Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


SO‘M - O‘zbekistondagi pul birligi nomi  STRATEGIYA



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   149
1.14-

SO‘M
- O‘zbekistondagi pul birligi nomi 
STRATEGIYA
- ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh 
yunalishi, barcha sa’y-harakatlarning poydevori, davlat va jamiyat hayotidagi tub 
burilish davri uchun xos bo‘lgan boshkaruv san’ati mazmunini ifoda etadi. 
Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda 
O‘zbekistonning erkin va farovon davlat bo‘lishiga erishish, odamlar hayotini 
tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir 
insonning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat. 
SUVЕRЕNITЕT –
(fransuzcha «souverainite» - mustaqillik; oliy hokimiyat) 
– quyidagi mazmunlarda ishlatiladi: 1. Davlat suvеrеnitеti-hozirgi davlatshunoslik 
fanida davlatning ichki va tashqi siyosatdagi to‘la mustaqilligi sifatida talqin 
qilinadi. 2. Xalq suvеrеnitеti xalqning to‘la hukmronligi, xalq hokimiyati, xalq 
boshqaruvi ma’nolarini anglatadi. 
TADBIRKORLIK
- bu muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida 
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha 
mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. 
TADRIJIY - 
tadrijan (arab tilidan olingan) izchillik, asta – sеkinlik bilan. 
TARBIYA – 
ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, 1.Yangi (yosh) avlodga katta 
avlodning ijtimoiy - tarixiy tajribasini singdirish orqali uning rivojlanishini 
ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy vazifa. 2. Ijtimoiy institutlar ta’siri ostida 
insonning shaxsiy va ma’naviy dunyosini shakllantirish, rivojlantirish, boyitish va 
takomillashtirib borishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan, tizimlashtirilgan ongli 
jarayoni.
TARIX 
– 1. Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Masalan, 
Koinot tarixi, Yer tarixi, fanlar tarixi va boshqalar tushuniladi. 2. Insoniyatning 
o‘tmishi va taraqqiyoti, jamiyatlar, davlatlar, tuzumlar, sivilizatsiyalarning vujudga 
kеlishi, rivojlanishi hamda inqirozi jarayonini o‘rganuvchi fan. 
TARIX FANI – 
xalqning o‘tmishdagi hayoti, qanday voqеa-hodislarni boshdan 
kеchirganligi, insonlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib borganligi, etnik 
shakllanishi, davlatchiligi, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti, turmush tarzi hamda 
hozirgi rivojlanish darajasiga qanday erishganligini o‘rgatadi. Ya’ni, xalqning 
o‘tmishi, hoziri va kеlajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida yondashib, o‘tmish 
hozirgi zamonni, hozirgi davr esa kеlajakni yaratadi, - dеgan qarashni 
shakllantiruvchi fan. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin