- server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash.
Bu chora ushbu qurilmalarning noma’lum shaxslar yoki xodimlar
tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi;
- server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki
muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik
parametrlarga asoslangan autentifikatsiyani joriy etish;
-
serverlarni, o ‘g‘irlanishidan va zararlanishidan himoyalash
uchun, maxsus tagliklarga o ‘rnatish;
- turli energiya o ‘zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira
UPS vositasiga ulash;
- qurilmalarni qulflanuvchi xonalarda saqlash;
- xodimlar tomonidan ruxsatsiz zaxira nusxalamasligini va server
vositalarini olib chiqib ketilmasligini ta’minlash.
Ish joyining xavfsizligi: Muhim aktivlar va olib yuriluvchi
qurilmalar.
Tashkilot har doim o ‘zining server va zaxira nusxalash
vositalari bilan bir qatorda, boshqa muhim aktivlar,
ishchi stansiyalar,
routerlar va svitchlar,
printerlar,
olib yuriluvchi vositalar va
boshqalarning xavfsizligiga e ’tibor berishi lozim. Tashkilotga kiruvchi
va
chiquvchi
barcha
m a’lumotlar
axborot
tarmog‘i
orqali
harakatlanganligi sababli, tashkilot tarmoq
kabellarining joylashuvi va
ularning xavfsizligiga ham jiddiy e’tibor berish lozim.
Ish joyining xavfsizligi: olib yuriluvchi vositalar.
Hozirgi kunda
har bir tashkilotda turli olib yuriluvchi vositalardan foydalanilmoqda.
Ularga leptoplar, planshetlar, proyektorlar va boshqalar misol bo‘lib,
ular osonlik bilan o ‘g ‘irlanishi, yo‘qolishi va
ularga zarar yetkazilishi
mumkin. Ushbu vositalarni fizik xavfsizligini ta’minlashda turli
mexanik qulflardan foydalanish yoki ularni xavfsiz xonalarda saqlash
choralarini ko‘rish talab etiladi (4.24-rasm).
4.24-rasm.
N outbuklarni stolga qulflash vositasi
127