Islohotlar, muammolar va yechimlar



Yüklə 281,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix30.11.2023
ölçüsü281,99 Kb.
#170154
1   2   3   4   5   6   7
Lola Rahmonboyeva “
Maktabgacha ta'lim: Muammolar va ularning yechimlari” 2017-yil 


International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org June 5
th
 2022
250 
Yangi dasturda barcha narsaning asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya’ni diqqat markazida bola va uning 
manfaatlari. Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning o‘zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy 
hamkorlar bilan bir ijtimoiy muhitni tashkil qiladi. 
Dastur asosida bilim olish jarayonini o‘yinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy 
yo‘nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog‘lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o‘zlarini 
qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi. 
Guruhlardagi bolalar soni. Shu yildan boshlab O‘zbekistonda bir guruhda 25 nafargacha bola bo‘lishi 
me’yoriy ko‘rsatkich sifatida belgilandi, ayniqsa sinov tariqasida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida. Ilgari esa bir guruhdagi bolalar soni 30 dan ziyod, ba’zidan esa 40 tagacha yetar edi, bu esa 
bolalarning sifatli maktabgacha ta’limga ega bo‘lishida muayyan muammolarni keltirib chiqarardi. 
"Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 4 hududda 6 yoshli bolalarni majburiy maktabgacha ta’lim bilan qamrab 
oluvchi sinov loyihasi yo‘lga qo‘yildi, ya’ni ular 3 soatlik bepul ta’limga jalb qilinadi, bu 15 soatlik haftalik 
dastur degani. Bu guruhlarda bolalar soni 25 kishidan oshmasligi kerak. Shu tariqa bizda ilmiy, tarbiyaviy, 
ta’limiy muhit shakllantiriladi. O‘z faoliyatimizga endigina kirishganimizda bolalarni maktabgacha ta’lim 
jarayoniga qamrab olish 27 foizdan iborat edi, bugunga kelib bu ko‘rsatkich 34 foizni tashkil qilmoqda. MTV 
o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ymoqda va shu tariqa barcha bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab 
olish hamda bir guruhda 25 nafar bola qoidasiga amal qilish", - deya izohlaydi vazir. 
Shuningdek, guruhlarga faqat 25 nafargacha kishini qabul qilish imkonini beruvchi EMIS elektron tizimi ham 
yo‘lga qo‘yildi. 2021-yilga borib mamlakatdagi barcha MTT guruhlarida bolalar soni shunday bo‘ladi deb 
taxmin qilingan edi. 
Yangi qurilish, rekonstruksiya, davlat va xususiy sektor hamkorligi. Albatta, hozircha bolalar bog‘chalari 
yetishmasligi muammosi bor. MTT binolarini qurish, rekonstruksiya qilish borasida katta sa’y-harakatlar 
boshlangan. 2019-yilning investitsion dasturidan kapital ta’mirlov umuman olib tashlangan. Zero MTV faqat 
yangi qurilish va rekonstruksiyagina barcha bolalarni MTTlarga qamrab olish imkonini beradi, deb hisoblaydi. 
Prezidentning 3651-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda birinchi marta MTV tomonidan Davlat-xususiy 
sektor hamkorligi (DXSH)ga doir qoidalar ishlab chiqildi. Unda DXShning 10 modeli ko‘rsatilgan bo‘lib, 
ishbilarmonlar ularga jalb qilingan. Qarorda bunday ishbilarmonlar uchun imtiyoz va preferensiyalar belgilab 
berilgan. Bugunga kelib DXSH bo‘yicha 741 shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 100 mln dollar (taxminan 
780 mlrd so‘m) ajratilgan
5

Kadrlar yetishmovchiligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridada yaxshi ish haqi to‘lanmasa, bu kasbga qiziqish 
bo‘lmaydi, albatta. Shu kunga qadar qanchadan-qancha tajribali, yaxshi kadrlar past ish haqi sabab bu kasbni 
tark etgan. Shu bois joriy yilning mart oyida Prezidentning pedagoglarning maoshini oshirishga doir qarori 
chiqqan. 
Agrippina Shinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 27 yil davomida maktabgacha ta’lim tizimidagi tarbiyachilar va 
MTT xodimlarining tarif stavkasi biror marta oshirilmagan. 2018-yilning mart oyida Maktabgacha ta’lim 
vazirligi birinchi marta pedagoglarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi. Shu 
yilning sentabridan oliy ma’lumotga ega pedagoglar uchun bazaviy tarif stavkalari yana 30 foizga oshiriladi. 
Hozirda maktabgacha ta’limni moddiy rag‘batlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Masalan, eng yaxshi 
tarbiyachi, eng yaxshi mudira, eng yaxshi defektolog kabi tanlovlar g‘oliblariga 5-15 minimal oklad shaklida
rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda. 
Bundan tashqari, 6 yoshli bolalarni ta’limga qamrab olish bo‘yicha qaror loyihasi mavjud. MTV 6 yoshli 
bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga o‘qituvchi maqomini berish taklifi bilan chiqmoqda. Shunday ekan, 
tabiiyki, ayni damda Xalq ta’limi vazirligida tatbiq etilayotgan imtiyozlar kelgusida ularga ham tegishli 
bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. 
Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash. Kadrlar barchasini hal qiladi. MTV ilk kunlardanoq bu muammoga 
duch keldi. Bugungi kunda MTT soni oshib bormoqda, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham shular 
jumlasidandir. Yanvar oyida ularning soni 200 dan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib bu ko‘rsatkich 600 ga 
5
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida 2016 y



Yüklə 281,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin