duglas va Solou jismoniy modellarini texnologik taraqqiyotni aks ettiruvchi yangi omil, ya’ni bilimlar bilan to‘ldiradi.
Professor Romer bilimlarni kodlashgan va aniq bilimlarga ajratadi. Aniq bilimlar yozma shaklda yoki shaxsga tegishli bo‘lib, tajriba yoki mahorat shaklida bo‘lishi mumkin. Bilimlar ijtimoiy-iqtisodiy tovar bo‘lib, ular yangi g‘oya, kashfiyotlar tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu tufayli ular cheksiz miqdorda qo‘llanilishi mumkin va ularga marjinal qaytimning pasayish qonuni amal qilmaydi. Ayniqsa, bilimlarning bu xususiyatida YAO‘N katta ahamiyatga ega. Modomiki, klassik modelda ishlab chiqarish omillarining unumdorligi past. Klassik modelda omillarning pasayish tendensiyasi va marjinal xarajatlar oshishi optimal mahsulot-narx muvozanatini topishni zarur qilib qo‘yadi. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda bilimlar oldin yaratilgani tufayli, ularning marjinal xarajati nolga teng bo‘ladi. Demak, bilimlarga asoslangan o‘sish nazariyasida bozor muvozanati tahlili o‘zgacha bo‘ladi. Bilimlar ilg‘ab bo‘lmaydigan asosiy vositalar jumlasiga kirib, ular miqdoriy o‘lchanishi va mamlakatlar bo‘yicha qiyosiy taqqoslanishi lozim. YApon olimi Komotso ta’kidlashicha, endigi bilimlar globallashishning etakchi omili bo‘lib, ular nisbiy o‘lchovda ifodalanishi lozim. Jahon banki bilimlarni baholash usuli (BBU) ni taklif etdi va unga binoan bilimlarga asoslangan iqtisodiyot indeksi (BAII) to‘rtta ustunning yig‘indisidan iborat.
Professor Saysana BAIIning to‘rtta o‘lchami uchun boshqacha usulni taklif etdi. Uning e’tirozi bo‘yicha jamlangan indeks to‘rtta ko‘rsatkich natijasida hisoblanadi, ammo ular yagona mazmunga ega o‘lchov birligiga tayanmagan. Demak, BAII mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun hisoblash noto‘g‘ri xulosaga va noto‘g‘ri qaror qilishga olib kelishi mumkin. Makrodarajada qaror qabul qilishda barcha BAII ko‘rsatkichlar e’tiborga olinishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi aholisining moddiy farovonligini oshirish strategiyasida yaqin kelajakda bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish maqsadida inson kapitaliga katta sarmoya sarflash mo‘ljallangan. Aytish joizki O‘zbekiston iqtisodiyoti bu sohada sust o‘zgarmoqda. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston jahonda bu ko‘rsatkich bo‘yicha 93 o‘rinda turadi va yillik yaxshilanish sur’ati past. O‘zbekistonda bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirishda quyidagilar katta e’tibor berish zarur:
- subsidiyalar berish va yangi tashkilotlarni barpo etish. Demak, texnologik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydigan institutlarni yaratish lozim;
- ta’lim va innovaцion yangiliklarni jadallashtirish. Bu ikkala element BAIIning asosiy ustunlari hisoblanadi.
Iqtisodiy va institsional rejim, ta’lim