Fizik xavfsizlik OSI
modelining
fizik
sathida himoyani
ta’minlaydi. Fizik sath quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:
- barcha kabel va tarmoq tizimlari;
- tizim va kabellarni fizik nazoratlash;
- tizim va kabellarning elektr ta’minoti;
- tizimni madadlash muhiti.
Fizik xavfsizlikka ta ’sir qiluvchi omillar.
Fizik xavfsizlikning
buzilishiga ta’sir qiluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin:
tabiiy/muhit tahdidlari
va
inson tomonidan (sun’iy)
amalga oshiriluvchi
tahdidlar
.
Tabiiy tahdidlar.
Toshqinlar
odatda kuchli yomg‘ir va muzlarning erishi natijasida
yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr ta’minotiga va
server xonalariga zarar yetishi mumkin. Odatda tashkilotlarda server
xonalari binolar yerto‘lasida joylashganligi sababli, toshqin yanada
ko‘proq zarar yetkazishi mumkin.
Yong‘inlar
odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari
sababli yuzaga keladi. Yong‘in natijasida tashkilotning kompyuter
xonalari va ishchi binolari hamda qurilmalar, kabellar va boshqa muhim
tashkil etuvchilarga to ‘liq yoki qisman zarar yetkazilishi mumkin.
Zilzila
yer qobig‘ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli
energiya natijasida to ‘satdan yuzaga keladi. U tashkilotning fizik
infrastrukturasiga ta’sir etib, tashkilot ichidagi xavfsiz muhitda
saqlangan kompyuter va boshqa qurilmalarga va hujjatlarga jiddiy ziyon
yetkazishi mumkin.
Chaqmoq va momaqaldiroq
muhitning o ‘zgarishi natijasida yuzaga
kelib, barcha tashqi faoliyatning to ‘xtatilishiga olib keladi. Chaqmoq va
momaqaldiroq natijasida elektr quvvati o ‘zgarib, ish faoliyatiga ta’sir
qiladi va tashkilotdagi qurilmalarning xotira qismlariga ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq natijasida kabellarda va
boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi mumkin.
Hisoblash qurilmalarining mo‘tadil ishlashi uchun ular m a’lum
Dostları ilə paylaş: