XV BOB. KORXONADA XARAJATLARNI REJALASHTIRISH
Tayanch so’z va iboralar:
mahsulot tannarxi, xarajatlarni turkumlash,
kalkulyatsiya,
umumiy
kalkulyatsiya,
tur
kalkulyatsiya,
xarajatlarni
yiriklashtirilgan holda rejalashtirish, xarajatlarni detallashtirilgan holda
rejalashtirish, xarajatlarni kamaytirish.
15.1. Mahsulot tannarxi to’g’risida tushuncha va xarajatlarning
turkumlanishi
Mahsulot tannarxi – korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkich
bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning umumiy qiymatini
ifodalaydi. Tannarxda asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari o’z aksini
to’adi.
Mahsulot tannarxi barcha ishlab chiqarish resurslari sarfining yakuniy
o’lchovini belgilaydigan ko’rsatkichdir. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish
hajmining o’zgarishi, mehnat unumdorligi, korxona faoliyatining barcha
tomonlarini takomillashtirish o’z aksini aynan tannarx ko’rsatkichida topadi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirishda 1 so’mlik tovar mahsulot uchun xarajatlar
ko’rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu ko’rsatkich ishlab chiqarish samaradorligi
ko’rsatkichlaridan biri hisoblanib, mahsulot tannarxini tovar mahsulot hajmiga
nisbati orqali aniqlanadi.
Mahsulot tannarxi innovatsion faoliyat samaradorligini hisoblashda
qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkich hisoblanadi (kapital qo’yilmalarning qo’lanish
muddati, yillik iqtisodiy samara, keltirilgan xarajatlar).
Tannarx mahsulot birligi bahosining asosini tashkil etadi. Demak, ushbu
ko’rsatkichning asoslanganlik darajasi korxona faoliyatining barcha qiymat
ko’rsatkichlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tannarxning pasayishi bahoning ham
kamayishiga olib kelar ekan, ushbu holat aholi daromadlarining, farovonligining
oshishini ta’minlaydi.
244
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”
gi Nizomga muvofiq shakllantiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot
(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga
quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va
bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, Shu jumladan,
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan
guruhlarga ajratiladi:
ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati
chiqarib tashlangan holda);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli
bo’ladi:
ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga
kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar
ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom
ashyo va materiallar;
normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash uchun
mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar
245
sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish)
uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan
materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar,
inventarlarning, xo’jalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan
boshqa mehnat vositalarining qiymati;
sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo’jalik yurituvchi subyektda montaj
qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim
tayyor mahsulotlar;
tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi
subyektning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning
asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar
va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot
tayyorlash bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga
ishlov berish, iste’mol qilinayotgan xom ashyo va materiallar sifatini aniqlash
uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan
nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli
bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport
xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning
boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni
saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan
xizmatlarga tegishli bo’ladi:
tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga
haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, korxonalar tomonidan
suv xo’jaligi tizimlaridan beriladigan iste’mol qilinadigan suv uchun haq
to’lash. Sanoatning xom – ashyo tarmoqlari uchun yog'och, taxta materallaridan
yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya
qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari;
246
texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga,
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha
turlari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan
ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari;
xo’jalik yurituvchi subyektning texnologik transport va boshqa ishlab chiqarish
va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan
energiya. (Xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan
elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid
qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish
xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi);
ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi;
xo’jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy
resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham
shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi
kerak (mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy
xarajatlar va boshqalar);
xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi;
mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan
chiqitlar qiymati va idish va o’rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda
sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib
tashlanadi;
"Moddiy xarajatlar" elementi bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar
qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, barter bitishuvlarida, qo’shimcha
narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to’lanadigan
vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu
jumladan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig’imlardan, soliqlardan (korxona
keyinchalik qarz surishish, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i tarzida qaytarib
oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik
247
shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq
to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari
tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi:
xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va
tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, ta’rif stavkalari va lavozim
maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan, xo’jalik
yurituvchi subyektni mukofotlash to’g’risidagi nizomlarda nazarda tutilgan
rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar.
kasb mahorati va murabbiylik uchun ta’rif stavkalariga va okladlarga ustamalar.
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusidagi
to’lovlar, shu jumladan;
texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari
vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlanganlik uchun
tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq;
ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va
xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir,
zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun
ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun
ustamalar;
aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar xodimlarining va
doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan boshqa
xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan
jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytgacha to’lanadigan
yo’lda o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar;
qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band
bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli
248
bilan ishlarni bajargan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati
uchun ustama;
doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga ularning shaxtada
(konda) ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o’tadigan
normativ vaqt uchun qo’shimcha haq;
mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga, shu jumladan,
rayon koeffitsentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va
yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsientlar bilan belgilangan
to’lovlar;
xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig’ilish punktidan) ish joyiga
va orqaga qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida
nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra
va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun
ta’rif stavkasi, oklad miqdorida to’lanadigan summalar (vaxta usulida ishni
bajarishda);
ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun
hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining
normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam
olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to’lash.
Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash:
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo’shimcha
ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun
kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun
onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq
vaqt uchun haq to’lash;
majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan
holda, haq to’lash;
donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan
har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
249
davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar, favqulodda vaziyatlar
bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi to’lash;
xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular
tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar
bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan
hisob-kitob xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa
pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar
mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari.
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:
qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo’yicha mehnatga haq to’lash
fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar;
nodavlat pensiya jamg’armalariga va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga
ajratmalar.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing
bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga
kiradi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill
(firmaning narxi)dan tashqari) eskirishi har oyda xo’jalik yurituvchi subyekt
tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq
xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib
hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo’ladi. Foydali
foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha
eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo’jalik yurituvchi subyekt
faoliyati muddatidan ortiq emas.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
250
ishlab chiqarishni xom-ashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, instrument,
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash
xarajatlari;
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko’rik
va qarov, o’rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab
chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, o’rtacha, mukammal) tuzatishlarni
xo’jalik yurituvchi subyektning o’z kuchi bilan o’tkazish ishlab chiqarish
xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi to’lash
xarajatlari va boshqalar) bo’yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga
kiritiladi;
yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda xo’jalik yurituvchi subyektlarning
texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus
talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari.
Idoradan tashqari qo’riqlash xarajatlari bunday qo’riqlash mavjud bo’lishini
talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo’lgan taqdirda
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin:
ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish
bilan bog’liq xarajatlar;
tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan
foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va
chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to’lovlari;
ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini
ta’minlash xarajatlari;
xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog’liq
bo’lgan soliqni muhofaza qilish tadbirlari;
texkin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar
xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xo’jalik yurituvchi subyekt xodimlariga
beriladigan tekin uy-joy haqini to’lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal
xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi);
251
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh,
maxsus ovqatlar);
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan boshqaruvning texnik vositalarini,
aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik
vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat ko’rsatish
xarajatlari;
qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarni tabiiy
ko’rikdan o’tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to’lash;
ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat
safarlariga yuborish bo’yicha xarajatlar;
ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy
sug’urta qilish xarajatlari;
brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar;
ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar;
kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga
kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;
mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;
ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz
to’lanadigan nafaqalar;
umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan
yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq
xarajatlar;
obyektlarni davlat kapital qo’yilmalari hisobiga qurishda qurilish
tavakkalchiliklarini sug’urta qilish bilan bog’liq xarajatlar;
gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan
bog’liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bo’lmagan mol-mulk yuzasidan
belgilangan tartibda;
252
qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bo’yicha xarajatlar, agar ular
kapital xarajatlarga tegishli bo’lmasa (ya’ni asosiy vositalar sifatida
kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar "Kelgusi davrlar xarajatlari" sifatida
qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda
ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va
miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar
xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xo’jalik yurituvchi
subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak;
ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik, homiladorlik va tug’ish nafaqalari to’lash bilan bog’liq xarajatlar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |