Jarayonlarni kuzatish va qayd qilish uchun virtual priborlar
bibliotekasi (Sinks)
Tadqiq qilinayotgan modeldagi jarayonlarni kuzatish va qayd qilish
uchun virtual priborlar bibliotekasi (Sinks) 8.2-rasmda keltirilgan.
8.2-rasm. Virtual priborlar bibliotekasi (Sinks)
59
Sinks bibliotekasida quyidagi virtual priborlar mavjud:
Display
— o‗lchanayotgan kattaliklarni displey ekraniga raqamli
ko‗rinishda chiqarish uchun moslama.
Scope
— vaqt bo‗yicha bog‗lanishlarni kuzatish uchun ossilloskop.
Stop Simulation
— kirishidagi signal nolga teng bo‗lmaganda
simulyasiyani (modellashni) to‗xtatadi.
To file
— Simulink modelini MatLab tizimi bilan bog‗lovchi blok.
Ushbu blok modellash natijalarini keyinchalik qayta ishlash uchun MatLab
fayliga yozish imkoniyatini beradi.
To Workspace
— modellash natijalarini keyinchalik qayta ishlash
uchun ishchi sohaga o‗tkazish imkoniyatini beradi.
XY Graph
— qutbli koordinatalar sistemasida graf qurgich.
Stop Simulation e
lementining ishlashiga misol 8.3 –rasmda
keltirilgan. Rasmda ko‗rsatilgan Relatuonal Operator mantiqiy elementi
kirishiga beriladigan signallarni taqqoslaydi. Agar birinchi signal
ikkinchisidan katta bo‗lsa chiqishida mantiqiy bir, aks holda nol hosil
bo‗ladi.
Stop Simulation
elementining kirishiga berilgan signal noldan
farqli bo‗lsa modellash to‗xtatilishini ko‗rishimiz mumkin.
Ossilloskop va uning rostlash oynasi 8.4-rasmda ko‗rsatilgan. Rostlash
oynasidagi Number of axes maydoniga kiritiladigan son ossilloskopda
ochiladigan ekranlar sonini belgilaydi. Ekranda ordinatalar o‗qi bo‗yicha
kuzatilayotgan kattalikning qiymati, abssissalar o‗qi bo‗yicha esa model
vaqtining qiymatlari qo‗yiladi.
Scope (ossilloskop) oynasining parametrlarini boshqarish uchun
quyidagilarga ega bo‗lgan asboblar paneli mavjud:
Zoom – grafik o‗qlarining masshtablarini o‗zgartirish;
Zoom X-axis – abssissalar o‗qi bo‗yicha masshtabni o‗zgartirish;
Zoom Y-axis – ordinatalar o‗qi bo‗yicha masshtabni o‗zgartirish;
Autoscale – o‗qlarning avtomatik masshtabini avtomatik ravishda
o‗rnatish;
Save current axes settings – o‗qlarning o‗rnatilgan masshtabini
saqlash;
Properties – Scope bloki parametrlarini sozlash oynasini ochish;
Print – Scope oynasi ma‘lumotlarini bosmaga chiqarish.
60
a)
b)
8.3-rasm. Stop Simulation elementining ishlashiga misol: a-element
ulanmagan, b-ulangan
61
8.4-rasm. Ossilloskopning ekrani va sozlash oynasi
Ayrim sozlashlarni kontekst menyu buyruqlari yordamida bajarish
mumkin. Kontekst menyu sichqonchaning o‗ng tugmasini bosish yo‗li
bilan chaqiriladi:
Properties tugmasi bosilganda Properties scope oynasi ochiladi.
Ushbu oyna ikkita bo‗limga ega:
General (Umumiy xossalar), grafiklarni chiqarish formatini
boshqarish elementlarini o‗z ichiga oladi;
Data history (ma‘lumotlarni saqlash), grafiklarda ko‗rsatiladigan
ma‘lumotlarni
MATLABning
ishchi
sohasiga
yozish
parametrlarini o‗rnatish imkoniyatini beradi.
General bo‗limi quyidagi elementlarga ega:
Number of axes matn maydoni, Scope oynasida hosil qilinadigan ost
oynalar(grafiklar) sonini kiritish uchun mo‗ljallangan. Boshlang‗ich
holda faqat bitta ost oyna ko‗rsatiladi, hosil qilinadigan hamma
grafiklar uchun Y o‗qi xususiy bo‗ladi. Lekin X koordinatalarni
shakllantirishda hamma grafiklar uchun bir xil bo‗lgan model vaqti
62
olinadi. Ikkita grafikka ega bo‗lgan Score oynasi 8.4-rasmda
ko‗rsatilgan;
Time range matn oynasi, unda vaqt o‗qi bo‗yicha(X o‗qi)
diapazonning chegaraviy qiymatlari ko‗rsatiladi. Ushbu qiymatlar
model vaqtining birliklarida yaqqol yoki auto kalit so‗z yordamida
(bunda X o‗qi bo‗yicha vaqtning chegaraviy qiymati modellash
seansi uchun olingan model vaqtining so‗nggi qiymatiga mos keladi)
ko‗rsatilishi mumkin;
Tike labels ochiluvchi ro‗yxati, Scope oynasida bir nechta grafik
hosil qilinganda ishlatiladi:
bottom axes only – X o‗qi bo‗yicha vaqtning qiymatlari
faqat eng pastki grafik uchun ko‗rsatiladi;
all - X o‗qi bo‗yicha vaqtning qiymatlari hamma grafiklar
uchun ko‗rsatiladi;
none – X vaY o‗qlari bo‗yicha qiymatlar ko‗rsatilmaydi.
Sampling ochiluvchi ro‗yxati, grafiklarni chizish davriyligini
boshqarish variantlarini tanlash uchun xizmat qiladi:
Decimation
– ―qirqish‖ koeffitsiyenti, masalan,
Decimation=3 bo‗lsa grafik qurish uchun modellashning
har uchinchi qadamidagi qiymatlardan foydalaniladi;
Sample
time
– grafik qurishda ishlatiladigan
qiymatlarning davriyligi modellash seansi uchun
o‗rnatilgan modellash vaqti qadamining kattaligi orqali
aniqlanadi.
Floating scope bayroqchasi Scope bloki uchun ―suzuvchi‖ xossasini
o‗rnatish imkoniyatini beradi; bunday blok birorta ham kirish portiga
ega bo‗lmaydi, lekin u blok-diagrammada tanlangan bog‗lanish
liniyasidan uzatilayotgan signalni ko‗rsatadi.
Ossilloskop yordamida modellarning ayrim nuqtalaridagi signallarni
kuzatish mumkin (8.5 -rasm).
63
8.5-rasm. Modellarning ayrim nuqtalaridagi signallarni kuzatish
Ekranlarning ustiga yozuvlarni kiritish uchun sichqonchaning o‗ng
tugmasi bosiladi va hosil bo‗ladigan kontekst menyudan Axis properties
bo‗limi tanlanadi. Natijada 8.6–rasmda ko‗rsatilgan oyna ochiladi. Uning
Title maydoniga kerakli yozuv kiritiladi. Bundan tashqari ushbu oynada
abssissa o‗qining maksimal va minimal qiymatlarini kiritish mumkin.
8.6-rasm. Abssissa o‗qining maksimal va minimal qiymatlarni hamda
ekranlarning ustiga yozuvni kiritish
Display bloki modelda mavjud bo‗lgan sonli kattaliklarni ekranga
chiqarish uchun xizmat qiladi. Blok to‗rtta sozlanuvchi parametrga ega.
Format – chiqarish formatini belgilaydi. Format ochiluvchi ro‗yxat
yordamida tanlanadi:
Decimation – Display oynasiga chiqariluvchi qiymatlarning
davriyligini belgilaydi;
64
Floating display – blok–diagrammada Display blokidan
foydalanish usulini tanlash imkoniyatini beradi; agar bu
bayroqcha o‗rnatilgan bo‗lsa Display bloki ―suzuvchi‖ bo‗ladi,
ya‘ni, kirish portiga ega bo‗lmaydi. Display oynasida
ko‗rsatiladigan signal uzatiladigan bog‗lanish liniyasining
ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi;
Sample Time – Display oynasiga chiqariladigan qiymatlarning
diskretlikligini beradi.
Display blokidan ham skalyar, ham vektor qiymatlarni chiqarish
uchun foydalanish mumkin. Agar namoyon bo‗layotgan kattalik vektor
bo‗lsa, blokning formati avtomatik ravishda o‗zgaradi. Blokning formati
o‗zgarganligini uning pastki o‗ng burchagida hosil bo‗ladigan kichkina
qora uchburchakdan bilib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |