Ishonchlilik sathi sifatida qabul qilmoq lozim. Mos axborot oqimlarini



Yüklə 278,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix22.12.2023
ölçüsü278,63 Kb.
#190575
1   2   3   4   5   6   7   8
13-ma\'ruza

o ‘to ‘chirgichni (ognetushitel), suv purkash
tizimlarini misol 
sifatida keltirsa bo‘ladi.
Yong‘inga qarshi passiv himoya
tizimlari bino bo‘ylab yong‘inni 
tarqalishini oldini olib, yong‘inga qarshi eshiklar, oynalar va devorlar 
himoya chorasi sifatida qaraladi, boshqa biror tizim tomonidan ishga 
tushirilishni talab etmaydi.
Amaliyotda ushbu tizimlar quyidagi usullar asosida amalga 
oshiriladi:
- yonuvchan materiallardan minimal foydalanish;
- binoga yong‘inni tarqalishini oldini olish uchun qo‘shimcha 
qavat yoki xonalarni qurish;
- binodan foydalanuvchilarni yong‘in sodir bo‘lganda qilinishi 
zarur bo‘lgan ishlar bilan tanishtirish;
- yong‘inga qarshi tizimlarni to ‘g ‘ri madadlash;
- yetarli sondagi qo‘shimcha chiqish yo‘llarining yetarlicha 
sonining mavjudligini ta’minlash.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik to ‘siqlar.
Fizik xavfsizlikni 
ta’minlash, odatda turli fizik to ‘siqlardan foydalanib, fizik chegarani 
umumiy hududdan taqiqlangan hududga ajratish yo‘li bilan, tashkilotda 
ruxsatsiz foydalanishni oldini oladi. To‘siqlarni, joylashuv o ‘rniga ko‘ra: 
tashqi, o ‘rta
va 
ichki
to ‘siqlarga ajratish mumkin. Tashqi to‘siqlar 
odatda 
g ‘ov, devor
va boshqalarni o ‘z ichiga oladi. O ‘rta to ‘siqlardan 
odatda olamon va insonlarni ruxsatsiz kirishlarini taqiqlashda 
foydalaniladi. Ichki to ‘siqlarni esa eshiklar, derazalar, panjaralar
oynalar, pardalar va boshqalar tashkil etadi (4.18-rasm).
a) Elektr to ‘s iqlar 
b) Metall to ‘siqlar 
s) Tumbalar 
d) Turniket
4.18-rasm.
T o‘siqlarga misollar
120


Bino ichida foydalaniluvchi fizik to ‘siqlarning quyidagi turlari 
mavjud:

devorlar/ elektr devorlar/ metall to ‘siqlardan
odatda taqiqlangan 
hududlarni, 
nazoratlanadigan hududlarni va ruxsatsiz 
kirishdan 
himoyani belgilashda foydalaniladi. Fizik to ‘siqlarni amalga oshirishdan 
asosiy maqsad:
o hujumchini blokirovkalash va ushlab qolish;
o tashkilot chegarasini belgilash;
o xavfsiz hududni tashqi hujumlardan himoyalash;
o transportlarni kirishidan himoyalash;
o qo‘poruvchilik hujumlaridan himoyalash.

tumba
kichik vertikal shaklida bo‘lib, avtomobillarni kirishidan 
himoyalaydi;

turniketlar
shaxs tomonidan mos tanga, bilet, barmoq izi yoki 
token ko‘rsatilganida bir vaqtda bir shaxsni ichkariga kirishiga yoki 
chiqishiga ruxsat beradi;
fizik himoyani tashkil qilishda 
turli eshiklar, oynalar, panjaralar,
deraza pardalaridan
ham foydalaniladi.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik xodimi
(qo‘riqchi) 
tashkilotning fizik xavfsizligini tashkil etish, monitoringlash va 
madadlash 
vazifasini 
bajarib, 
maxfiy 
axborotni 
yo‘qolishidan, 
o‘g ‘irlanishidan, noto‘g ‘ri foydalanishidan himoyalash uchun xavfsizlik 
tizimini o‘rnatish, baholash va ishlab chiqish uchun javobgardir. Yuqori 
malakali va tajribaga ega xodim har qanday tashkilotning xavfsizligida 
muhim rol o ‘ynaydi. Tashkilotda xodimlar tomonidan amalga oshirilgan 
himoya 2 4 x 7 x 365 tartibida amalga oshirilishi zarur. 
Fizik 
xavfsizlikka jalb etilgan shaxslar quyidagilar.
Qo ‘riqchilar
odatda 
asosiy 
kirish 
eshigi 
va 
darvozadan 
kiruvchilarni va xodimlarni nazorat etishga javobgar bo‘lib, xususan, 
ulardan begona shaxslarning tashkilot hududiga kirmasligini, turli 
taqiqlangan buyumlarni olib kirmasligini ta’minlashi talab etiladi. 
Tashkilotdagi barcha kirish eshiklaridagi holatlar qo‘riqchilar tomonidan 
CCTV (Closed-circuit television) kameralar yordamida kuzatib boriladi 
va yozib olib m a’lum vaqtda saqlanadi.
Tashkilotdagi q o ‘riqchilar boshlig‘i.
Tashkilotdagi qo‘riqchilar 
boshlig‘i qo‘riqchilar harakatini kuzatish, talab etilgan vaqtda 
qo‘riqchilarga ko‘mak berish, olamonni tarqatib yuborish, binodagi 
qulflarni, yoritish tizimlarini boshqarishga javobgar.
121


Xavfsizlik xodimi
tashkilot atrofida xavfsizlikka aloqador jixozlarni 
o ‘rnatish, boshqarish va ularni to ‘g ‘ri ishlayotganini kafolatlashi shart.
Axborot xavfsizligining bosh xodimi (Chief Information Security
Officer).
O ‘tgan davrlarda, axborot xavfsizligining bosh xodimi 
tashkilotdagi barcha xavfsizlikka aloqador jarayonlarni nazoratlashi, 
hattoki, tarmoq va tizim xavfsizligiga ham javobgar bo‘lgan. Hozirda 
esa, ushbu shaxslarga, asosan, texnik tomondan bilim va ko‘nikmalar 
berilishi talab etiladi.
Foydalanishlarni nazoratlash: autentifikatsiya usullari.
Tashkilot 
hududida shaxslarni 
autentifikatsiyalash vazifasi 
o ‘rta to ‘siqlar 
vazifasini bajaruvchi turniketlar tomonidan yoki qo‘riqchilar tomonidan 
ham amalga oshirilishi mumkin.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik qulflar
ruxsatsiz fizik 
foydalanishlarni cheklashda foydalaniladi. Har bir tashkilot o ‘zining 
xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda ularni tanlashi shart. 
Quyidagi turdagi fizik qulflardan amalda keng foydalanilmoqda:
Mexanik qulflar:
tashkilotda fizik foydalanishlarni cheklashning 
eng oson usuli hisoblanib, kalitli yoki kalitsiz bo‘lishi mumkin. Mexanik 
qulflarga 4.19-rasmda misollar keltirilgan.
4.19-rasm.
M exanik qulflar
Raqamli qulflar:
raqamli qulfli eshiklarni ochish uchun biror 
narsani (kalitni) olib yurish talab etilmaydi, barmoq izi, smart karta yoki 
PIN koddan oson foydalaniladi.
Elektr/ elektromagnetik qulflar:
elektr yoki elektron qulflash tizimi 
elektr quvvatini kamaytirishga asoslangan bo‘lib, natijada eshik 
ochiladi. Ularni, odatda magnit yoki va elektromotor faollashtiradi va 
deaktivlashtiradi. Ushbu qulflar ochilishi uchun kalit talab etilmaydi.
Kombinatsion qulflar
raqam va simvollar kombinatsiyasidan iborat 
bo‘lgan maxfiy kodni kiritishni talab etadi.
122


Fizik xavfsizlikni nazoratlash: 
Yashirin qurol/ kontrabanda
qurilmalarini aniqlash moslamasi.
Tashkilotlarda odatda shaxslar 
tomonidan olib kiriladigan jixozlar yoki vositalar maxsus skanerlar 
yordamida turli qurollar yoki kontrabanda vositalarini, bombalar, yoki 
o‘q otar qurilmalari aniqlanadi. Mazkur skanerlarga misol tariqasida, 
metallni aniqlovchilar, X-ray aniqlash tizimlari va harakat bo‘ylab 
metallni aniqlash tizimlarini keltirish mumkin (4.20-rasm).
4.20-rasm.
X-Ray metall detek to rlar
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon
chegarani buzib o ‘tuvchini 
tutuvchi fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanib, odatda xavfli 
hududni xavfsiz hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik 
qulflashga asoslangan kichik hudud bo‘lib, ikkinchi eshik ochilishidan 
oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni autentifikatsiyalash smart karta, 
PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga oshirilishi mumkin 
(4.21-rasm).
123


Fizik 
xavfsizlikni 
nazoratlash: 
xavfsizlik 
yorliqlari 
va
ogohlantiruvchi signallar.
Yorliqlar xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan 
axborotdan foydalanishda ruxsatlarni cheklash uchun qulay hisoblanadi. 
Buning uchun, tashkilotdagi ma’lumotlarga xavfsizlik yorliqlari beriladi. 
Quyidagi xavfsizlik yorliqlari mavjud:
- ochiq m a’lumotlar (unclassified);
- chegaralangan m a’lumotlar (restricted);
- konfidensial ma’lumotlar (confidential);
- maxfiy ma’lumotlar (secret);
- o ‘ta maxfiy m a’lumotlar (top secret).
Axborotdan 
foydalanishdan 
oldin 
uning 
yorlig‘iga 
qarab, 
ruxsatning borligi yoki yo‘qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo‘lsa undan 
foydalanish mumkin.
Ogohlantiruvchi signallardan, odatda, tashkilotdagi ko‘p sonli 
xodimlarning ruxsatsiz harakatlarini cheklash uchun foydalaniladi. 
Ogohlantiruvchi 
signallarga 
“TAQIQLANGAN 
HUDUD” 
(RESTRICTED 
AREA), 
“OGOHLANTIRISh” 
(WARNING), 
“XAVFLI” (DANGER) iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin 
(4.22-rasm).

Yüklə 278,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin