Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Moliyaviy rejalashtirish va naqd pul harakatining bashorati



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

16.3. Moliyaviy rejalashtirish va naqd pul harakatining bashorati 
Balans siyosati deganda yillik hisobot tuzishning soliq qonunlari, boshqa 
barcha qonunlarning talabi va qabul qilingan (talablar) tamoyillar doirasida 
kompaniya balansini tuzish tushuniladi. Bu tushuncha korporatsiyaning tashqi 
balansiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida o‘tkaziladigan kapital strukturasi va foyda 
miqdorini o‘zgarish choralarini o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina kichik va yirik 
korxonalarning balans siyosatining asosiy maqsadi soliqqa tortish bazasini 
kamaytirish va qonun doirasida soliq to‘lovlarini qisqartirishdir. 
Hozirda moliyaviy rejalashtirishning yangi turi byudjetlashtirishdir. 
Umumiy ko‘rinishda byudjet barcha korxonalarning xo‘jaliklari va funksional 
xizmatlarining daromad hamda xarajatlar smetasidir. Har bir firma strategik 
maqsadlar va operativ maqsadlarni hisobga olib odatda joriy moliya 
byudjetlarining bir necha turlarini ishlab chiqadi. Moddiy byudjet, ya’ni firmaning 
yillik ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun rejalashtirilayotgan xom- ashyo va 


270 
Хом-ashyo 
materiallar 
zahiralari 
To’lov uchun 
hisob 
Yakuniy mahsulot 
va tovar zahiralari 
Naqd pulga 
sotish 
Ish haqi va 
fondi 
Амоrtizatsiya 
Mehnat sarfi 
Asosiy 
kapitali 
Qarzlarni asosiy 
miqdori uchun foizlar 
to’lovi 
Naqd pul 
Dividendlar va 
aksiyalarni sotib 
olish 
Qarzlar 
Soliqlar 
Aksionerlik 
kapitali 
materiallarning ma’lum turlari hamda miqdori ifodalanadigan byudjet. xaridlar 
byudjeti, ya’ni ma’lum davrga rejalashtirilgan ishlab chiqarish resurslarini sotib 
olish uchun kerakli pul mablag’larining barcha sarflari keltirilgan byudjet. Mehnat 
byudjeti, ya’ni korxonaning barcha ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish 
uchun mehnat resurslari va ishchi kuchiga reja talabini o‘z ichiga oladigan byudjet. 
Ma’muriy xarajatlar byudjeti, ya’ni barcha bo‘limlarda asosiy boshqaruv 
funksiyalarini bajarish uchun rejaviy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Korxonaning 
asosiy moliyaviy byudjetlariga naqd pul byudjeti va qo‘shimcha kapital 
qo‘yilmalar byudjeti kiradi. Birinchisi - firma likvidlik darajasini ta’minlash 
uchun, ikkinchisi - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangilash, faoliyat doirasini 
kengaytirish, ishlab chiqarish fondlarini sotib olish, eskirgan moddiy aktivlarni 
tiklash uchun mo‘ljallangan. 
Hozirgi sharoitda korxona yillik balansini tuzishning muhim bosqichi bo‘lib, 
daromadlar va xarajatlar strukturasining dinamikasini umumiy baholash 
hisoblanadi. Korxona moliyaviy holatini xarakterlovchi ko‘rsatkich uning to‘lov 
qobiliyatliligida namoyon bo‘ladi. Har bir korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari 
mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yakuniy natijasi bo‘lgani uchun, uning 
moliyaviy ahvoli bozor iqtisodiyoti sharoitida asosan daromadlar va xarajatlar 
darajasi, naqd pul holati va pul harakati orqali aniqlanadi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin