Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149
1.14-

 
 
Viloyatning ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 
 
Mlrd.so‘mda (2005-2016- yy) 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Yillar 
2016 yildan 
2010 yilga 
nisbatan 
o‘zgarishi 
2010 
2011 
2012 
2013 
2014 
2015 
2016 
+,- 


Ijtimoiy soha 
va aholini 
ijtimoiy 
qo‘llab-
quvvatlash
xarajatlari 
558,9 671,4 837,8 962,8 1340,1 1488,2 1657,3 1098,4 296,5 
1.1. Maorif 
294,8 369 
469,1 557,5 869,2 
962,8 
1098,1 803,3 
372,5 
1.2. Sog‘liqni 
saqlash 
129,6 166,9 209,1 255,9 303,1 
342,9 
382,6 
253 
295,2 
1.3. Madaniyat va 
sport 
2,7 
3,7 
4,8 
6,1 
10,5 

15,4 
12,7 
570,4 
1.4. Fan 
0,2 
0,2 
0,2 
0,5 
0,5 
0,5 
0,6 
0,4 
300,0 
1.5. Ijtimoiy 
ta’minot 
3,5 
4,3 
5,3 
6,2 
9,8 
8,5 
10 
6,5 
285,7 
1.6. Bolali oilalarni 
hisobga olgan 
holda ijtimoiy 
nafaqalar 
128,1 127,3 149,4 136,5 147,1 
165,6 
150,7 
22,6 
117,6 
2010-2016-yillarda viloyatda ijtimoiy soha va aholini qo‘llab- quvvatlash
xarajatlari 1098,4 mlrd. so‘mga yoki 2,9 martaga ortgan. Bu davrda ijtimoiy soha 
va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari tarkibida maorif harajatlari – 3,7, 
sog‘liqni saqlash xarajatlari – 2,9, madaniyat va sport xarajatlari – 5,7, fan 
xarajatlari – 3,0 ijtimoiy ta’minot xarajatlari esa 2,8 martaga ortgan
19

Ayniqsa qator yillar bu boradagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish 
bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Xalq qabulxona»lari va «Virtual qabulxonalari» muhim rol 
o‘ynadi. 2017-yildan boshlab joriy etilgan xalq bilan faol muloqot olib borish, 
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada 
19. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 
ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли фармонида белгиланган вазифаларнинг ижросини 
таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси ҳудудларининг ижтимоий-иқтисодий ривожланишини 
комплекс ўрганиш натижалари бўйича йиғма таҳлилий материал.”Sano-standart”нашриёти,Тошкент-2017,107 
–б.


105 
takomillashtirish maqsadida respublikamiz shahar va qishloqlariga «Sayyor 
qabullar» uyushtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2018-yil 1- apreligacha Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Respublika «Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi» vakillari 
mahallalarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida Namangan viloyati Pop, 
Kosonsoy tumanlarida, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo 
tumanlarida, Farg‘ona shahri va Quva tumanida, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa 
tumanida, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Jizzax shaharlarida bo‘lishib, 
aholini qiynayotgan va «Xalq qabulxona»lariga kelib tushayotgan shikoyatlar 
yechimi yuzasidan sayyor reydlar uyushtirilib, ko‘pgina muammolar o‘sha 
yerlarning o‘zida hal etilgan. Ushbu tizim bugungi kunda ijtimoiy muammolarni 
hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida qayd qilganidek, «Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya 
o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, 2019 yil – «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish 
yili»da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga 
oshirish zarur». Buning uchun quyidagi strategik vazifalarni amalga oshrish lozim, 
deya qayd etadi Prezident. 
Birinchidan, aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning 
daromadini oshirish lozim. Hukumat bir oy muddatda 2019- yil uchun bandlikka 
ko‘maklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerak. 
Bu borada ishsizlarni kasbga o‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar 
berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak. 
Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq 
to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur. 
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq 
va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham 
berishligi hamda Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu masalani hal etish 
yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. 
Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib 
chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. Zero, yangi qabul qilingan 
Prezident farmoniga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha 
pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi.
2020-yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan 
Murojaatnomasida ijtimoiy masalalarga ham alohida ahamiyat qaratdi. Ya’ni 
«Oxirgi uch yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil 
asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan keng 
ko‘lamli ijtimoiy islohotlarni davom ettirish xususida fikr bildirdi. Bunda, 
birinchidan, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish 
chekka hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli 
daromad manbaiga ega emasligini inobatga olish lozim.
Umuman, o‘zbek xalqining tarixiy an’analariga ko‘ra va mustaqillik yillarida 
olib borilayotgan yangicha islohotlar natijasida aholini ijtimoiy himoya qilish 
tizimining quyidagi natijalarini qayd qilish mumkin: 


106 
– birinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilish, og‘ir sharoitlarda ularga ko‘mak 
berish, doimo bir birini qo‘llab-quvvatlash o‘zbek xalqiga xos tarixan shakllangan 
milliy mentalitetning tarkibi qismi bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik;
– ikkinchidan, mustaqillik yillarida sobiq Sovet Ittifoqi hukmronlik qilgan 70 
yillik davrda mulkka davlat egaligi, ishlab chiqarish vositalari, ijtimoiy himoyaga 
muhtoj oilalarga, mehnatga haq to‘lashning monopoliya tizimiga barham berildi;
– uchinchidan, o‘sha sovet tuzumi davridagi davlat mulkchiligi tugatilib, 
tadbirkorlik va kichik biznes sohalariga yo‘l ochilishi kishilariing ijtimoiy 
turmushini yaxshilash imkonini berdi; 
– to‘rtinchidan, muhtoj oilalarning bozor munosabatlari mohiyatini tushunib 
yetishi natijasida, oila daromadlarini ko‘paytirish imkoniyatlarini qidirishga, to‘q 
va farovon hayot kechirayotgan oilalarga tenglashishga intilish kuchaya boshladi;
– beshinchidan, ishonchli ijtimoiy kafolatlarning ta’minlanishi, bozor 
munosabatlariga o‘tishdagi qiyinchiliklarni yumshatish va yangi sharoitga 
ko‘nikishga ko‘maklasha boshladi;
– oltinchidan, bugungi “Yangilanayotgan O‘zbekiston”da 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harkatlar strategiyasiga muvofiq, davlat muhtoj aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash bilan birga, o‘z oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchilarga 
qulay imkoniyatlar yaratmoqda.
2018-yil 3- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin