Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

IXF
y(oy)
)
o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soniga nisbati orqali aniqlanadi: 
Ishchilarning o’rtacha oylik ish haqi esa quyidagi formula bo’yicha 
hisoblanadi: 
Xulosa qilish mumkinki, ishchilarning ish haqi asosiy va qo’shimcha ish 
haqiga bo’linib, asosiy ish haqiga soatli ish haqi, ya’ni haqiqatda bajarilgan 
ishlarga to’lanadigan haq, qo’shimcha ish haqiga esa qonunda belgilangan 
ishlanmagan imtiyozli soatlarda to’lanadigan haq kiradi. 
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa 
Xodimlar mehnatiga haq to’lash, ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat 
resurslarining bahosi bo’lib hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich sarflangan mehnatning 
miqdori va sifati bilan belgilanadi. Lekin shu bilan birga unga sof bozor omillari 
bo’lgan mehnat talabi va taklifi, vujudga kelgan kon’yunktura, hududiy omillar va 
huquqiy me’yorlar ta’sir ko’rsatadi. 
Rejadagi ish xaqi fondi – korxona tomonidan ishlab chiqarish rejasiga 
asosan ishchilarning mehnati evaziga to’lanadigan pul mablag’lari summasidir.
Ish haqi fondi ishchilarning barcha kategoriyalari bo’yicha rejalashtiriladi. 
Ishchilar ish haqini hisoblashda 3 xil ish haqi fondi hisoblanadi. 
1)
Soatli ish haqi fondi. 
2)
Kunlik ish xaqi fondi. 
3)
Oylik (yillik) ish xaqi fondi. 
Bu fondlar haqiqiy bajarilgan ishlar uchun to’lovlar (tarif ish haqi fondi) va 
ruhsat etilgan uzilishlar uchun to’lanadigan qo’shimcha to’lovlardan tashkil topadi.


240 
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 
1)
Mehnatga haq to’lash moxiyatini va uning aosiy vazifalarini izohlang. 
2)
Mehnatga haq to’lashning asosiy tamoyillarini izohlab bering. 
3)
Mehnatga haq to’lash bilan mehnat unumdorligi orasidagi bog’liqlikni izohlab 
bering 
4)
Ish haqi fondi tarkibi qanday to’lovlardan iborat bo’ladi? 
5)
Ish haqi fondini rejalashtirish nimani ko’zda tutadi? 
6)
Soatli ish haqi fondi qanday aniqlanadi? 
7)
Kunlik ish haqi fondi qanday aniqlanadi? 
8)
Oylik ish haqi fondiga qo’shimcha to’lovlar qanday aniqlanadi? 
9)
Yiriklashtirilgan usulda ish haqi fondini rejalashtirish qanday tartibda amalga 
oshiriladi? 
10)
Ish haqining o’sishiga ta’sir etuvchi intensiv va ekstensiv omillarni keltiring. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin