Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə33/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
amaliy mashg\'ulot

Filtrlar. Ishlash prinsipiga qarab, filtrlar quyidagilarga bo‗linadi: o‗zgarmas bosimlar farqi yoki o‗zgarmas filtrlash tezligida ishlaydigan filtrlar; filtr to‗siqda hosil qiladigan bosimlar farqiga qarab, vakuum yoki ortiqcha bosim ostida ishlaydigan qurilmalar; jarayonni tashkil etishga qarab, uzlukli yoki uzluksiz ishlaydigan qurilmalar.
Bosim ostida ishlaydigan qurilma bir necha turga, ya‘ni gidrostatik bosim, nasos yoki kompressor yordamida hosil qilingan, vakuum va
markazdan qochma kuch ta‘sirida hosil bo‗lgan bosimlarda ishlaydigan filtrlarga bo‗linadi.
Texnologik maqsadlarga qarab, qurilmalar ikki turga bo‗linadi: a) suyuqliklarni tozalash filtrlari; b) gazlarni tozalash filtrlari.
Filtr to‗siqlarning turiga qarab, donasimon materiallar, turli gazlamalar va qattiq materiallar (keramika, to‗r) yordamida turli jinsli sistemalarni tozalaydigan filtrlarga bo‗linadi.
Barabanli vakuum - filtr. Bu turdagi filtrlar konsentratsiyasi 50... 500 kg/m3 bo‗lgan suspenziyalarni uzluksiz ravishda ajratish uchun uning tarkibidagi zarrachalarni cho‗kmaga tushishiga to‗sqinlik qiladi. Baraban ikkita silindrdan tuzilgan bo‗ladi. Tashqi silindr elaksimon bo‗lib, uning ustiga sim to‗r tortilgan.
18.2-rasm. Barabanli vakuum filtr
1-teshikli baraban; 2-filtr to‗qima; 3-cho‗kmani kesib turuvchi pichoq; 4-sektsiya; 5-tog‗ora; 6-aralashtirgich; 7-truba; 8-suyuqlik purkagich;
9-bosh taqsimlagich.
Sim to‗rning usti esa filtr to‗qima bilan qoplangan. Barabanning filtrlovchi to‗siqlaridan filtrat vakuum ostida so‗rib olinadi. Filtrning ustida suspenziyadagi qattiq zarrachalar cho‗kma qatlamini hosil qiladi. Bu cho‗kma pichoq yordamida barabanning ustki qismidan uzluksiz ravishda kesib olinadi. Barabanning ichki qismi to‗siqlar yordamida alohida sektorlarga bo‗lingan. Kanallar esa filtrlash jarayonining hamma sikllarini bevosita filtr ishlashini boshqaruvchi bosh taqsimlagich bilan biriktirilgan.
Bosh taqsimlagichda ikkita disk bo‗lib, biri aylanma harakat qilsa, ikkinchisi qo‗zg‗almasdir. Qo‗zg‗almas diskdagi teshiklar trubalar orqali vakuum - nasos hamda filtratni ajratib oluvchi va yuvuvchi suyuqlik bilan
cho‗kmani ajratish va filtr to‗qimani tozalash uchun siqilgan havo beruvchi kompressor bilan ulangan bo‗ladi.
Aylanuvchi diskning har bir teshigi birin-ketin qo‗zg‗almas diskning teshiklari bilan ulanadi. Shuning uchun baraban bir marta aylanganida, filtrlash jarayonining hamma bosqichlari bajariladi. Birinchi bosqichda baraban seksiyalari vakuum - nasos bilan ulanadi va filtrat idishga tushadi. Keyingi bosqichda baraban sekstiyalari yuvuvchi suyuqlik bilan ulanadi va cho‗kma yuviladi. Oxirgi bosqichda baraban seksiyalari siqilgan havo trubalari bilan ulanib, cho‗kma quritiladi va filtrlash yuzasi tozalanadi.
Bu turdagi filtrlarning ishchi yuzasi 5...150m3 bo‗ladi. Kamchiliklari: filtrlash yuzasi katta bo‗lgani uchun ko‗p joy egallaydi; filtrning narxi qimmat bo‗ladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin