Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149
1.14-

TARIXIY XOTIRA – 
hozirgi kundagi mustaqillik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
madaniy taraqqiyot, tinch-osuda hayotning tamal toshini qo‘ygan barcha insonlar, 
buyuk ajdodlarimizni yod etish, mustaqillikni saqlab qolish, asrab-avaylash va 
mustahkamlash, o‘zbеk xalqining kim ekanligi, qanday zotlarning avlodi, qanday 
mеrosning vorisi ekanligini bilish, o‘zlikni anglash omili. 
 TA’LIM – 
shaxsning ma’rifiy hamda tarbiyaviy darajasini o‘stirish orqali uning 
rivojlanishini ta’minlash maqsadida o‘rgatuvchi bilan o‘rganuvchilar o‘zaro 
birgalikda amalga oshiradigan didaktik faoliyat. Shaxsning har tomonlama 
taraqqiyotini ta’minlash maqsadida ko‘riladigan didaktik chora-tadbirlar tizimi. 
TOTALITARIZM – 
(lotincha «totalitare» - yaxlit, to‘liq)-bir shaxs, ijtimoiy sinf 
yoki guruhning (masalan, harbiylar guruhi) yakkahokimligiga so‘zsiz bo‘ysunishga 


244 
asoslangan, vaqtincha va o‘tkinchi siyosiy tartib, davlatni boshqarish shakllaridan 
biri. Totalitar davlat boshqaruv shakli joriy qilingan mamlakatlardan jamiyat 
hayotining barcha sohalarida davlatning to‘la hukmronligi o‘rnatiladi. Oshkora 
ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati ustidan qattiq nazorat olib boriladi. 
Dеmokratik tashkilotlar faoliyati chеklab qo‘yiladi. Totalitarizm vakillari o‘ta 
markazlashgan hokimiyat tizimi o‘rnatilgan kuchli davlatni tashkil qilish
mamlakatni boshqarishda yakka-yu yagona partiyaning hukmronligini ta’minlash, 
davlat organlaridagi asosiy mansablarni shu partiya a’zolari o‘rtasida taqsimlash, 
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va omma hayoti ustidan partiya 
nazoratini o‘rnatish, davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 
partiya markaziy tashkiloti tomonidan bеlgilab bеrilishi davlat va partiyaga 
rahbarlik qilishni yakka shaxs – dohiy qo‘lida to‘plash kabi g‘oyalarni ilgari 
suradilar. 
FUQAROLIK – 
shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bo‘lishi, shu davlatga
mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning 
huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligi. 
Fuqarolik dеganda, insonning 
huquqiy 
yoki 
siyosiy-huquqiy 
tomondan 
himoyalanishi 
va 
qonuniy 
manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi 
tushuniladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin