Nasoslar va ularning turlari.
Nasosning asosiy parametrlari: ish unumdorlik, iste‘mol qiladigan quvvat, foydali ish koeffitsiyenti va so‗rish balandligi.
Kavitatsiya hodisasi.
Markazdan qochma nasosning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Proporsionallik qonuni.
amaliy mashg‘ulot
U10 TIPIDAGI AVTOMATLASHTIRILGAN PLASTINKALI SOVUTISH QURILMASINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad. Qurilmaning konstruksiyasi va ishlash prinsipini o‗rganish, uni qismlarga ajratish va yig‗ishni, ishga tayyorlashni, ishlatish jarayonida xizmat ko‗rsatishni o‗rganib olish.
Umumiy ma’lumotlar
Jihozlar, priborlar va asboblar. 001-U10 suyuqlikni sovitish ustanovkasi, rezervuar-termos, nasos, bo‗linmasining qiymati 0,1 0C li, 0 dan 50 0C gacha bo‗lgan haroratni o‗lchaydigan termometrlar, o‗lchov idishlari, sarf o‗lchagich, VSP–25 tarozilari, sekundomerlar, ishlatishga doir instruksiya, plastinkali apparatni joylashtirish sxemasi, plakatlar, slesarlik asboblari komplekti, NT 87.00 kaliti, 78-BSS yelimi, «galosha» benzini, prokat rolik, nitrat kislota, soda.
Ishni bajarish tartibi. Qurilmaning vazifasi, undan qanday komplekslarda foydalanish mumkinligi esga olinadi. Sovitish jarayoni yupqa qatlamli yopiq oqimda yuz berishiga, jarayon avtomatik rostlanib turishiga, bu esa yaxshi sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta‘minlashiga va yaxshi sovimagan suyuqlikning chiqishiga imkon bermasligiga e‘tibor qaratiladi. U qanaqa komplektatsiya bilan yetkazib berilishi va qanday sovitish qurilmalari bilan ishlay olishi, bunda qanday oraliq sovuq eltkichlardan foydalanilishi bilib olinadi.
Qurilmani ko‘zdan kechirish (24.1-rasm). Uning konstruksiyasidan plastinkali apparat 1, kontrol-o‗lchash priborlari va regulyatorlari bor boshqarish pulti 2, rostlash klapani 4 topiladi. Plastinkali apparat konstruksiyasi tushunib olinadi. U qanday planstinkalar bilan komplektlanganligi, ular nechta seksiyaga bo‗linganligi, plastinkalar qanday materialdan tayyorlanganligi, har bir plastinka va butun apparatning issiqlik berish qiymati bilib olinadi. Plastinkalar burchagida teshik borligi va ularning joylashuviga, suyuqlik oqimi yo‗nalishi bo‗yicha bir xil bo‗lgan plastinkalar (paketlar) guruhiga e‘tibor beriladi. Har bir seksiyadagi plastinkalar paketi soni sanab chiqiladi va ularni joylashtirish sxemasi chiziladi. Plastinkalar qisish plitasi bilan va tortqilardagi qisish qurilmalari bilan stoykaga qisib qo‗yilganligiga e‘tibor beriladi. Seksiyalarni qisish darajasi tayanchlarga o‗rnatilgan shkalaga qarab aniqlanadi. Nolinchi bo‗linma tortqi plankasidagi chiziqcha bo‗yicha o‗rnatiladi, shunda apparatning germetik bo‗lishi ta‘minlanadi.
Plastinkalar, tayanch, oraliq va qisish plitalaridagi rezina zichlagichlarning ahvoli sinchiklab ko‗zdan kechiriladi.
Boshqarish pultini ko‗zdan kechirib, uning konstruksiyasidan qurilmaga elektr energiyasi beruvchi tumblyor, sovitish haroratsini nazorat qilib turuvchi logometr, namakob yoki muzday suv uzatish klapanini avtomatik ravishda boshqaruvchi elektron rostlash pribori, zarur sovitish haroratsi zadatchigi, boshqarish sistemasi ishini avtomatik rejimdan masofadan boshqarish rejimiga (yoki aksincha) o‗tkazish pereklyuchateli, rostlash klapanini masofadan boshqarish pereklyuchateli va boshqarish pultini ishga tushirish signalizator-lampasi topiladi.
24.1-rasm. 001-U10 tipidagi avtomatlashtirilgan plastinkali sovitish qurilmasi:
1–plastinkali apparat, 2 – boshqarish pulti, 3 – ijrochi mexanizm,
4 – klapan, 5 – ventil, 6 – manometr
Dostları ilə paylaş: |