Turli jinsli sistemalarning turlari haqida nimalarni bilasiz?
Jismlarning qaysi hollarda cho‗kishi yoki qalqib turishini tushuntiring.
Nima uchun qattiq modda zarrachalari asosan doimiy tezlik bilan cho‗kadi?
Qanday sabablarga ko‗ra muhitning qarshilik koeffitsiyentini oldindan hisoblab bo‗lmaydi ?
Qanday holda turli jinsli sistemalarni cho‗ktirish usuli bilan ajratib bo‗lmaydi?
Cho‗ktirish jarayonini harakatlantiruvchi kuchiga tavsif bering.
Arximed qonunining mohiyati va uni qulashdan ko‗zlaniladigan maqsadni tushuntirib bering.
17-АMALIY MASHG‘ULOT
COM-3-1000 SEPARATORINI O‘RGANISH Ishdan maqsad: COM-3-1000 separatorining tuzilishi, ish prinsipi va rostlanishi.
Umumiy ma’lumotlar
Separatorning tuzilishi. Separator qismlari separator qaymoq- ajratkichdan, sut idishidan, barabandan, harakatga keltiruvchi mexanizm va korpusdan iboratdir.
Sut idishi sut qabul qilgichdan, poplavokli kameradan, poplavokdan, qaymoq va yog‗i olingan sut yig‗ish idishlaridan tuzilgan.
Baraban qismlari quvur o‗rnatilgan baraban tagidan, tarelka ushlagichdan, tarelkalardan, ajratkich tarelkadan (rostlagich vinti bilan), baraban qoplamasidan, qisish gaykasidan iborat.
Harakatga keltirvchi mexanizm valikdan, bronali shesternyadan, veretenodan tuzilgan.
Korpusda harakatga keltiruvchi mexanizm joylashgan bo‗lib, pastki qismidan fundamentga qotirilgan, yuqori qismida baraban joylashgan.
Separatorning ish jarayoni
Separator ishlayotganda sut qabul qiluvchi idishdan doimiy bosimda markaziy quvurga tushadi. So‗ng u kanal va tarelkalar o‗rnatilgan o‗zak teshiklardan tarelkalar paketidagi (yig‗imidagi) uchta vertikal kanallarga, aylanayotgan baraban tarelkalari orasiga taqsimlanadi va u yerda qaymog‗i ajrala boshlaydi. Sutning og‗ir qismi bo‗lgan plazma chyotka baraban qoplamasi devorlari tomon harakatlanadi.
Sutdagi yog‗ shariklari markazga intilish tezligi bilan aylanish o‗qi markazga harakatlanadi va suzib chiqadi.
Sozlovchi vint buralganda oqib chiqayotgan qaymoqning bosimi va oqib chiqishi tezligi kamayadi. Natijada qaymoqning chiqishi kamayadi. Bu qaymoqning yog‗lilik darajasi ko‗pligidan bo‗ladi. Qaymog‗i olingan sut ajratish tarelkalari va baraban qoplamasi orasidan o‗tib barabandan chiqarish kanali orqali chiqariladi.
Separator sut tozalagich barabanida ustida zichligi sut zichligidan katta bo‗lgan aralashmalar markazdan qochma tozalash usuli bilan bajariladi. Bu holda tarelkalarda teshiklar bo‗lmaydi, diametrlari esa qaymoq ajratgich tarelkalaridan kichik bo‗ladi. Har bir tarelkaga 6 tadan planka payvandlangan.
Sut poplavokli kameradan baraban negizidagi sut trubkasiga, u orqali tarelka yig‗gich kanallaridan iflos yig‗ish kamerasiga o‗tadi. Iflos yig‗ish kamerasida tozalash protsessi boshlanadi, u tarelkalar oralig‗ida tamomlanadi. Tozalangan sut tarelka yig‗uvchi tashqi kanallar orqali ko‗tariladi va kanal 4 orqali barabandan chiqadi.