International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from Berlin, Germany https://conferencea.org June 5 th 2022 248
hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga
muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya
qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi.
Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz
hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu
sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab
yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim deb
takidlaydi muhtaram prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev
1
.
Albatta, mazkur masalaga e’tibor kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Ortga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, o‘tgan 28 yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida
mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi
bir davlatda mavjud bo‘lmagan uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. Ya’ni yosh avlodning maktabgacha
ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shart-
sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
“Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy
bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ‘ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot
masalasidir”, - deb doimo ta’kidlaydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Qaysi sohani olmaylik, biz
zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan
boshlanadi.
Prezidentimiz tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va
modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam
bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu
maqsad mujassam.
Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish dasturida keng ko‘lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan
ahamiyatlidir.
Xususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar, sohada yechimini kutayotgan masalalar hamda
hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi.
Ayniqsa, kelgusi besh yillikda 2200 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni
zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari
bilan ta’minlash hamda ushbu maqsadlar uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilayotgani
ushbu qaror o‘z ichiga nechog‘lik keng ko‘lamli vazifalarni qamrab olganligini ko‘rsatadi.
2
Haqiqatdan ham, bugungi kunda qishloq joylarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini keskin oshirish
zarurati ko‘rinmoqda. Ayrim qishloq sharoitida yashaydigan yosh onalar uchun bolalar bog‘chasi masalasi
hayotiy ehtiyojga aylangan.
Albatta, bu ehtiyoj bejiz emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchidan, maktab yoshigacha bo‘lgan
bolalarning umumiy savodini chiqarish, bolalarda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish,
Konstitutsiyani o‘rganish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh bolali
onalarning mehnat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi.
Qolaversa, hududlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangi uy-joy massivlarida yosh
oilalar farzandlari uchun bolalar bog‘chalari sonini ko‘paytirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Qarorga muvofiq,
ayni shu maqsadda joylarda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda,
namunaviy loyiha asosida 70 va 120 o‘rinli 50 ta zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bunyod etish
hamda mavjud tashkilotlarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish, 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2017 yil.
2
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hisoboti (2019 y.)