Kalibrlash uskunalari. Xomashyoni o‗lchamlarga ko‗ra saralash uchun barabanli, trosli, valikli-lentali, rolikli, shnekli va boshqa kalibrovatellar qo‗llaniladi.
Universal kalibrlash mashinasi almashinadigan ishchi organlaridan tashkil topgan (11.2-rasm). Bu mashina deyarli barcha turdagi meva va sabzavotlarni saralaydi. Unda xomashyo besh oqimga kelib tushadi, bu esa ish unumdorligining oshishiga sabab bo‗ladi.
Mashina stanina 1 dan, yuklash qurilmasi 5, saralash kallagi 2, xomashyoni mashinadan chiqaruvchi yig‗uvchilar 8 dan va uzatkich 6 dan iborat. Saralash kallagida beshta juft bir biri tomon aylanuvchi pog‗onali vallar joylashgan. Komplekt har xil o‗lchamli pog‗onali va shnekli vallardan iborat. Meva va sabzavotlarning o‗lcham va formasiga qarab turlarga saralaydi. Saralash kallagiga xomashyo beshta qiya o‗rnatilgan lentali trasportyor 4 ustida joylashgan aylanuvchi to‗kish qurilmasi 3 yordamida uzatiladi
11.2-rasm. Universal kalibrlash mashinasi
stanina, 2-saralash , 3-to‗kish qurilmasi, 4-transportyor, 5-yuklash qurilmasi, 6-uzatgich, 7, 8- yig‗uvchi, 9-lentali transportyor.
Xomashyoni formasiga nisbatan pog‗onali kichik vallar 180 ga qiyalatish mumkin, bu bilan mahsulot tushishini ta‘minlaydi.
Saralash kallagidan mahsulot yig‗uvchilar 8 ga tushadi. Yig‗uvchilar to‗lgandan so‗ng lentali transportyor 9 dan bir xil o‗lchamli mahsulot konserva bankalarga yoki yashiklarga kelib tushadi.
Mashinaning ish unumdorligi 1400 kg/soat. Pog‗anali valiklarning aylanish chastotasi 38 ayl/min. Shnekli valiklarning aylanish chastotasi 55 ayl/soat. Elektrodvigatel quvvati 1 kVt. Gabarit o‗lchamlari 3038 X 1792 X 2176 mm. Mashina og‗irligi 1190 kg.
Saralash mashinasining ish unumdorligi (kg/s)
v- trosslarning harakat tezligi. (m/s); d- mahsulotning o‗rtacha diametri, m;
φ- transportyorning ish unumdorligi foydalanish koeffitsiyenti; g- mahsulotning o‗rtacha og‗riligi, kg;
z- tros juftlari soni.
Shnekli kalibrovatel (11.3-rasm) ikkita qarama-qarshi aylanayotgan shneklardan iborat. Shnek o‗ramlari orasidagi masofa bir xil bo‗ladi, val diametri esa kichrayadi. Shnekli kalibrovatellarda qattiq mevalarni
saralash mumkin. Mashinaning ichida shneklar tagida lentali tranportyor joylashgan.
11.3-rasm. Shnekli saralash mashinasi.
Transportyor 10 oqimiga to‗siqlar bilan bo‗lingan. Saralanadigan mahsulot o‗lchamiga ko‗ra oqimlardan bittasiga tushadi va transportyor orqali olib ketiladi. Val diametri har bir qadamda 5 mm ga kichrayadi, shuning uchun har bir oqimdagi mevalarning o‗lchamlari 5 mm ga farq qiladi.
Shnekli saralash mashinasining ish unumdorligi (kg/s)
bu yerda
P fvp
Fvp
, (11.5)
f, F- mahsulotning mashinadagi ko‗ndalang kesim yuzasi, m 2; v – mahsulotning tushish tezligi, m/s
mahsulot zichligi, kg/m3 φ – to‗lish koeffitsiyenti.
Dostları ilə paylaş: |