Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə26/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
amaliy mashg\'ulot

Nazorat savollari


  1. Xomashyoni kesishda ishlatiladigan mashinalar.

  2. Universal ―Ритм‖ mashinasining ishlash prinsipi.

  3. O‗xshash qurilmalarni sanab o‗ting.
    1. AMALIY MASHG‘ULOT


KONSERVA ISHLAB CHIQARISHDA ENERGETIKA XO‘JALIGINI TASHKIL ETISH
Ishdan maqsad: Korxonalarda energetik resurslar sarfini hisobiy aniqlashni o‗rganish.


Umumiy ma’lumotlar


Sanoat korxonalarining butun xo‗jalik faoliyatini amalga oshirish juda ko‗p miqdorda elektr energiya, issiqlik, sovuqlik, siqilgan havo va boshqa turdagi energiyalarni iste‘mol qilish bilan bog‗langan. Energiyaning hamma turlari bilan ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlash uchun korxonalarda energetika xo‗jaligi mavjud bo‗lib, uning tarkibiga issiqlik, elektr va kompressor xo‗jaligi kiradi.
Oziq - ovqat va qayta ishlash korxonalarida issiqlik xo‗jaligiga yonilg‗i xo‗jaligi, bug‗ - qozon qurilmalari, ishlab chiqarish pechlari, ekonomayzerlar, quritgichlar, ichki yonuv dvigatellari va gaz generator qurilmalari kiradi.
Issiqlik xo‘jaligi korxonani bug‗ va issiq suv bilan ta‘minlaydi. Korxonalarning ko‗pchiligida buning uchun qozon qurilmalari issiqlik tarmoqlari bilan birga qo‗llanadi. Qozon qurilmasining quvvati va bug‗ qozonlari soni ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq ravishda belgilanadi. Qozonxonalar ishlashi uchun turli yoqilg‗ilar: qattiq (ko‗mir, torf, yog‗och o‗tin), suyuq (mazut) va gazsimon (tabiy gaz) yoqilg‗ilar ishlatiladi.
Issiqlik xo‗jaligini tashkil etish samaradorligi ishlab chiqarilayotgan bug‗ning tannarxi va mahsulot birligi ishlab chiqarish uchun issiqlik energiyasi sarflash bilan tavsiflanadi. Bug‗ning tannarxiga yonilg‗i, suv, yordamchi materiallarga qilingan harajatlar, qozon qurilmalari xodimlarining ish haqi ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalari bilan, elektr energiyaga harajatlar, issiqlik xo‗jaligi jihozlarini saqlash, ishlatish va amortizatsiyalash bilan bog‗liq bo‗lgan harajatlar kiradi. Kalkulyatsiyalash birligi 1 mgkal bug‗ bo‗ladi.
Issiqlik energiyasini chetdan oladigan korxonalarda tannarx shu energiyaning qiymati, bug‗ quvurlarini ishlatish va ta‘mirlash uchun materiallar va zaxira qismlar qiymati, issiqlik sexlari ishchilarining asosiy
va qo‗shimcha ish haqi ajratmalari bilan va issiqlik xo‗jaligining boshqa harajatlari kiradi.
Suv korxonaga o‗zining vodoprovodidan yoki kommunal vodoprovoddan berilishi mumkin. O‗zining vodoprovodidan foydala- nilganda suvning tannarxiga artezian quduqlarini, jihozlarni, suv omborlarini va magistrallarni saqlash va joriy ta‘mirlash harajatlari kiradi. Kommunal vodoprovoddan suv bilan ta‘minlanganida suvning tannarxi suvning tarif bo‗yicha qiymatidan, oqova suvlarni tozalash qiymati, vodoprovod va kanalizatsiyani saqlash, ta‘mirlash va xizmat ko‗rsatish bo‗yicha harajatlardan tashkil topadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin