Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi – O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo’lib, mazkur dasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui o’z aksini topgan.
Innovatsion texnologiyalar –iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo’llaniluvchi usul va vositalar majmui bo’lib, o’z ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi.
Innovatsiya jarayoni - yangilik g’oyasini rivojlantirishdan uning pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo’lgan mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon. Bu yangilikning ilmiy-texnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy salohiyatini yaratish, rivojlantirish va undan foydalanish jarayonidir. Innovatsiya jarayonining quyidagi bosqichlari mavjud : yangilikni yaratish, uni o’zlashtirish, tarqatish va takomillashtirish.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari –insonga bekamu-ko’st yashash imkoniyatlarini beruvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda o’zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta’minlovchi huquqiy maqom. Inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga rioya etish O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy tuzumining asosidir.
Inson omili –amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jihatni o’z ichiga oladi. Birinchi jihat O’zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta’lim va sog’liqni saqlash, nafaqa bilan ta’minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e’tiborini o’zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o’z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa’y-harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi.