96
qobiqlariga to‗ldirish, konserva bankalarini go‗sht bilan to‗ldirish, donali
mahsulotlarni tayyorlashda go‗sht va hamir portsiyalarini og‗irlik yoki
hajmi bo‗yicha bo‗lish operatsiyalari bajariladi. Ularga ma‘lum
shakl
beriladi, qadoqlanadi va o‗rab qo‗yiladi.
Bu operatsiyalar jarayon unumdorligini oshiruvchi va mahsulot
sifatini yaxshilovchi turli mashinalar yordamida oqim-texnologik liniya
tashkil etib amalga oshiriladi.
Dozalash-to‘latish mashinalari
To‗latish
va
dozalash
mashinalari
go‗sht
va
parranda
kombinatlarining kolbasa va konservalash sexlarida keng ko‗lamda
ishlatiladi. Bu guruh mashinalarga birinchi navbatda shpris, yoki kolbasa
qobiqlariga mexanik usulda qiyma to‗ldirish mashinalari kiradi.
Ishlash prinsipi bo‗yicha shprislar davriy
va uzluksiz ishlovchi
bo‗ladi.
Davriy ishlovchi shprislar nisbatan kichik unumdorligi bilan
tavsiflanadi. Uning farsh solish rezervuari qiymani rezervuardan qobiqqa
siqib chiqarish porshen shaklidagi moslamasi bilan birga qurilgan. U qo‗l
kuchi, mexanik va gidravlik yuritmalaridan harakatga keltiriladi.
Uzluksiz ishlovchi shprislar unumli va kolbasa ishlab chiqarish
oqim-texnologik liniyalarini vujudga keltirish uchun juda qulay. Bu
mashinalar uzluksiz ravishda shpris orqali kolbasa qobig‗iga qiyma
berishni ta‘minlaydi. Qiymani rezervuardan
bosim bilan berish uchun
uzluksiz ishlovchi ekssentrik lopastli konstruksiyali, vintli yoki shnekli,
shesternyali va rotatsion ishchi organli mexanizmlar qo‗llanadi.
Yuritma
turi bo‗yicha mexanik va gidravlik mashinalarga ajraladi.
Dostları ilə paylaş: