Havoning namligi tajribada qanday asboblar bilan aniqlanadi?
Gigrometrning psixrometrdan farqi nimada?
4-AMALIY MASHG‘ULOT
ZAVOD ICHKI TRANSPORTINI TASHKIL ETISH
Ishdan maqsad: Zavod ichki transport turi va sonini aniqlashni o‗rganish.
Umumiy ma’lumotlar
Korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni zavod ichki transporti yordamida xomashyo, yarimfabrikatlar, tayyor mahsulot va boshqalarni doimo ko‗chirib turish bilan bog‗liq. Ish vaqti mobaynida yuklar sexlarda,
ortishda, tushirishda, yetiltirish joylarida taxlashda va tayyor mahsulotni to‗plashda ko‗p marta ko‗chiriladi. Bularning hammasi juda ko‗p sonli turli-tuman transport qo‗llashni talab etadi. Shunday qilib, korxonalarda omborlar, uchastkalar va ish o‗rinlari o‗rtasida ishlab chiqarish aloqasini amalga oshirib, transport ishlab chiqarish jarayoni moddiy-texnika bazasining organiq qismini tashkil etadi. Korxonalarning bir maromda ishlashining shartlaridan biri ishlab chiqarish jarayonlarining transport operatsiyalari bilan qat‘iy moslashuvidir.
Tashishlardan ko‗zda tutilgan maqsad va qo‗llanayotgan transport vositalarining xarakteriga qarab, transportni vazifasi, turi va ishlash tamoyili bo‗yicha ajratiladi.
Transport vazifasiga qarab, tashqi va ishlab chiqarish ichki transportiga bo‗linadi. Tashqi transport (temir yo‗lning harakatdagi tarkibi, odatdagi va ixtisoslashtirilgan transport, dengiz va daryo kemalari, transport aviatsiyasi) korxonani xomashyo, materiallar va yonilg‗i bilan ta‘minlaydi hamda tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini tashib ketadi. Ishlab chiqarish ichki transporti sexlararo, sex ichidagi va ombor ichidagi transportga bo‗linadi.
Sexlararo transport (elektr aravachalar, avtomobil transporti, ko‗targichlar, transportyorlar, osma yo‗llar) korxona hududi chegarasida turli sexlar va omborlar o‗rtasida yuklarni ko‗chirish uchun xizmat qiladi. Sex ichidagi transport (elektr aravachalar va boshqa aravachalar, ko‗targichlar, quvurlar, osma yo‗llar, transportyorlar) alohida sexlar chegarasida texnologik operatsiyalarga muvofiq transport operatsiyalarini bajarish uchun mo‗ljallangan. Ombor ichidagi transport (elektr va avtoaravachalar, taxlagichlar, yuklagichlar, osma yo‗llar va transportyorlar) yuklarni qabul qilish va saqlash, berish va ko‗chirish bilan bog‗liq bo‗lgan operatsiyalarni bajaradi.
Ishlatilish sohasi va ishlatishning o‗ziga xos xususiyatlariga qarab, transport quyidagi turlarga bo‗linadi: temir yo‗l transporti (lokomotivlar, ayrim yuk turlarini va sisternalarni tashish uchun ixtisoslashtirilgan vagonlar) ga, relessiz yuradigan transport (avtomobillar, traktorlar, avtokarlar, elektrokarlar, yuk ortgichlar)ga, mexaniq transport (ko‗prikli kranlar va to‗sin-balkalar, osma konteyner yo‗llari, lift, aravachalar, quvurlar, novlar)ga, suv transportiga (barjalar, shatakchilar, katerlar, chorvachilik mahsulotlarini tashish jihozlari)ga va havo transporti (transport aviatsiyasi) ga bo‗linadi.
Ishlash usuliga ko‗ra transport uzlukli-davriy ishlaydigan transportga (temir yo‗l transporti, avtomobillar, elektr aravachalar, vagonetkalarga),
yuklarni ko‗chirish usuli bo‗yicha qo‗lda ishlatiladigan, mexanik va gidravlik transportga bo‗linadi.
Zavod ichki transportining ishini rejalashtirish yuk tashish yillik va choraklik hajmlariga hamda yuk aylanmasi rejalariga asoslangan. Umumiy yuk aylanmasi hajmidan kelib chiqib, tashqi va ichki yuk aylanmasi, turlari bo‗yicha transport vositalariga bo‗lgan ehtiyoj, ortish-tushirish ishlari hajmi aniqlanadi, ishchilar soni, ish haqi fondi va mehnat unumdorligi hisoblanadi va h.k.