Qurilmada suyuqlikni sovitish jarayoni. Suyuqlik nasos yordamida birinchi seksiyaga uzatilib, bu yerda artezian suvi bilan uning boshlang‗ich haroratsi 3–50 pasaytiriladi (sovitiladi). Suyuqlik apparatning ikkinchi seksiyasida muzday suv yoki namakob bilan 4 0C gacha uzil-kesil sovitiladi. Sovigan suyuqlik apparatdan rezervuar-termosga to‗kiladi.
Suyuqlikning va sovuq agentning apparat orqali harakatlanish sxemasi (24.2-rasm) chiziladi va unda issiqlik almashinuvchi muhitlarning apparatga kirish va undan chiqish vaqtidagi haroratsi ko‗rsatiladi. Sovitish qurilmasi muzday suv (1–20C) olishga imkon beruvchi, oqar suv vositasida sovituvchi sovitish qurilmasi bilan yoki namakobni sovitish qurilmasi bilan komplektlanishi mumkin.
Qurilmaning ish rejimi.Sovitish qurilmasi ham avtomatik, ham qo‗lda boshqarish rejimida ishlashi mumkin. Avtomatik boshqarish elementlari ishdan chiqqan hollarda avtomatik rejimdan qo‗l bilan boshqarish rejimiga o‗tish tavsiya etiladi.
Apparatdan chiqayotgan suyuqlik haroratsini kuzatib turish.
Chiqayotgan suyuqlik harorati ko‗tarilganda sovituvchi suv yoki namakobning sirkulyatsiyalanish sonini oshirish zarurligini esda tutish lozim.
Qurilmani avtomatik ish rejimiga sozlashda quyidagi ishlarni bajarish kerak:
Boshqarish sistemasini o‗tkazish pereklyuchatelini «Avt» holatiga o‗rnatish.
Elektr energiyasi beruvchi tumblyorni «Vklyucheno» holatiga o‗rnatish. Bunda signalizator lampasi yonishini kuzatib turish.
Elektron regulyator yordamida zarur suyuqlik sovitish haroratsini o‗rnatish.
Sovitish haroratsi o‗zgarganligi to‗g‗risidagi dastlabki signal qarshilik termometridan elektron blokka kirish joyiga kelishi va boshqarish signalini oraliq relega berishi bilib olinadi. Oraliq relening kontaktlari orqali ijrochi
mexanizm ishga tushadi. Belgilangan sovitish haroratsiga qarab ijrochi mexanizm ishga tushadi yoki to‗xtaydi, namakob yoxud muzday suvning sirkulyatsiyalanish soni ortadi yoki kamayadi.