Islom jahon dini


Islomdagi oqimlar va mazhablar.Sunniylik-



Yüklə 32,73 Kb.
səhifə4/16
tarix15.03.2022
ölçüsü32,73 Kb.
#53819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1-kurs GIBA 101-guruh Qarshiyev Obid Dinshunoslik

Islomdagi oqimlar va mazhablar.Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yo'nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda ko'pchilik qismi – 92,5 foizi sunniylikka e'tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizi shialikka e'tqod qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an'ana, hatti-harakat tarzi degan ma'nolarni bildiradi. Sunniylik degan so'z arabcha «Sunna»-«muqaddas rivoyat», ya'ni Muhammad to'g'risida rivoyatlar va uning hadislari to'plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo'lgan ko'rsatmalar, amallardir.

Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiy, Kavkaz, Volga bo'yi, Sibir, Ural, Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda to'rtta shariat maktabi-hanafiylar, malikiylar, shofi'iylar, xanbaliylar mazhablari bor.

Shialik. Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma'nolarni beradigan arabcha «shia» so'zidan kelib chiqqan. Shialik o'z ahamiyat va tarafdorlari soniga ko'ra islomdagi ikkinchi yo'nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning to'rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U ko'p sektalarga bo'linib ketgan. Ular orasida ismoiliylar hozir

35 millionga yaqin tarafdorga ega bo'lib ogaxonlar boshchiligidagi hozir ham islom doirasida katta rol o'ynamoqda.

Shialar Arabistonda paydo bo'lgan teokratik davlat – xalifalik dagi oliy hokimiyat uchun oldib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab Quraysh qabilasiga mansub bo'lgan xalifa Usmon boshliq Makkalik oqsuyaklar-muhojirlar qo'liga o'tgan.

Shialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarni uzurpatorlar, ya'ni siyosiy hokimiyatni zo'ravonlik bilan qo'lga olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bo'lgan 12 imomdan iborat o'z sulolalarini ularga qarshi qo'yganlar. Ular Alini, uning o'g'illari-Hasan va Husaynni hamda ularning avlodlarini shahid, deb hisoblashgan.


Yüklə 32,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin